Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasi

1-K shakli (aylıq) hár ay, esabat dáwirinen keyingi aydıń 2-sánesinen keshiktirmey;   elektron kóriniste tapsırıwdı umıtpań!!! 1-K shakli (месячная) не позднее 2-го числа месяца, после отчетного периода;   Пожалуйста, не забудьте предоставить отчеты в электронном виде!!!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisini qabul qildi

02.11.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-noyabr kuni mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan va MDH Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadigan Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Dmitriy Medvedevni qabul qildi. 



Suhbat chog‘ida joriy yilning aprel oyida Moskva shahrida o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar, ikki mamlakat rahbarlarining uchrashuvlari, jumladan, oktyabr oyida MDHning Sochi sammiti doirasidagi muloqoti strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga kuchli sur’at bag‘ishlagani, o‘zaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi mazmun bilan boyitgani alohida ta’kidlandi. 

Ko‘p qirrali O‘zbekiston – Rossiya munosabatlarini yanada kengaytirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo‘shma kooperatsiya loyihalarini hayotga tatbiq etish, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 

Rossiya Hukumati raisi Dmitriy Medvedev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning ezgu tilaklarini yetkazdi. 

Mamlakatlarimiz sheriklik munosabatlari va o‘zaro amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashdan manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.