Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasi

1-K shakli (aylıq) hár ay, esabat dáwirinen keyingi aydıń 2-sánesinen keshiktirmey;   elektron kóriniste tapsırıwdı umıtpań!!! 1-K shakli (месячная) не позднее 2-го числа месяца, после отчетного периода;   Пожалуйста, не забудьте предоставить отчеты в электронном виде!!!

Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig'i funksional vazifalari

Boshqarma faoliyatiga rahbarlik qiladi; boshqarmaning tarkibiy bo’linmalari to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlaydi; boshliq o’rinbosarlari va funksional bo’lim boshliqlarining javobgarlik darajasini belgilaydi; boshqarma xodimlariga nisbatan malakaviy talablarni belgilaydi va ularning mehnatini raqbatlantirish tizimini shakllantiradi, yuqori malaka uchun ustamalar belgilaydi; boshqarmaning smeta xarajatlarini belgilaydi va tasdiqlaydi; boshqarma xodimlari uchun meqnatga qaq to’lash yagona tarif setkasi bo’yicha belgilangan lavozim okladlari sxemasiga muvofiq shtat jadvalini tasdiqlaydi; zarur qolda O’zbekiston Respublikasi davlat statistika qo’mitasi bilan kelishilgan qolda boshqarma tuzilmasiga shtatdagi xodimlarning tasdiqlangan soni va statistika ishlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag’lar doirasida o’zgartirishlar kiritadi; statistik ma'lumotlarni yiqish va tahlil qilish, ma'lumotlarning ishonchliligini ekspertizadan o’tkazish, ularni nashrga tayyorlash bilan shuqullanadi; statistik hisob-kitobni amalga oshirish va olingan statistik ma'lumotlar asosida turli tahliliy sharqlar tayyorlashda ishtirok etadi; statistik kuzatuvlarning aloqida turlari bo’yicha elektron ma'lumotlar bazasini saqlashni va o’ziga biriktirilgan statistik ko’rsatkichlar bo’yicha dinamik qatorlarni yuritishni ta'minlaydi; o’z vakolatlari doirasida tuman va shaqar statistika bo’limlari tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan buyruqlar chiqaradi va ko’rsatmalar beradi; o’ziga yuklangan vazifalarning sifatli va o’z vaqtida bajarilishini ta'minlash uchun O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari doirasida boshqa barcha zarur choralarni ko’radi; boshqarma nomidan ishonchnomasiz faoliyat ko’rsatadi, amaldagi qonun qujjatlari va boshqarma nizomiga muvofiq boshqarma manfaatlarini himoya qiladi va uning mol-mulkini tasarruf etadi; boshqarmaning Qishloq xo'jaligi va ekologiya statistikasi bo'limi, Maxsus qism, Kadrlar bo`limi, Buxgaltеriya hisobi va moliyaviy ishlar bo`limi, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati bo’limi, Yuridik xizmati, Dasturiy-tеxnik ta'minot va ma'lumotlarni saqlash markazi faoliyatini nazorat qiladi.