Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasi

1-K shakli (aylıq) hár ay, esabat dáwirinen keyingi aydıń 2-sánesinen keshiktirmey;   elektron kóriniste tapsırıwdı umıtpań!!! 1-K shakli (месячная) не позднее 2-го числа месяца, после отчетного периода;   Пожалуйста, не забудьте предоставить отчеты в электронном виде!!!

Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig'i birinchi o`rinbosarining funksional vazifalari

-Boshqarma boshlig’i yo’qligi vaqtida boshqarma faoliyatiga vaqtincha raxbarlik qiladi;

-boshqarmaning barcha tarmoq, shaxar va tuman statistika bo’limlari tomonidan dasturlar bo’yicha bajariladigan statistika ishlari xajmlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;

-viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Davlat dasturlarinig bajarilishi ustidan Davlat statistika kuzatuvlarini tashkil etadi;

-viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli to’g’risidagi statistik ma'lumotlarini tayyorlash, ularni chop etish va bеlgilangan davlat organlariga yuborilishini nazorat qiladi;

-boshqarmada tashkil etilgan Komissiya yiqilishida davlat statistika ishlari dasturining sifatli va o’z vaktida bajarilishi, hisobot ko’rsatgichlarini tеzkorligi, xaqqoniyligi va xolisligini ta'minlash masalalari, Davlat statistika organlari faoliyatiga doir boshqa masalalarni ko’rib chiqishi uchun tayyorlaydi;

-boshqarmaning barcha tarmoq va xududiy statistika bo’limlari xalq xo’jaligidan qo’shimcha mablag’ topishini (konsalting xizmatlari) nazoratini yuritadi

-biriktirilgan boshqarmaning tarmoq va shaxar, tuman statistika bo’limlari faoliyatini doimiy nazoratini yuritadi, ularning faoliyatini muvofiklashtiradi, mavjud vakant lavozimlarga xodimlarni tayyorlash va tayinlash bo’yicha boshqarma boshlig’iga takliflar kiritadi;

-biriktirilgan barcha bo’limlar faoliyatini xamda ulardagi statistik ma'lumotlarning ishonchliligi, xolisligi, to’liqliligi, dolzarbligini nazorat qiladi va ta'minlaydi

-biriktirilgan tarmoq ma'lumotlarini qonuniyligini o’rganib, tеgishli soxalar dasturlari va boshqa ma'lumotlarni tayyorlashda, muxokama yiqilishlarida ishtirok etish va imzolash vakolatlaridan foydalanadi va imzolagan ma'lumotlarning javobgarligini o’z zimmasiga oladi;

-biriktirilgan shaxar, tuman statistika bo’limlari moliya-xo’jalik faoliyatlarini nazorat qiladi va ularning qonuniyligini ta'minlash choralarini ko’radi;

-boshqarmada ko’rilayotgan ma'muriy jarimalarni imzolaydi xamda ularning qonuniyligini va bеlgilangan tartib asosida ijro etilishini ta'minlaydi;

Boshqarma boshlig'ining birinchi o'rinbosari: Statistika faoliyatini tashkil etish va yig'ma ishlar bo'limi, Invеstitsiya va qurilish statistikasi bo`limi, Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo`limi, Narx statistikasi bo`limi, Sanoat statistikasi bo`limlari faoliyatini  nazorat qiladi.