Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasi

1-K shakli (aylıq) hár ay, esabat dáwirinen keyingi aydıń 2-sánesinen keshiktirmey;   elektron kóriniste tapsırıwdı umıtpań!!! 1-K shakli (месячная) не позднее 2-го числа месяца, после отчетного периода;   Пожалуйста, не забудьте предоставить отчеты в электронном виде!!!

Demografik tahlil

Qoraqalpog‘iston Respublikasining
demografik holati

I. Doimiy aholi soni.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining doimiy aholisi soni 2017 yil 1 yanvar holatiga 1817,5 ming kishini tashkil   etib, 2001 yilga nisbatan 290,5 ming kishiga, ya’ni 19,0 foizga o‘sgan (1-jadval).

1-jadval

Qoraqalpog‘iston Respublikasi doimiy aholisi soni togrisida malumot
(yil boshiga; ming kishi)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi doimiy aholisi sonining jins boyicha taqsimlanishi

                                (2017 yil 1 yanvar holatiga; foizda)                                 1-rasm

2-rasm

Qoraqalpog‘iston Respublikasi doimiy aholisi soni (yil boshiga; ming kishi)

2-rasm

Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlar boyicha doimiy aholisi soni

(2017 yil 1 yanvar holatiga; ming kishi)

Mazkur yillarda respublika aholisining joylashuvi bo‘yicha tarkibida ham sezilarli o‘zgarishlar kuzatilgan, ya’ni 2001 yilda shahar aholisining jami aholi sonidagi ulushi – 48,4 foizni tashkil etgan bo’lsa, ushbu ko’rsatkich 2005 yilda – 48,6 foizni, 2010 yilda – 49,8 foizni, 2015 yilda – 49,3 foizni, 2017 yil 1 yanvar holatiga kelib esa – 49,2 foizni tashkil etdi (2-rasm).

2-rasm

Qoraqalpogiston Respublikasi doimiy aholisining
joylashuvi bo
yicha taqsimlanishi (foizda)

Respublika aholisining 2000-2016 yillarda yosh tarkibida ham sezilarli o‘zgarishlar kuzatilgan.

Jumladan, 2000 yilda mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar (0-15 yoshdagilar) ulushi 40,1 foizni, mehnatga layoqatli yoshdagilar (erkaklar 16-59 yosh, ayollar 16-54 yosh) 53,7 foizni, mehnatga layoqatli yoshdan kattalar (erkaklar 60 yosh va undan katta, ayollar 55 yosh va undan katta) 6,2 foizni tashkil etgan.

2017 yil 1 yanvar holatiga mazkur ko‘rsatkichlar mos ravishda
31,0 foiz, 60,8 foiz va 8,2 foizni tashkil etgan (2-jadval).

2-jadval

Qoraqalpog‘iston Respublikasi doimiy aholisining
yosh tarkibi to
grisida malumot

(yil boshiga; ming kishi)

Qoraqalpogiston Respublikasi doimiy aholisining yosh boyicha tarkibi

(2017 yil 1 yanvar holatiga; foizda)

2017 yilda 2000 yilga nisbatan mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar ulushi kamayish tendentsiyasiga ega bo‘lgan bo‘lsa, mehnatga layoqatli yoshdagilar va mehnatga layoqatli yoshdan kattalar ulushi esa o‘sgan.

Respublika bo‘yicha 2000 yilda aholining o‘rtacha yoshi 23,8 yoshni tashkil etgan bo‘lsa, 2017 yilga kelib bu ko‘rsatkich 27,7 yoshni tashkil etmoqda, ya‘ni respublika aholisining o‘rtacha yoshi 3,9 yoshga keksayganligini kuzatish mumkin.

II. Aholining tabiiy harakati.

Aholining tabiiy harakati ko‘rsatkichlarida ham o‘zgarishlar kuzatilib,2000 yilda respublikada 36,4 ming nafar bola tug‘ilgan bo‘lib,1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsienti 24,0 promilleni, mazkur yilda 8,5 ming kishi vafot etgan bo‘lib, 1000 aholiga nisbatan o‘lim koeffitsienti 5,6 promilleni tashkil etgan bo‘lib, aholining tabiiy o‘sishi 27,9 ming kishiga, ya‘ni 1000 aholiga nisbatan aholining tabiiy o‘sish koeffitsienti 18,4 promilleni tashkil etgan.

Quyidagi jadvalda respublika aholisining tabiiy harakati ko‘rsatkichlari keltirilgan (3-jadval)

3-jadval

Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisining tabiiy harakati
ko
rsatkichlari togrisida malumot

(yil boshiga ming kishi)

3-rasm

Qoraqalpog‘iston Respublikasi boyicha tugilganlar soni
 (yilda; ming kishi)

4-rasm

Qoraqalpog‘iston Respublikasi boyicha olganlar soni
 
(yilda; ming kishi)

5-rasm

Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisining tabiiy o‘sishi
(yilda; ming kishi)

1. Tug‘ilganlar soni.

Respublikada 2016 yilda 39,4 ming nafar bola tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib, 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsienti 21,9 promilleni tashkil etgan.

Bundan tashqari 2000 yillarda fertil yoshdagi (15-49 yosh) 1 ayol hayoti        davomida tugqan bolalar soni, ya’ni tug`ilishning yig‘indi koeffitsienti 2,85 ni tashkil etgan bo‘lsa, keyingi yillarda pasayish tendentsiyasi kuzatildi va 2016 yilda bu ko‘rsatkich 2,37 ni tashkil etdi (6-rasm). 

6-rasm

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha
tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti

(15-49 yoshli ayollarning hayoti davomida tuqqan bolalari soni)

2. O‘lganlar soni.

Respublikada 2016 yilda 8,4 ming kishining vafot etganligi qayd etilib, 1000 aholiga nisbatan o‘lim koeffitsienti 4,7 promilleni tashkil etgan.

Respublikada 2000 yilda 8,5 ming kishi, 2005 yilda 9,2 ming kishi,
2010 yilda 8,3 ming kishi vafot etgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o‘lim koeffitsienti 5,6 promille, 5,8 promille, 5,0 promilleni tashkil etgan.

Respublikada onalar o‘limi ko‘rsatkichi ham pasayish tendentsiyasiga ega bo‘lib, 100 000 tug‘ilgan bolaga nisbatan 2000 yilda onalar o‘limi koeffitsienti
38,8 ni tashkil etgan bo‘lsa, 2005 yilda 15,4ni, 2010 yilda 26,4 ni 2015 yilda  29,0 va 2016 yilda esa 25,4 ni tashkil etdi (7-rasm)

7-rasm

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha onalar o‘limi ko‘rsatkichi
(100 000 tug‘ilgan bolaga nisbatan)

Respublikada 2016 yilda bir yoshgacha o‘lgan bolalar soni 0,5 ming nafar bolani tashkil etib, 1000 tug‘ilgan bolaga nisbatan go‘daklar (1 yoshgacha bolalar) o‘limi koeffitsienti 13,7 promilleni tashkil etgan.

Respublikada 1000 tug‘ilgan bolaga nisbatan go‘daklar (1 yoshgacha bolalar) o‘limi koeffitsienti 2000 yilda 20,5 promilleni, 2005 yilda 17,4 promilleni, 2010 yilda 11,8 promilleni tashkil etgan (8-rasm)

8-rasm

Qoraqalpog‘iston Respublikasi boyicha
go
daklar va bolalar olimi korsatkichlari

(1000 tug‘ilgan bolaga nisbatan; promille)

Respublikada 2016 yilda besh yoshgacha o‘lgan bolalar soni 0,7 ming nafarni tashkil etib, 1000 tug‘ilgan bolaga nisbatan bolalar (5 yoshgacha) o‘limi koeffitsienti 17,1 promilleni tashkil etgan.

Respublikada 1000 tug‘ilgan bolaga nisbatan bolalar (5 yoshgacha) o‘limi koeffitsienti 2000 yilda 32,4 promilleni, 2005 yilda 23,7 promilleni, 2010 yilda 16,5 promilleni tashkil etgan.

 

 

3. Tugilishda kutilgan umr davomiyligi.

Aholining yashash sifati ko‘rsatkichlaridan biri bu tug‘ilishda kutilgan umr davomiyligi hisoblanadi. Respublikada 2016 yilda mazkur ko‘rsatkich 72,7 yoshni (ayollarda – 74,8 yosh, erkaklarda – 70,7 yosh) tashkil etgan (9-rasm).

9-rasm

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha
tug‘ilishda kutilgan umr davomiyligi

(yosh)

Tug‘ilishda kutilgan umr davomiyligi ko‘rsatkichi so‘nggi yillarda o‘sish tendentsiyasiga ega bo‘lib, jumladan 2000 yilda ushbu ko‘rsatkich 68,8 yoshni tashkil etgan bo‘lsa, 2005 yilda 68,9 yoshni, 2010 yilda 70,4 yoshni tashkil etgan.

4. Tuzilgan nikohlar va nikohdan ajralishlar.

Respublika bo‘yicha 2016 yilda 12,8 mingta nikoh qayd etilgan bo‘lib, 1000 aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffitsienti 7,1 promilleni tashkil etgan (10-rasm).

10-rasm

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha
nikoh tuzish va nikohdan ajralish koeffitsientlari

(1000 aholiga nisbatan; promille)

Respublikada 2000 yillarda birinchi marta nikoh qurgan qiz bolalarning o‘rtacha yoshi 23,0 yoshni tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yilda bu ko‘rsatkich 24,0 yoshni tashkil etdi, ya’ni 1,0 yoshga ko‘paydi.

Respublikada 2000 yillarda birinchi marta nikoh qurgan o‘g‘il bolalarning o‘rtacha yoshi 25,4 yoshni tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yilda ushbu ko‘rsatkich 26,6 yoshni tashkil etdi, ya’ni 1,2 yoshga ko‘paydi (11-rasm).

11-rasm

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha
ilk bor nikoh tuzuvchilarning o‘rtacha yoshi

(yosh)

Respublika bo‘yicha 2016 yilda 1,0 mingta nikohdan ajralish qayd etilgan bo‘lib, 1000 aholiga nisbatan nikohdan ajralish koeffitsienti esa 0,6 promilleni tashkil etgan.

2000 yilda respublikada 0,6 mingta nikohdan ajralish qayd etilgan bo‘lib, 1000 aholiga nisbatan nikohdan ajralish koeffitsienti 0,4 promilleni tashkil etgan. Keyingi yillarda nikohdan ajralishlar soni kamayib borish tendentsiyasiga ega bo‘lib, 2010 yildan boshlab yana o‘sish kuzatilgan.

III. Ma’muriy hududiy birliklar.

Respublikada 2017 yil 1 yanvar holatiga 14 ta tuman, 12 ta shahar (respublika bo‘ysunuvida – 1 ta,  tumanlar bo‘ysunuvida – 11 ta), 26 ta shaharcha, 141 ta qishloq fuqarolar yig‘inlari, 1128 ta qishloq aholi punkti hamda 245 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari mavjud.

Respublika hududi 166,59 ming kv.km tashkil etib, ming kv.kmga 10,9 kishi to‘g‘ri keladi.