Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasi

1-K shakli (aylıq) hár ay, esabat dáwirinen keyingi aydıń 2-sánesinen keshiktirmey;   elektron kóriniste tapsırıwdı umıtpań!!! 1-K shakli (месячная) не позднее 2-го числа месяца, после отчетного периода;   Пожалуйста, не забудьте предоставить отчеты в электронном виде!!!

Korrupciya

Korrupsiyaga qarshi kurashish

2017 yil 28 aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida Boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Komissiya yig‘ilishida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasining 2017 yil 28 fevraldagi 13-O-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi tizimida 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy kompleks chora-tadbirlar rejasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan davlat statistika organlarida 2017 yil I cjoragida amalga oshirilgan ishlar natijalari tanqidiy tahlil etildi hamda tizim organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiya holatlarining oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha Boshqarma idoraviy komissiyasi va tuman (shahar) statistika bo‘limlari rahbarlarining hisobotlari eshitildi va muhokama etildi.

Yig‘ilishda korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiya holatlarini oldini olish bo‘yicha tizim organlari oldida turgan vazifalar belgilab olindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi axborot xizmati        28.04.2017

___________________________________________________________________________

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida “Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi o‘tkazilgan seminar

2017 yil 28 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yuridik xizmat faoliyatini, qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish, “Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish yuzasidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini Dalat statistika organlarida ta’minlash hamda ulardan kelib chiqadigan vazifalarga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi bo‘lim boshliqlari va tuman (shahar) statistika bo‘limlari boshliqlari ishtirokida

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 19 yanvardagi PQ-2733-son qarori va uni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi (12/1-123-son 09.02.2017 yil), Boshqarmaning 2017 yil 16 fevraldagi 6-O-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash hamda kelgusida tizimda yuridik xizmatlar faoliyatini tashkil etishning muhim jihatlari,

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 fevraldagi “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2761-son qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha davlat statistika organlarining vazifalari,

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi ““Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuninig qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2752-son qarori hamda u bilan tasdiqlangan 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy kompleks chora-tadbirlarni ijrosini ta’minlash yuzasidan davlat statistika organlarining majburiyatlari, Davlat statistika organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Hukumat qarorlari, statistika sohasiga oid qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablarini tadbirkorlik subyektlariga tushuntirish hamda ular tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni oldini olish borasida 2017 yil davomida profilaktika ishlarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar;

- O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2016 yil 8 apreldagi 22-sonli buyrig‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tizimi xodimlarining odob-axloq qoidalarining mazmun-mohiyati va davlat statistika organlari xodimlarining unga amal qilish shartlari mavzulari muhokama etildi.

Seminar davomida davlat statistika organlari tomonidan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi axborot xizmati        28.03.2017

___________________________________________________________________________

Korrupsiyaga qarshi kurashish

2017 yil 7 fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida Boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasining 2016 yil 1 fevraldagi 9-O-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “2016-2017 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiya holatlarining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi”dagi hamda 2016 yil 29 aprelda bo‘lib o‘tgan Boshqarmaning korrupsiyaga qarshi idoraviy komissiyasi yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasidagi belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan davlat statistika organlarida 2016 yilda amalga osgirilgan ishlar natijalari tanqidiy tahlil etildi hamda tizim organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiya holatlarining oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha Boshqarma idoraviy komissiyasi va tuman (shahar) statistika bo‘limlari rahbarlarining hisobotlari eshitildi va muhokama etildi.

Yig‘ilishda korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiya holatlarini oldini olish bo‘yicha tizim organlari oldida turgan vazifalar belgilab olindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi axborot xizmati        07.02.2017

___________________________________________________________________________

Korrupsiyaga qarshi kurashish

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasining 2016 yil 1 fevraldagi 9-O-sonli buyrug‘i bilan Boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy komissiyasi tashkil etilib, komissiya tarkibi tasdiqlandi.

Boshqarmaning 2017 yil 14 fevraldagi 4-O-son buyrug‘I bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy komissiyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

davlat statistika organlari mansabdor shaxaslari va xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan mas’uliyatini kuchaytirishga, tizimda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir tadbirlarni muntazam amalga oshirilishini tashkil etish;

davlat statistika organlari mansabdor shaxaslari va xodimlarining faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;

kompleks chora-tadbirlarda belgilangan vazifalarni ijrosi yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobotini eshitib boorish;

davlat statistika organlari mansabdor shaxslari va xodimlarining kasbiy va xizmatdan tashqari faoliyatida odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etishlari bo‘yicha ko‘rsatmalar berib boorish va ularning bajarilishini nazorat qilish;

davlat statistika organlari faoliyatida korrupsiyaning oldini olishga doir tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan ko‘rsatilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan muntazam ravishda monitoring o‘tkazish va nazoratni amalga oshirish;

 “2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturi”da tegishli tadbirlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi tizimida amalga oshirilishini ta’minlash hamda ularning ijro etilishi bilan bog‘liq ma’lumotlarni Davlat statistika qo‘mitasiga taqdim etib boorish.

Shunigdek, Boshqarmaning 2017 yil 28 fevraldagi 13-O-sonli buyrug‘I bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi tizimida 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy kompleks chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanib, Boshqarma tomonidan Kompleks chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar va tadbirlarning o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq amalga oshirilishi ta’minlanmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi axborot xizmati