Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasi

1-K shakli (aylıq) hár ay, esabat dáwirinen keyingi aydıń 2-sánesinen keshiktirmey;   elektron kóriniste tapsırıwdı umıtpań!!! 1-K shakli (месячная) не позднее 2-го числа месяца, после отчетного периода;   Пожалуйста, не забудьте предоставить отчеты в электронном виде!!!

Ashraf G‘ani O‘zbekiston – Afg‘oniston muloqotini kengaytirishdan manfaatdor ekanini yana bir bor tasdiqladi

22.12.2017

2017-yilning 21-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Afg‘oniston Islom Respublikasida bo‘ldi. Bu haqda payshanba kuni vazirlik matbuot xizmati xabar tarqatdi.



O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Afg‘oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani bilan 2017-yil 4-6-dekabr kunlari Toshkent shahrida erishgan kelishuvlarini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Kobul shahrida ikki tomonlama qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muzokaralarda hamkorlikning siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, ta’lim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

O‘zbekiston delegatsiyasini Prezident Muhammad Ashraf G‘ani qabul qildi. Afg‘oniston rahbari tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalarda O‘zbekiston – Afg‘oniston muloqotini kengaytirishdan manfaatdor ekanini yana bir bor tasdiqladi.

Afg‘oniston poytaxtida Abdulaziz Komilov, shuningdek, Afg‘oniston Milliy birdamlik hukumatining Ijroiya kengashi raisi Abdulla Abdulla, Tashqi ishlar vaziri Salohuddin Rabbani, Moliya vaziri Eklil Hakim, Prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Muhamma Haniya Atmar bilan uchrashgani xabar qilinmoqda.