Qaraqalpaqstan Rеspublikasi statistika basqarmasi

1-K shakli (aylıq) hár ay, esabat dáwirinen keyingi aydıń 2-sánesinen keshiktirmey;   elektron kóriniste tapsırıwdı umıtpań!!! 1-K shakli (месячная) не позднее 2-го числа месяца, после отчетного периода;   Пожалуйста, не забудьте предоставить отчеты в электронном виде!!!

Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining O‘zbekistonga bo‘ladigan tashrifiga oid

08.11.2017

2017-yilning 9-noyabr kuni O‘zbekistonga Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Frederika Mogerini boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi. Delegatsiya tarkibiga Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot bo‘yicha Yevropa komissari Neven Mimitsa va boshqa rasmiy shaxslar kiradi. 
 

Yevropa Ittifoqining yuqori mansabdor vakillarini O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabul qilishi rejalashtirilgan. 
 

Tashrif dasturiga ko‘ra YI delegatsiyasi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” mintaqalararo vazirlar uchrashuvida va “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzuidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.