Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasi

1-K shakli (aylıq) hár ay, esabat dáwirinen keyingi aydıń 2-sánesinen keshiktirmey;   elektron kóriniste tapsırıwdı umıtpań!!! 1-K shakli (месячная) не позднее 2-го числа месяца, после отчетного периода;   Пожалуйста, не забудьте предоставить отчеты в электронном виде!!!

Rejalashtirilayotgan tadbirlar

 

2016 yilning yanvar-mart, yanvar-iyun, yanvar-sentyabr va yanvar-dekabr oylari yakunlari bo’yicha respublikamizning barcha shahar va tumanlarida kichik korxona va mikrofirmalar faoliyatining tanlanma statistik kuzatuvlari o’tkaziladi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi PF-4609-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 fevraldagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2016 yil uchun davlat statistika ishlari Dasturi”ga muvofiq, 2016 yilning yanvar-mart, yanvar-iyun, yanvar-sentyabr va yanvar-dekabr oylari yakunlari bo’yicha respublikamizning barcha shahar va tumanlarida kichik korxona va mikrofirmalar faoliyatining tanlanma statistik kuzatuvlari o’tkazilishi belgilangan.

Tanlanma statistik kuzatuvlarning muddati kuzatuv davri oxirgi oyining 20 sanasidan kuzatuv davridan keyingi oyning 2-sanasigacha belgilangan. Kuzatuvlar kuzatuvga tushgan kichik korxona va mikrofirmalardan tegishliligiga qarab, to’ldirilgan 1-KB kuzatuv, 2-KB kuzatuv va 3-KB kuzatuv so’rovnomalarini qabul qilish orqali amalga oshiriladi. Mazkur so’rovnomalarni elektron shaklda Internet tarmog’i orqali taqdim etish imkoniyati ham yaratilgan.

 

2016 yilning yanvar-mart va yanvar-sentyabr oylari yakunlari bo’yicha respublikamizning barcha tumanlarida fermer xo'jaliklari faoliyatining tanlanma statistik kuzatuvlari o’tkaziladi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 fevraldagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2016 yil uchun davlat statistika ishlari Dasturi”ga muvofiq, 2016 yilning yanvar-mart va yanvar-sentyabr oylari yakunlari bo’yicha respublikamizning barcha tumanlarida fermer xo'jaliklari faoliyatining tanlanma statistik kuzatuvlarini o’tkazish belgilangan.

Mazkur tanlanma statistik kuzatuvlar so’rov o’tkazuvchi statistika organi mutaxassisi (intervyuer)lar tomonidan kuzatuvga tushgan har bir fermer xo’jaligi uchun 1-FXK so’rovnomalarini to’ldirish orqali kuzatuv davri oxirgi oyining 25 sanasigacha o’tkaziladi.

 

2016 yilning yanvar-mart va yanvar-sentyabr oylari yakunlari bo’yicha respublikamizning barcha shahar va tumanlarida dehqon va shaxsiy yordamchi xo’jaliklari faoliyatining tanlanma statistik kuzatuvlari o’tkaziladi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 fevraldagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2016 yil uchun davlat statistika ishlari Dasturi”ga muvofiq, 2016 yilning yanvar-mart va yanvar-sentyabr oylari yakunlari bo’yicha respublikamizning barcha shahar va tumanlarida dehqon va shaxsiy yordamchi xo’jaliklari faoliyatining tanlanma statistik kuzatuvlari o’tkazilishi belgilangan.

Mazkur tanlanma statistik kuzatuvlar so’rov o’tkazuvchi statistika organi mutaxassisi (intervyuer)lar tomonidan kuzatuvga tushgan har bir yuridik shaxs tashkil etgan dehqon xo’jaligi uchun 1-DXK va yuridik shaxs tashkil etmagan dehqon xo’jaligi uchun 2-DXK so’rovnomalarini to’ldirish orqali kuzatuv davri oxirgi oyining 25 sanasigacha o’tkaziladi.