Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasi

1-K shakli (aylıq) hár ay, esabat dáwirinen keyingi aydıń 2-sánesinen keshiktirmey;   elektron kóriniste tapsırıwdı umıtpań!!! 1-K shakli (месячная) не позднее 2-го числа месяца, после отчетного периода;   Пожалуйста, не забудьте предоставить отчеты в электронном виде!!!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 22-sentabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Asqar Maminni qabul qildi.

23.09.2016

Uchrashuvda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning joriy yil 12-sentabr kuni Samarqand shahriga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini, birinchi navbatda, mamlakatlarimizda yangi bozorlar tashkil etish hisobidan oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ikki mamlakat ekspertlari tomonidan tayyorlangan, raqobatbardosh sanoat mahsulotlari sotadigan qo‘shma savdo uylarini tashkil etish, savdo loyihalarini milliy bank-moliya institutlari orqali qo‘llab-quvvatlash, bojxona xizmatlari hamkorligini faollashtirish, biznes forumlar o‘tkazish va o‘zaro tashriflarni amalga oshirishga qaratilgan qator taklif va aniq chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.

Transport va tranzit tashish sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirish, jumladan, eksport yuklarini tashishda ikki tomonlama tarif preferensiyalari berish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi. Bu mintaqaviy transport yo‘laklarining raqobatbardoshligini oshirish va ularning yuqori samaradorligini ta’minlash imkonini beradi.

Asqar Mamin samimiy qabul uchun minnatdorlik izhor etib, Qozog‘iston Respublikasi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng ko‘lamli va o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirishga qaratilgan hamkorlikdagi chora-tadbirlarni amalga oshirishga tayyor ekanini bildirdi.