Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasi

1-K shakli (aylıq) hár ay, esabat dáwirinen keyingi aydıń 2-sánesinen keshiktirmey;   elektron kóriniste tapsırıwdı umıtpań!!! 1-K shakli (месячная) не позднее 2-го числа месяца, после отчетного периода;   Пожалуйста, не забудьте предоставить отчеты в электронном виде!!!

AQSH elchisi Qoraqalpog’istonga safar qildi

31.10.2017

Shu yilning 30-oktyabr kuni AQSH ning O’zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen respublikamizga safar qildi. Elchini Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengashi raisi M.Erniyazov qabul qildi.

Muzokaralar vaqtida  Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengashi raisi M.Erniyazov, Prezidentimiz Sh.Mirziyoev boshchiligida yurtimizda amalga oshirilayotgan katta ijodiy ishlar, respublikamiz xalqiga, ayniqsa yoshlarga ko’rsatilayotgan g’amxo’rliklar, amalga oshirilayotgan natijali reformalar, xalqimizning tinch va osuda turmushini ta’minlash yo’lidagi ijobiy ishlarini alohida ta’kidladi.

O’z navbatida, AQSHning O’zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen Respublika rahbarlariga chin yurakdan kutib olganliklari uchun minnatdorchilik bildirib, O’zbekistonda ijtimoiy-iqtosodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda amalga oshirilgan reformalarga yuqori baho. AQSH va O’zbekiston o’rtasidagi do’stlik munosabatlari o’zaro manfaatli hamkorlik kun sayin rivojlanayotligi alohida aytib o’tildi.

Shu kuni elchi Pamela Spratlen poytaxtimiz Nukus shahridagi I.V.Savickiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyida bo’lib, u yergagi bebaho eksponatlar bilan tanishti.

Kunning ikkinchi yarimida elchi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori bilan uchrashib, universitetning axborot-resurs markazida, shu qatorda Ajiniyaz nomidagi  Nukus davlat pedagogika institutida ACCESS dasturi asosida ishlanayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Elchi o’z safari davomida poytaxtimizdagi «Istiqbol Avlod Isenim» nodavlat notijorat tashkiloti vakillari bilan uchrashdi.