Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasi

1-K shakli (aylıq) hár ay, esabat dáwirinen keyingi aydıń 2-sánesinen keshiktirmey;   elektron kóriniste tapsırıwdı umıtpań!!! 1-K shakli (месячная) не позднее 2-го числа месяца, после отчетного периода;   Пожалуйста, не забудьте предоставить отчеты в электронном виде!!!

“Big Agro”ning eksportbop salatlari

28.05.2018

Serquyosh diyorimizning qulay iqlim-tuproq sharoiti sabzavot, poliz, karam va boshqa turli qishloq xo‘jalik ekinlaridan bir yilda ikki, hatto uch marta hosil olish imkonini beradi. 

Qashqadaryolik dehqonlar ham salatning “Aysberg” nomli turini xorijga eksport qilmoqda. 

“BIG Agro” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatining Mirishkor va Kasbi tumanlarida 100 gektar maydonda ekilgan “Aysberg” navli salatlar eksportga yo‘naltirilmoqda. 

“Aysberg” deb ataluvchi bu turdagi salatlar oqbosh karamga o‘xshash bo‘lib, barglari zichlanmagan holda o‘raladi. Bir donasining o‘rtacha vazni 800 gramm – 1 kilogrammni tashkil etadi. Bunday bosh salat darmondorilarga boy bo‘lib, uning barglari tarkibida A, S, Ye va Vvitaminlari, shuningdek, kaliy, fosfor, temir singari foydali elementlar mavjud. Uning barglari xushta’mligi bilan ajralib turadi. 

Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, BIG, ya’ni “Brand Investment Group” kompaniyalar guruhining har bir viloyatda qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanadigan shu’ba korxonalari mavjud. Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan “BIG Agro” MCHJ ana shunday shu’ba dehqon xo‘jaliklaridan biri hisoblanadi.

– Kompaniyamiz bir necha yildan buyon yurtimizda turlisalatlar yetishtiradi va asosan Rossiya Federatsiyasi bozorlarida sotadi, – deydi “BIG Agro” MCHJ ish yurituvchisi Bobur Abdumavlonov. – Joriy yilda Qashqadaryo viloyatida bu salatning “Robinson” naviniparvarishladik. Urug‘i Gollandiyadan keltirilgan bo‘lib, hosildorligi juda yuqori. Kerakli agrotexnik tadbirlar me’yorida olib borilganda gektaridan 15 tonna toza mahsulot olish mumkin. Yetishtirilgan mahsulotning hammasi to‘liq eksportga yo‘naltiriladi. Mana, ikki haftadan beri salat eksportini boshladik. Hali dalada hosil mo‘l. 

Bunday salatlar daladan uzib olingandan boshlab muzlatilgan holda tashiladi, qayta ishlanadi va eksportga jo‘natiladi. Buning uchun kompaniya vakillari tomonidan ekin ekiladigan hududlarda yetarlicha sharoit yaratilgan. Muzlatkichli maxsus mashinalar va logistika markazlari tashkil etilgan. 

Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, viloyatda birgina salat ekib yetishtirish jarayonida 500 ga yaqin mavsumiy ish o‘rni yaratilgan.Bundan tashqari, “BIG Agro” MCHJ viloyatning Mirishkor va Qarshi tumanlaridagi 2 ming 100 gektar maydonda “Kayan” navli achchiq qalampir ham parvarishlamoqda. 

Erta bahorda qariyb 80 gektar maydonda tashkil etilgan yer parniklar ostida yetishtirilgan ko‘chatlar hozirda belgilangan dalalarga deyarli o‘tqazib bo‘lindi. 

– Bunday garmdorilar oddiy qalampirga qaraganda bir necha barobar achchiq, – deydi agronom Ahror Jo‘rayev. – Bu nav hosildor va mahalliy iqlimga moslashuvchan. Ushbu qalampirni yetishtirish agrotexnikasini sifatli amalga oshirish uchun Hindiston va Indoneziya davlatlaridan tajribali mutaxassislar jalb etganmiz. Ular har hafta garmdoridalalarini ko‘zdan kechirib, o‘z tavsiyalarini bermoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bizning hududda mazkur qalampir gektaridan 20-25 tonnagacha hosil berishi mumkin ekan. 

Bunday qalampirlar quritilgan holda Osiyo va Yevropa mamlakatlariga eksport qilinadi. Ayni paytda kun sayin ko‘kka bo‘y cho‘zayotgan qalampir dalalarida 2 mingdan ziyod mavsumiy ishchi mehnat qilmoqda. Ular uchun shu yerning o‘zida barcha sharoit yaratilgan.