Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasi

1-K shakli (aylıq) hár ay, esabat dáwirinen keyingi aydıń 2-sánesinen keshiktirmey;   elektron kóriniste tapsırıwdı umıtpań!!! 1-K shakli (месячная) не позднее 2-го числа месяца, после отчетного периода;   Пожалуйста, не забудьте предоставить отчеты в электронном виде!!!

Ichki savdo statistikasi

IChKI SAVDO STATISTIKASI

Chakana savdo

Tahlillarga ko‘ra, aholi turmush darajasining oshib borishi chakana savdo tovar aylanmasiga ta‘sirini ko‘rsatayotganligi kuzatilmoqda.

Xususan, tovar aylanmasi  2005 yilga nisbatan 6,0 marotaba, 2010 yilga nisbatan esa 2,4 marotabaga oshib, 2016 yil yakuni bilan 2950,4 mlrd.so‘mni,  2015 yilga nisbatan 14,1 foizni tashkil etdi.

Bundan tashqari, bugungi kunda 8,0 mingdan ziyod chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik korxonalar mavjud bo‘lib, tovar aylanmasi hajmi 207 ta korxonada 1 mlrd,so‘mdan ko‘proqni tashkil etmoqda.

                                                                        1-rasm         

Chakana savdo tovar aylanmasida oziq-ovqat tovarlarining ulushi 56,2 foizni, nooziq ovqat tovarlari ulushi esa 43,8 foizni tashkil etgan. 2000 yilda bu ko‘rsatkich mos ravishda 64,0 va 36,0 foizni tashkil etgan.

Oziq-ovqat tovarlarining ulushi 2016 yilda 2000 yilga nisbatan 12 foizga kamaygan, mos ravishda nooziq-ovqat tovarlari ulushi ko‘tarilgan.

Natijada, oziq-ovqat tovarlari xajmi 2000 yilga nisbatan 7,7 marotabaga, nooziq ovqat tovarlari esa 8,2 marotabaga oshgan.

2-rasm

                                   

Nooziq-ovqat tovarlari aylanmasining o‘sishiga asosan avtomobil, tamaki mahsulotlari, benzin va siqilgan gaz mahsulotlariga bo‘lgan talabning oshishi o‘z ta‘sirini ko‘rsatganligi kuzatilmoqda.

Chakana tovar aylanmasining oshishida Nukus shahar (jamidagi ulushi            29,0 foiz), Xujayli (11,8 foiz), Beruniy (10,2 foiz) va To‘rtkul (9,4 foiz) tumanlari ulushi yuqori bo‘lgani holda, Mo‘ynoq (0,7 foiz), Nukus tumani (1,8 foiz), Qorauzyak, Shumanay (2,2 foiz) va Taxtako‘pir (2,7 foiz) tumanlari eng kam natijani qayd etdilar.

3-rasm

Chakana savdo tovar aylanmasining hududlardagi ulushi, foizda

Shuningdek, o‘sish sur‘atining yuqoriligiga go‘sht, parranda go‘shtini qo‘shgan holda va go‘sht mahsulotlari (8,3 foiz umumiy chakana savdo tovar aylanmasi hajmidan), farmatsevtika tovarlari (5,6 foiz), un mahsulotlari                   (4,3 foiz), alkogol mahsulotlari (4,3 foiz), avtomobillar (3,3 foiz), siqilgan tabiiy gaz (3,3 foiz), avtomobil benzini (2,6 foiz), meva, sabzavotlar (2,1 foiz), qayta ishlangan meva va poliz mahsulotlari (1,5 foiz)  sotilishi ta‘sir qilgan.

Shu bilan birga, yirik korxonalarda ham chakana savdo tovar aylanmasining 2015 yilga nisbatan 18,8 foizga pasayganligi kuzatilmoqda.

2000 yilda ularning jamidagi ulushi 25,4 foizni, 2005 yilda 11,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yilga kelib bu ko‘rsatkich 10,4 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, kichik tadbirkorlikning jadal rivojlanishi sohada asosiy tayanchga aylanmoqda.

Jumladan, kichik tadbirkorlikning chakana savdo tovar aylanmasi  hajmi    2005 yilga nistatan 16,0 marotaba, 2010 yilga nisbatan esa 4,2 marotabaga oshib, 2016 yil yakuni bilan 78935,6 mlrd.so‘mni, ya‘ni 2015 yilga nisbatan 27,4 foizni tashkil etgan.

Shuningdek, kichik tadbirkorlikning chakana savdo aylanmasidagi ulushi 2000 yildagi 42,5 foizdan, 2005 yilda 88,2 foizga, 2010 yilda 85,1 foizga,               2015 yilda 87,1 foizga va 2016 yilda 89,6 foizga yetdi.

4-rasm

Kichik tadbirkorlikning  ulushi

2016 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi jon boshiga chakana tovar aylanmasi hisobi 1635,2 ming so‘mni yoki 2015 yilga nisbatan 12,4 foizni tashkil etgan. 2000 yilga nisbatan aholi jon boshiga chakana tovar aylanmasi 4,8 marotabaga, 2005 yildan 16,4 marotabaga, 2010 yildan 2,0 marotabaga oshgan.

2016 yil aholi jon boshiga chakana tovar aylanmasi tarkibida oziq ovqat tovarlari ulushi 48,5 foizni, nooziq ovqat tovarlari ulushi esa 51,5 foizni                 (2000 yilda oziq ovqat tovarlari – 60,5 va nooziq ovqat tovarlari – 39,5 foiz bo‘lgan) tashkil etgan.

2016 yil aholi jon boshiga chakana tovar aylanmasi hisobida eng yuqori ko‘rsatkich Nukus shahri (2797,9 ming so‘m yoki o‘tgan yilga nisbatan 12,1 foiz) eng past ko‘rsatkich Muynoq tumanida (711,6 ming so‘m yoki 11,2 foiz) hissasiga to‘g‘ri keladi.

5- rasm

Tahlillarga ko‘ra 2000 yildan 2016 yil yakuniga qadar qariyib 7545 ta savdo ob‘ektlari ishga tushirildi. Savdo ob‘ektlari umumiy sonidan 954ga yaqini               (12,6 foizi) qishloq joylarida faoliyat ko‘rsatmoqda.

 Savdo ob‘ektlari eng ko‘p joylashgan hudud Nukus shahri (631 ta), eng kam joylashgan hudud Muynoq tumani (19 ta) hisoblanadi.

Shuningdek, 571 dan ziyod ovqatlanish tashkilotlari mavjud bo‘lib, ulardan qariyib 47 tasi qishloq joylarda faoliyat yuritadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida ovqatlanish tashkilotlari tovar aylanmasining 81,0 mlrd, so‘mdan (2015 yilga nisbatan 37,6 foizga) oshganligini kuzatish mumkin. Ovqatlanish tashkilotlari aylanmasining ulushi umumiy chakana savdo tovar aylanmasi hajmida 2,7 foizni tashkil etgan.

Hisob kitoblarga ko‘ra 2000 yilga nisbatan ovqatlanish tashkilotlari aylanmasi 4,2 marotabaga oshganligini ko‘rish mumkin.

2016 yilda ovqatlanish tashkilotlari tovar aylanmasi tarkibida nodavlat mulkining ulushi 99,7 foizni tashkil etib, bu ko‘rsatkichni 2000 yildagidan                 5,0 martaga oshgan.

1-jadval

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2000-2016 yillarda ovqatlanish korxonalari tovar aylanmasi

Ulgurji savdo

2016 yilda ulgurji savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar soni 316 tani tashkil etdi. 99 ta tashkilotlarda 1 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan tovar aylanmasi qayd etildi.

Respublika bo‘yicha ulgurji savdo tovar aylanmasi 788, mlrd. so‘mdan oshib, 2015 yilga nisbatan 9,1 foizga o‘sganligi kuzatildi.

Yirik korxonalarning ulgurji tovar aylanmasidagi ulushi 47,6 foizni, kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 52,4 foizni tashkil etdi.

Ulgurji savdo tovar aylanmasi tarkibida oziq-ovqat tovarlari 28,2 foizni (222,2 mlrd.so‘m), nooziq-ovqat tovarlari 71,8 foizni (566,2 mlrd.so‘m) tashkil etdi.

 6-rasm

Ulgurji savdoning tovar aylanmasi, foizda

Ulgurji savdo tovar aylanmasining oshishida Nukus shahri (jamidagi ulushi 39,6 foiz), Xujayli (16,4 foiz) va Ellikqala (12,5 foiz) tumanlari ulushi yuqori bo‘lgani holda, Shumanay (0,7 foiz), Qorauzyak (0,8 foiz), Taxtako‘pir                      (1,0 foiz) tumanlari va Kegeyli tumani (1,2 foiz) eng kam natijani qayd etdilar.

7-rasm

Ulgurji savdo tovar aylanmasining hududlardagi ulushi, foizda