Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasi

1-K shakli (aylıq) hár ay, esabat dáwirinen keyingi aydıń 2-sánesinen keshiktirmey;   elektron kóriniste tapsırıwdı umıtpań!!! 1-K shakli (месячная) не позднее 2-го числа месяца, после отчетного периода;   Пожалуйста, не забудьте предоставить отчеты в электронном виде!!!

Tadbirkorlar uchun

 

2016 yilning 1-choragida tanlanma kuzatuvga tushgan kichik korxona va mikrofirmalar ro‘yxati
Yuklab olish (.xls)

Nаzorаti dаvlаt stаtistikа orgаnlаrigа yuklаtilgаn qonun hujjаtlаri vа ulаrgа rioya etilmаgаn tаqdirdа tаdbirkorlik sub’ektlаrining rаhbаri yoki mаnsаbdor shаxsigа nisbаtаn qo‘llаnilishi mumkin bo‘lgаn jаzo chorаlаri
Hujjat (51.5 Kb)

Qayta baholash indekslari

Davlat statistika qo`mitasi tomonidan, “1 yanvar holati bo`yicha asosiy fondlarni qayta baholashni o`tkazish tartibi to`g`risida”gi Nizomning 7-bandini ijrosini ta`minlash maqsadida, 2016 yil 1 yanvar holatiga asosiy fondlarni qayta baholash indekslari ishlab chiqildi. Ushbu indekslar mazkur Nizom talablari asosida tayyorlandi va asosiy fondlarni navbatdagi qayta baholashni o`tkazishda qo`llaniladigan usullardan biri sifatida korxona va tashkilotlarga ma`lum qilinadi.

Qayta baholash (35 Кб)

2015 yil 1 iyul holatiga ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar soni to‘g‘risida Ma‘lumot.
2015 yil 1 aprel holatiga ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar soni to‘g‘risida Ma‘lumot.

2015 yil 1 yanvar holatiga ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar soni to‘g‘risida Ma‘lumot.

2014 yil 1 iyul holatiga ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar soni to‘g‘risida Ma‘lumot.

2014 yil 1 may holatiga ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar soni to‘g‘risida Ma‘lumot.

2014 yil 1 aprel holatiga ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar soni to‘g‘risida Ma‘lumot.

 

Korxona va tashkilotlar diqqatiga!

          2017 yil 1 yanvardan boshlab, tashkilotlarning turini aniqlashda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 24 avgustdagi “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 275-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Kichik tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli bo‘lgan tashkilotlar klassifikatsiyasidan foydalangan holda amalga oshirish tartibi joriy etiladi.

Tashkilotning turini aniqlash uchun yuridik shaxsning asosiy faoliyat turi (yillik aylanma hajmida eng ko‘p bo‘lgan) va ishlovchilarining o‘rtacha yillik soni hisoblanadi hamda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Klassifikatsiyada belgilangan mezonlar va kodlar bilan solishtiriladi.
Asosiy faoliyat turini aniqlash uchun “O‘zstandart” agentligining 2011 yil 28 yanvardagi 05-268-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi (IFUT) dan foydalaniladi.
IFUT o‘zbek va rus tillarida mavjud hamda faqat faoliyat turlarining nominigina emas, balki tasniflagich pozitsiyalariga batafsil tushuntirishlarni ham o‘z ichiga oladi.
Shu bilan birga, IFUTning kodlari Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha mahsulotlarning (tovarlar, ishlar, xizmatlarning) statistik tasniflagichi (MST) kodlari bilan o‘zaro bog‘liq, ya’ni IFUTning birinchi to‘rt raqami MSTning birinchi to‘rt raqamiga asosan mos keladi.
IFUT va MSTning vazmuni bilan Siz quyidagi havola orqali tanishishingiz (yoki yuklav olishingiz) mumkin: http://www.stat.uz/ru/statinfo/klassifikatory
IFUT va MST davlat statistika hisoboti shakllarida ishlatiladi. Shuning uchun, zarur hollarda, hisobot shaklidagi tegishli kodlardan foydalangan holda, tashkilotongiz mustaqil ravishda qiyinchiliksiz asosiy faoliyat turi kodini aniqlashi mumkin.
Shu bilan birga, statistic maqsadlarda Klassifikatsiyadan foydalanishda (davlat statistika kuzatuvlarini o‘tkazishda), davlat statistika organlari, qonunchilikka muvofiq taqdim etilgan yillik davlat statistika hisobotlari asosida, Sizning hech qanday murojaatingizsiz Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrida (KTYaDR) tashkilotingizning asosiy faoliyat turi va turiga aniqlik kiritadi.
Tashkilotongiz amalga oshirayotgan faoliyatning KTYaDRda hisobga olingan statistic kodlarga aniq mos kelishini ta’minlash maqsadida, davlat statistika hisobotlarini taqdim etishda ishlab chiqarilayotgan barcha tovarlar hamda xizmatlarni to‘liq va batafsil aks ettirilishiga, shuningdek MST va IFUT kodlarini to‘g‘ri ko‘rsatilishiga alohida e’tibor qaratishingizni so‘raymiz.
KTYaDRda Sizning tashkilotingiz uchun belgilangan klassifikatsiya ko‘rsatkichlari (shu jumladan asosiy faoliyat turi kodi va tashkilot turi) ochiq va hammabopdir. Siz ular bilan onlayn rejimida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining Internet tarmog‘idagi rasmiy saytiga murojaat qilib tanishishingiz mumkin(http://registr.stat.uz/).
Statistik maqsadlarda asosiy faoliyat turini aniqlashda, davlat statistika organlari, xalqaro statistik tashkilotlar tomonidan tavsiya qilingan quyidagi yondashuvlarga amal qiladilar:
agar sub’yekt amalga oshirayotgan iqtisodiy faoliyat turning biri 50%dan oshsa, u avtomatik tarzda asosiy faoliyat turi deb hisoblanadi;
agar  faoliyat turning hech biri 50%dan oshmasa, klassifikatsiyaning “yuqoridan pastga” prinsipi qo‘llaniladi.
Birinchi bosqichda ulushi eng ahamiyatli bo‘lgan seksiya aniqlanadi, keyin bu seksiya ichida eng mos bo‘lgan bo‘lim, keyin ushbu bo‘limning guruhi, sinfi va kichik sinfi aniqlanadi.
Qo‘llanilayotgan yondashuvni shartli misolda tushuntiramiz.
1 bosqich: Tanlangan ko‘rsatkich bo‘yicha iqtisodiy faoliyat turlari ro‘yxati va ularning ulushini aniqlash:
Faraz qilamiz, sub’yekt bir necha turdagi faoliyatni amalga oshiradi.
Bu:
sanoat ishlab chiqarishi (C seksiyasi “Ishlab chiqaradigan sanoat”),
xususan,
- oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun uskunalar ishlab chiqarish-7%;
- nasoslar ishlab chiqarish-21%;
- podshipniklar ishlab chiqarish-13%;
- avtotransport vositalari uchun elektr butlovchi qismlar ishlab chiqarish – 11%;
savdo (G seksiyasi “Ulgurji va chakana savdo; motorli transport vositalari va motosikllarni ta’mirlash”):      
- mashina, uskunalar savdosi bo‘yicha agentlar faoliyati-7%;
- qishloq xo‘jalik mashinalari ulgurji savdosi-28%;
va xizmat ko‘rsatish (M seksiyasi “Professional, ilmiy va texnik faoliyat”):
- tijorat faoliyati va boshqaruv masalalari bo‘yicha maslahat berish-13%.
2 bosqich: Seksiyani aniqlash, ya’ni seksiyalar bo‘yicha ulushlarni qo‘shib chiqamiz:
- sanoat – 52% (7+21+13+11) – C seksiyasi;
- savdo – 35% (28+7) – G seksiyasi;
- xizmat ko‘rsatish – 13% - M seksiyasi.
xulosa: C seksiyasi “Ishlab chiqaradigan sanoat”.
3 bosqich: Bo‘limni aniqlash, ya’ni sanoatning tegishli bo‘limini aniqlaymiz:
boshqa guruhlarga kiritilmagan mashina va uskunalarni ishlab chiqarish – 41% (21+13+7) (28 bo‘lim);
avtotransport vositalari uchun elektr butlovchi qismlarni ishlab chiqarish-11% (29 bo‘lim);
xulosa: 28 bo‘lim – boshqa guruhlarga kiritilmagan mashina va uskunalarni ishlab chiqarish.
4 bosqich: Guruhni aniqlash, ya’ni avvalgi bosqichda aniqlangan bo‘limdan guruhni aniqlaymiz:
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun uskunalar ishlab chiqarish – 7% (28.9 guruh);
umumiy foydalanishga mo‘ljallangan mashina va uskunalarni ishlab chiqarish – 34% (nasoslar va podshipniklar 21%+13%) (28.1 guruh);
xulosa: 28.1 guruh – umumiy foydalanishga mo‘ljallangan mashina va uskunalarni ishlab chiqarish.
5 bosqich: Sinfni aniqlash, ya’ni avvalgi bosqichda aniqlangan guruhdan sinfni aniqlaymiz, ushbu guruh kodi asosiy faoliyat turi kodi hisoblanadi:
- nasoslar ishlab chiqarish – 21% (28.13 sinf);
- podshipniklar ishlab chiqarish – 13% (28.15 sinf);
Xulosa: Eng yuqori nisbiy ulush qishloq xo‘jalik mashinalarining ulgurji savdosiga to‘g‘ri kelganiga qaramay, iqtisodiy faoliyatning asosiy turi – nasoslar ishlab chiqarish.
Sizga, Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrida belgilangan klassifikatsiya ko‘rsatkichlari faqat statistik maqsadlarda, davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini belgilash va statistik ma’lumotlarni umumlashtirish uchun berilishini, ular ruxsat beruvchi hujjat yoki tijorat tashkilotlariga qonunchilikda belgilangan soliq va boshqa imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat hisoblanmasligini ma’lum qilamiz.
Tashkilotlar, qonunchilikda nazarda tutilgan yengilliklar, imtiyozlar, kafolatlar va huquqlarga ega bo‘lish uchun, tashkilotning turini aniqlash masalalari bo‘yicha tegishli vakolatli davlat organlariga murojaat qilishlari maqsadga muvofiq.

Murojaat uchun telefonlar:             (371) 230-80-09
     
                                                                222-22-45

                                                                     222-78-37