Qaraqalpaqstan Rеspublikasi statistika basqarmasi

1-K shakli (aylıq) hár ay, esabat dáwirinen keyingi aydıń 2-sánesinen keshiktirmey;   elektron kóriniste tapsırıwdı umıtpań!!! 1-K shakli (месячная) не позднее 2-го числа месяца, после отчетного периода;   Пожалуйста, не забудьте предоставить отчеты в электронном виде!!!

Davlat va biznes doirasida xalqaro hamkorlik

13.04.2018

Toshkent shahridagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida “Iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish va mamlakat hududlarining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzuida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada mamlakat hududlarida ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishning asosiy omillari, investorlarni jalb qilish, moliya tuzilmalariga bo‘lgan ishonch darajasini oshirish, yuzaga kelayotgan to‘siq va muammolar hamda ularni bartaraf etish masalalari haqida so‘z yuritildi. 


Shuningdek, Oliy Majlis Senati tomonidan Savdo-sanoat palatasi va BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda mahalliy hokimiyat organlari, erkin va kichik sanoat zonalari vakillari, ishbilarmonlar ishtirokida mamlakat mintaqalari bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini yuritish shart-sharoitlari to‘g‘risida so‘rov o‘tkazilgan edi. Konferensiya doirasida so‘rov natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. 

– Mamlakat infratuzilma loyihalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi jahon amaliyotida keng qo‘llaniladi, – deydi Ernst&Young kompaniyasining EMEIA bo‘yicha infratuzilma loyihalari maslahatchisi Richard Tollis. – Bu davlat va xususiy sektor ishtirokidagi samarali hamkorlik mexanizmidir. Shu o‘rinda davlatning ishtiroki ishbilarmonlik uchun zarur imkoniyatlar yaratish, mamlakatda halol raqobat muhitini shakllantirish, turli iqtisodiy xavf-xatarlarning oldini olishda namoyon bo‘lsa, xususiy sektor iqtisodiyotni texnologik yangilash, bozor talab va ehtiyojlarini to‘laqonli o‘rganish va barqaror rivojlanish sur’atlarini ta’minlashda faol qatnashadi. Mamlakatingizda amalga oshirilayotgan islohotlar ham davlat va biznes doirasi hamkorligida tashkil etilayotganini ta’kidlash o‘rinli. Forumda davlat va biznes sohasi vakillari, xalqaro ekspertlar ishtirok etayotgani ushbu islohotlarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashish imkonini berdi. 

Anjuman so‘nggida O‘zbekistonda biznes muhitini yaxshilash, mavjud dolzarb muammolarni bartaraf etish, xorijiy sarmoyadorlarni keng jalb qilish borasida zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishga doir tavsiyalar ishlab chiqildi.