Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasi

1-K shakli (aylıq) hár ay, esabat dáwirinen keyingi aydıń 2-sánesinen keshiktirmey;   elektron kóriniste tapsırıwdı umıtpań!!! 1-K shakli (месячная) не позднее 2-го числа месяца, после отчетного периода;   Пожалуйста, не забудьте предоставить отчеты в электронном виде!!!

Asosiy kapitalga investitsiyalar

2016 YIL UChUN QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASIDA

ASOSIY KAPITALGA INVESTITsIYaLAR

Qoraqalpog‘iston  Respublikasida ijtimoiy soha va iqtisodiyotni rivojlantirish uchun barcha mulkchilik shakllaridagi tashkilotlarning 2016 yilda 3718,9 mlrd.so‘m  yoki 2015 yilga nisbatan 56 foiz asosiy kapitalga investitsiyalaridan foydalanildi. Asosiy kapitalga investitsiyalar  hajmi 1991 yilga nisbatan 2,2 martta, 2000 yilga nisbatan 5,0 martta, 2005 yilga nisbatan 4,6 martta va 2010 yilga nisbatan 3,8 martta ko‘paydi.

         

2016 yilda jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 69,4 foizi Nukus shahri, Xojayli, Qorao‘zak, Amudaryo va To‘rtko‘l tumanlarida o‘zlashtirildi (mos ravishda jami investitsiyalarning 38,3 foizi, 9,5 foizi, 8,0 foizi, 7,1 foizi va 6,5 foizi o‘zlashtirildi).

Investitsion faollik ko‘proq Qonliko‘l va Mo‘ynoq tumanlarida kuzatildi (2015 yilga nisbatan 1,7 – 4,0 martta ko‘payish).

Nukus shaxrida va Qong‘irot tumanida esa o‘tgan yilga nisbatan asosiy kaitalga investitsiyalar 22,7 – 63,0 foizga kamaydi.

Aholi jon boshiga asosiy kapitalga investitsiyalar 2016 yilda 2067,5 ming so‘m yoki 2015 yilga nisbatan 133,1 foizni tashkil etdi.

1- diagramma

Aholi jon boshiga asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi bo‘yicha  yuqori ko‘rsatkichlar Mo‘ynoq tumanida 18394,7 ming so‘m yoki o‘tgan yilining mos davriga nisbatan 889,7 foiz,  mos ravishda Qong‘irot  (16617,4 ming so‘m yoki 803,7 foiz), Nukus shaxri (1601,8 ming so‘m yoki 77,5 foiz), Qorauzak (1447,3 ming so‘m yoki 70,0 foiz), Nukus tumani (1371,2 ming so‘m yoki 66,3 foiz)  tumanlarida qayd etildi.

73,6 foizdan ortiq asosiy kapitalga investitsiyalar quyidagi iqtisodiy faoliyat turlariga yo‘naltirildi: qayta ishlash sanoati (48,5 foiz), tog‘-kon sanoati (12,5 foiz), tashish va saqlash (6,5 foiz), qurilish (4,2 foiz), qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi (1,9 foiz),  jami faoliyat turlaridan tashqari: turar joy qurilishiga investitsiyalar (14,8 foiz).

1-jadval

IQTISODIY FAOLIYAT TURLARI BO‘YIChA ASOSIY KAPITALGA INVESTITSIYALAR HAJMI

2- diagramma

3- diagramma

 

Jami asosiy kapitalga investitsiyalardan ishlab chiqarish sanoatiga investitsiyalarning ulushi  2015 yilga nisbatan 46,7 foizga oshdi.  Mos ravishda, quyidagi faoliyat turlariga o‘sish kuzatildi: tashish va saqlash (3,8 foiz), qurilish (2,3 foiz), suv bilan ta‘minlash, kanalizatsiya, chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash (0,3 foiz).

Asosiy kapitalga investitsiyalar ulushi tog‘-kon sanoatida (58,9 foiz), professional, ilmiy va texnik faoliyat (0,7 foiz), elektr energiyasi, gaz, bug‘ va konditsiyalangan havo  ( 0,7 foiz), moliya va sug‘urta faoliyati (0,1 foiz), kamayish kuzatildi.

1-Jadval

MULKChILIK ShAKLLARI BO‘YIChA ASOSIY KAPITALAGA INVESTITsIYaLARNING TARKIBI

jamiga nisbatan foizda

Nodavlat mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlarning jami asosiy kapitalga investitsiyalardagi ulushi 2016 yilda 92,6 foizni tashkil etdi, bu ko‘rsatkich 2010 yilga nisbatan 23,7 foiz punktga  ko‘paydi. Moliyalashtirishning asosiy hajmi, ya‘ni  40,2 foizni xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar va xususiy mulkchilik shaklidagi korxnona va tashkilotlar amalga oshirdi va mos ravishda 6,9 foiz punktga  ko‘paydi.

4- diagramma

 

2016 yilda asosiy kapitalga investitsiyalarning asosiy qismi, jami investitsiyalarning 30,9 foizi turar joy va  bino va inshootlar qurilishiga yo‘naltirildi. Asosiy fondlarning faol qismini rivojlantirishga investitsiyalarning ulushi 2015 yilda 15,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yilda  16,1 foizni tashkil etib 0,3 foiz punktga kupaydi, (2005  va 2010 yilga nisbatan 27,4 va 22,8 foiz punktga kamaydi).

ASOSIY KAPITALGA INVESTITsIYaLARNING TURLARI BO‘YIChA TARKIBI

Mashina, uskuna, transport vositalariga investitsiyalarning hududlar tarkibida quyidagilar salmoqli hajmlarni o‘zlashtirdi: Qong‘irot tumani – 76,2 foiz, Mo‘ynoq tumani – 10,9 foiz, Nukus shahri – 5,4 foiz va Ellikqal‘a tumani – 1,8 foiz.

5 - diagramma

 

2016 yilda asosiy kapitalga investitsiyalarning asosiy moliyalashtirish manbaining 34,2 foizini korxonalar va aholining o‘z mablag‘lari tashkil etgan bo‘lsa, jami investitsiyalarning qolgan 65,8 foizi jalb etilgan mablag‘lar hisobiga to‘g‘ri keldi. 2010 yilga nisbatan korxona va aholining o‘z mablag‘lari ulushi 19,6 foiz punktga kamaydi.

Davlat byudjeti mablag‘ining jami asosiy kapitalga investitsiyalardagi ulushi 2,6 foizni tashkil etib, 2010 yildagiga nisbatan 4,6 foiz punktga kamaydi.

Bank sohasi va iqtisodiyotning real sektori boshqa qarz mablag‘lari ulushi 6,2 foizni tashkil etib, o‘tgan yildagiga nisbatan 1,1 foizga kupaydi.

Xorijiy investitsiyalar va kreditlar ulushi 2016 yilda 45,3 foizni tashkil etib, 2015 yilga nisbatan 3,6 foiz punktga kamaydi.

Davlat byudjetidan investitsiyalar Qoraqalpog‘iston  Respublikasi infratuzilmasini rivojlantirish, ijtimoiy sohani qo‘llab-quvvatlash va turmush tarzini yaxshilash maqsadlaridagi manzilli investitsiya dasturini bajarishga yo‘naltirildi.

2016 yilda davlat byudjeti mablag‘larining asosiy qismi: Nukus shahri (davlat byudjeti mablag‘i  hisobidan moliyalashtirilgan  jami investitsiyalarning 36,2 foizi), Qo‘ng‘irot  tumani (21,8 foiz), Amudaryo tumani (12,3 foiz), Xo‘jayli tumani (7,4 foiz),  Chimboy  tumani larini (4,8 foiz) rivojlantirishga yo‘naltirildi.

ASOSIY KAPITALGA INVESTITsIYaLARNING MOLIYaLAShTIRISh MANBALARI BO‘YIChA TARKIBI

2016 yilda Davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish uchun amalda 151,3 mlrd. so‘m foydalanildi, ulardan 31,5 foizini Umumta‘lim va tibbiyot muassasalarini kapital ta‘mirlash va jihozlash, rekonstruktsiya qilish fondi hisobidan (47,6 mlrd.so‘m); mos ravishda 47,5 foiz Respublika yo‘l jamg‘armasi (71,8 mlrd.so‘m), 8,8 foiz OO‘Mning material texnik bazasini rivojlantirish fondi (13,4mlrd.so‘m), 12,2  foiz  Sug‘oriladigan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash fondi (18,5 mlrd.so‘m)  hisobidan investitsiyalar o‘zlashtirildi.

Asosiy kapitalga xorijiy investitsiyalar va kreditlar

2016 yilda 1683,4  mlrd.so‘m (dollar ekvivalentida 577,6 mln. AQSh dollari) yoki o‘tgan yilga nisbatan 51,7 foiz asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi va uning jami asosiy kapitalga investitsiyalardagi ulushi 45,3 foizni tashkil etdi.

Asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlarning YaHMdagi ulushi 2016 yilda 5,3 foizni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 0,5 foiz punktga ko‘paydi.

Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar tomonidan 1630,9 mlrd.so‘m yoki jami xorijiy investitsiyalarning 96,9 foizi o‘zlashtirildi.

2016 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlarning YaHMdagi ulushi 3,7 foizni tashkil etdi.

6- diagramma

Qulay investitsiya muhitini shakllantirish va investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida olib borilgan qator islohotlar natijasida o‘zlashtirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 2016 yilda 40,3 mlrd.so‘mni (dollar ekvivalentida 13,7 mln. AQSh dollari) tashkil etib 98,7 foizga kamaydi va jami investitsiyalardagi ulushi 1,1 foizni tashkil etdi.

7- diagramma

Asosiy kapitalga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar

(mln.AQSh dollari, jamiga nisbatan foizda)

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlarining hajmi 2005 yilda 16,8 mln. AQSh dollarini yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 12,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2010yilda 21,2 mln AQSh dollari yoki 7,4 foizni, 2015 yilda 1094,9 mln AQSh dollari yoki 47,5 foizni tashkil etdi. 

2016 yilda o‘zlashtirilgan asosiy kaitalga xorijiy investitsiya va kreditlarning tarkibi quyidagi ma‘lumotlar bilan tavsiflanishi mukin:

5- jadval

2016 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida, iqtisodiyotning nodavlat sektorining to‘g‘ridan-to‘g‘ri va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlari ulushi 97,9 foizni tashkil etdi.  

Qung‘irot tumanida 95,3 foiz (jami xorijiy investitsiya va kreditlardagi ulushi),  Nukus shaxrida 0,8 foiz va Qorauzak tumanida 0,9 foiz ko‘rsatkich bilan  nisbatan katta bo‘lgan hajmdagi iqtisodiyotning nodavlat sektori xorijiy investitsiya va kreditlaridan foydalanildi.

6- jadval

ALOHIDA IQTISODIY FAOLIYaT TURLARI BO‘YIChA ASOSIY KAPITALGA XORIJIY INVESTITsIYa VA KREDITLAR HAJMI

Alohida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xorijiy investitsiya va kreditlardan foydalanishni quyidagi ma‘lumotlardan ko‘rish mumkin:

8- diagramma

Xorijiy investitsiya va kreditlarning takror ishlab chiqarish tarkibida yangi qurilish va kengaytirishga investitsiyalarning ulushi xorijiy investitsiya va kreditlarning umumiy hajmida 96,6 foizni tashkil etib, 2015 yilga nisbatan 1,3  foiz punktga oshdi.

Zamonaviy yuqori texnologik ishlab chiqarishni, transport va kommunikatsiya infratuzilmalarini o‘z vaqtida tashkil etish orqali ishlab chiqarishni rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta qurollantirishga yo‘naltirilgan faol investitsiya faoliyatini olib borish 2016 yilda kapital qo‘yilmalar hajmini 10,0 foizga tashkil etdi.

2016 yilda 1207,8 mlrd. so‘m, ulardan kichik pudrat tashkilotlari va mikrofirmalar tomonidan 594,4 mlrd. so‘m yoki 2015 yilga nisbatan 98,7 foiz qurilish ishlari bajarildi.            

Kichik pudrat tashkilotlari va mikrofirmalar tomonidan salmoqli qurilish ishlari hajmi Nukus shahrida – 337,7 mlrd. so‘m yoki 2015 yilga nisbatan 104,7 foiz, mos ravishda To‘rtko‘l tumanida – 76,4 mlrd. so‘m (130,8 foiz), Amudaryo tumanida – 35,4 mlrd. so‘m (107,4 foiz), Ellikqal’a tumanida – 35,1 mlrd. so‘m (86,1 foiz), Beruniy tumanida – 26,0 mlrd. so‘m (101,0 foiz) va Qo‘ng‘irot tumanida – 14,2 mlrd.so‘m ( 66,3 foiz) bajarildi.

9- diagramma

Jami qurilish ishlari hajmida, korxonalarning yangi qurilishi, rekonstruktsiya qilinishi, kengaytirilishi va texnik qayta qurollantirilishining ulushi 72,8 foizni, kapital, joriy ta‘mirlash va boshqa pudrat ishlarining ulushi esa 27,2 foizni tashkil etdi.

2016 yilda umumiy maydoni 651,9 ming. m.kv. (2015 yilga nisbatan 85,4 foiz), shu jumladan qishloq joylarda 235,6 ming. m.kv. (2015 yilga nisbatan 94,2 foiz) bo‘lgan 4726 ta uy yoki 4918  xonadon foydalanishga topshirildi.

Shu bilan birga, 2016 yilda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida maqbul turar joylar qurilishi Dasturi asosida umumiy maydoni 95,6 ming. m.kv. bo‘lgan 668 ta turar joy qurilishi tamomlandi.

10 -diagramma

Kommunal qurilishda  180,9  km suv tarmog‘i (qishloq  joylarda 80,4 km) va 25,6 km gaz tarmog‘i (qishloq joylarda 8,4 km) ishga tushirildi va mos ravishda

2015 yilga nisbatan 83,9 va 64,6 foizni tashkil etdi. Qishloq joylar hisobiga ishga tushirilgan suv tarmog‘ining 44,4 foizi va gaz tarmog‘ining 32,8 foizi to‘g‘ri keldi.

2016 yil uchun Investitsiya dasturi doirasida Sharqiy Berdax va Shimoliy Berdax konini o‘zlashtirish va obodonlashtirish va boshqa ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi.