Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasi

1-K shakli (aylıq) hár ay, esabat dáwirinen keyingi aydıń 2-sánesinen keshiktirmey;   elektron kóriniste tapsırıwdı umıtpań!!! 1-K shakli (месячная) не позднее 2-го числа месяца, после отчетного периода;   Пожалуйста, не забудьте предоставить отчеты в электронном виде!!!

Afg‘oniston Prezidenti Buxoroga jo‘nab ketdi

06.12.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani 6 dekabr kuni Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi. 



Avval xabar qilinganidek, tashrifning asosiy tadbirlari 5-dekabr kuni bo‘lib o‘tdi. 

Muhammad Ashraf G‘ani Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. Hazrati Imom majmuasidagi tarixiy-ma’rifiy yodgorliklarni ziyorat qildi. Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodida mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari bilan tanishdi. 

Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda savdo-iqtisodiyot, transport, tranzit, energetika, kimyo, agrosanoat, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. 

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Afg‘oniston Prezidentlarining Qo‘shma bayonoti, shuningdek, mamlakatlarimiz o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan 16 hujjat imzolandi.