Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasi

1-K shakli (aylıq) hár ay, esabat dáwirinen keyingi aydıń 2-sánesinen keshiktirmey;   elektron kóriniste tapsırıwdı umıtpań!!! 1-K shakli (месячная) не позднее 2-го числа месяца, после отчетного периода;   Пожалуйста, не забудьте предоставить отчеты в электронном виде!!!

Murojaatlarni ko'rib chiqish tartibi

Murojaatlari bilan ishlash O’zbekiston Respublikasining 2014 yil 3 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi № 378 – sonli Qonuni asosida olib boriladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari og’zaki yoki yozma shaklda kiritiladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning og’zaki va yozma murojaatlari bir xil ahamiyatga ega.Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ariza, taklif yoki shikoyat ko’rinishida bo’lishi mumkin.

Ariza - huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko’rsatish to’g’risidagi iltimosi bayon etilgan murojaat;

taklif -  davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarini o’z ichiga olgan murojaat;

shikoyat - buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to’g’risidagi talabi bayon etilgan murojaat

Jismoniy shaxs murojaatida uning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to’g’risidagi ma’lumotlar va murojaatning mohiyati bayon etlgan bo’lishi kerak.

Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning toliq nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili) to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan bo’lishi kerak.  

Yozma murojaat,  murojaat qiluvchi jismoniy shaxsning imzosi bilan yoki murojaat qiluvchi yuridik shaxs rahbarining yoxud vakolatli shaxsning imzosi bilan tasdiqlangan bo’lishi lozim. Jismoniy shaxsning yozma murojaatini murojaat qiluvchining imosi bilan tasdiqlash imkoni bo’lmagan taqdirda, bul mutojaat uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qo’shimcha ravishda yozib qo’yilishi kerak. 

Elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo’lgan elektron hujjat shaklida bo’lishi lozim. Elektron murojaat qonunda belgilangan talablarga muvofiq bo’lishi kerak. 

Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.