Qaraqalpaqstan Rеspublikasi statistika basqarmasi

1-K shakli (aylıq) hár ay, esabat dáwirinen keyingi aydıń 2-sánesinen keshiktirmey;   elektron kóriniste tapsırıwdı umıtpań!!! 1-K shakli (месячная) не позднее 2-го числа месяца, после отчетного периода;   Пожалуйста, не забудьте предоставить отчеты в электронном виде!!!

Rasmiy: Moliya vazirligi tizimidan 500 dan ortiq xodim ishdan bo‘shatilgan

27.12.2017

rezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidagi tanqiddan keyin Moliya vazirligi tizimida katta o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. 

 

Sobiq Moliya vaziri va Xodimlar boshqarmasining sobiq boshlig‘i panohida bo‘lgan va hanuzgacha tizimda ishlab kelayotgan, moliya tizimining nomiga dog‘ tushirayotgan “kalamushlar”ni haydash yuzasidan hududiy rahbarlarga qat’iy topshiriqlar berilgan.

23-dekabr kuni Toshkent shahar davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi boshlig‘i hamda uning 3 nafar o‘rinbosarlari egallab turgan lavozimidan chetlashtirildi.

Shundan so‘ng, Moliya vazirligining hududiy boshqarma boshliqlari tomonidan joylardagi moliya idoralaridan 273 nafar (23 nafari rahbar xodimlar):

G‘aznachilik idoralaridan 65 nafar (12 nafari rahbar xodim):

Pensiya jamg‘armasidan 100 nafar (1 nafari rahbar xodim):

Davlat moliyaviy nazorati boshqarmalari xodimlaridan 100 nafari (4 nafari rahbar xodim) jami moliya tizimi bo‘yicha 562 nafar davlat idorasi nomiga dog‘ tushirgan xodimlar o‘z lavozimidan ozod etildi.

Moliya vazirligi tizimidagi vakant ish o‘rinlarini innovatsion g‘oya va fikrga ega, zamonaviy texnologiyalarni yaxshi o‘zlashtirgan, iqtidorli yoshlar bilan to‘ldirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi hamda iqtisodiy yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlariga murojaatlar yuborildi.