Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasi

1-K shakli (aylıq) hár ay, esabat dáwirinen keyingi aydıń 2-sánesinen keshiktirmey;   elektron kóriniste tapsırıwdı umıtpań!!! 1-K shakli (месячная) не позднее 2-го числа месяца, после отчетного периода;   Пожалуйста, не забудьте предоставить отчеты в электронном виде!!!

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida

05.11.2016

2016-yil 3-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘rtasida Qozog‘iston tomonining tashabbusi bilan telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalarda O‘zbekiston – Qozog‘iston munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Tomonlar turli vazirliklar, idoralar, xo‘jalik subyektlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida erishilgan o‘zaro kelishuvlar hayotga izchil tatbiq qilinayotganidan mamnuniyat bildirdilar.

Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik ayrim muammolarni ham muhokama qilib, tomonlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan maslahatlashuvlarni davom ettirish zarurligini ta’kidladilar.

Suhbat konstruktiv, davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari ruhida o‘tdi.