Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasi

1-K shakli (aylıq) hár ay, esabat dáwirinen keyingi aydıń 2-sánesinen keshiktirmey;   elektron kóriniste tapsırıwdı umıtpań!!! 1-K shakli (месячная) не позднее 2-го числа месяца, после отчетного периода;   Пожалуйста, не забудьте предоставить отчеты в электронном виде!!!

Korxonalar demografiyasi

Korxonalar va tashkilotlarning demografiyasi

1.Ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar holati.

Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sharoitida olib borilgan islohotlar natijasida, 2017 yil 1 yanvar holatiga, respublika bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) 13,7 mingni tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 0,9 foizga oshganligini ko‘rsatdi. Ushbu korxonalarning asosiy qismi, 4,6 mingtasi Nukus shahriga, 1,4 mingtasi To‘rtko‘l, 1,2 mingtasi Beruniy, 1,0 mingtasi Xo‘jayli, 912 tasi Amudaryo, 860 tasi Ellikqal’a. 790 tasi Qo‘ng‘irot, 583 tasi Chimboy , 478 tasi Kegeyli, 429 tasi Nukus tumaniga, 401 tasi Qorao‘zak, 359 tasi Qonliko‘l, 297 tasi Shumanay, 246 tasi Taxtako‘pir, 170 tasi Mo‘ynoq tumanlariga to‘g‘ri keladi.

1-rasm.

Ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar va tashkilotlar soni dinamikasi

2. Faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar faolligi.

Shu bilan birga, 2017 yil 1 yanvar holatiga kelib, respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) 12,9 mingdan ortdi.

Mazkur ko‘rsatkich respublika bo‘yicha 2006 yilga nisbatan 1,7 marta,  Qorao‘zak tumanida 2,7 marta,  Amudaryo, Ellikqal’a tumanlarida 2,6 marta, To‘rtko‘l tumanida 2,5 marta, Qo‘ng‘irot, Shumanay va Nukus tumanlarida 2,3 marta, Beruniy tumanida 2,2  marta, Kegeyli tumanida 1,9 marta, Qonliko‘l tumanida 1,8 marta, Mo‘ynoq tumanida 1,7 marta, Chimboy tumanida 1,6 marta,Taxtako‘pir tumanida 1,4 marta, Xo‘jayli tumanida 1,1  va Nukus shahrida  esa 1,4 martaga o‘sgan.

2- rasm.

2017  yil 1 yanvar holatiga
Faoliyat ko'rsatayotgan yuridik shaxslar sonining o'sish sur'ati

2006 yilga nisbatan o'sishi, marta

Iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha solishtirilganda, sanoat tarmog‘ida - 1,4 marta,  qurilish tarmog‘ida - 1,2 marta, transport va aloqa sohasida esa - 3,9 marta ortganligini ko‘rish mumkin.

Shuningdek, hududlar kesimida esa, faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning asosiy qismi, ya’ni 33,1 foizi Nukus shahriga, 9,6 foizi To‘rtko‘l, 9,2 foizi Beruniy, 7,1 foizi Xo‘jayli, 6,9 foizi Amudaryo, 6,6 foizi Ellikqal’a, 5,7 foizi Qo‘ng‘irot, 4,2 foizi Chimboy, 3,6 foizi Kegeyli, 3,2 foizi Nukus, 3,0 foizi Qorao‘zak, 2,6 foizi Qonliko‘l, 2,1 foizi Shumanay, 1,8 foizi Taxtako‘pir va 1,2 foizi Mo‘ynoq tumaniga to‘g‘ri keladi.

1- jadval

 

Faoliyat  ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar demografiyasi

(fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari)

Iqtisodiyot tarmoqlari kesimida 2017 yil 1 yanvar holatiga respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan 12,9 mingta yuridik shaxsning (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) 1,2 mingtasi sanoat, 1,3 mingtasi qurilish, 1,5 mingtasi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, 2,8 mingtasi savdo, 755 tasi tashish va saqlash, 743 tasi yashash va ovqatlanish xizmatlari, 323  tasi axborot va aloqa, 280 tasi ko‘chmas mulk bilan operatsiyalar, 606 tasi professional, ilmiy va texnik faoliyat, 1,3 mingtasi ta’lim, 397 tasi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda 1,9 mingtasi boshqa faoliyat turlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

3-rasm.

2017 yil 1 yanvar holatiga respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan yirik tijorat korxonalari soni (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) 99 tani tashkil etdi.

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida mazkur korxonalar va tashkilotlarning 4 tasi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, 27 tasi sanoat, 24 tasi qurilish, 31 tasi savdo, 4 tasi tashish va saqlash, hamda 9 tasi boshqa faoliyat turlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

4-rasm.

Kichik tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli bo‘lgan tashkilotlar tasniflagichining takomillashtirilishi natijasida, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik tijorat tashkilotlar soni dinamikasi 2011 yilga nisbatan barqaror pasayish tendentsiyasiga ega bo‘ldi.

5-rasm.

2017 yil 1 yanvar holatiga respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan xorij kapitali ishtirokidagi korxonalarning umumiy soni 67 tani tashkil etadi. Ushbu sub’ektlardan 17 tasi Xitoy Xalq Respublikasi, 12 tasi Rossiya Federatsiyasi, 9 tasi Koreya Respublikasi, 7 tasi Buyuk Britaniya, 5 tasi Qozog‘iston Respublikasi, Turkiya, Eron Islom Respublikasi, Shveytsariya, Beliz, Ozarbayjon Respublikasida 2 tadan va Avstriya, Germaniya, Latviya,  AQSh, Bangladesh, Norvegiya, Vetnam, Xindiston,  BAA, Turkmaniston Respublikalaridan 1 tadan rezidentlari kapitali ishtirokida tashkil etilgan.

 

3. Oilaviy tadbirkorlikning rivojlanishi

Mamlakatimizda  “Oilaviy tadbirkorlik  to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi, tadbirkorlikning rivojlanishida yangi tashkiliy-huquqiy shaklni kirib kelishiga zamin yaratdi. Yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan oilaviy korxonalar soni - 2013 yilning 1 yanvar holatiga 26 tani tashkil etib, 2014 yilda  191 ta, 2015 yilda 294 ta, 2016 yilda 384 ta, 2017 yilda esa 445 taga yetdi. Bu esa, faqatgina so‘nggi yilda ularning 15,9 foizga o‘sganligini ko‘rsatdi.

6-rasm.

Oilaviy korxonalarning asosiy qismi, ya’ni 86 tasi Nukus shahri, 113 tasi Amudaryo, 53 tasi To‘rtko‘l,  49 tasi Xo‘jayli, 36 tasi Ellikqal’a, 32 tasi Beruniy, 25 tasi  Qo‘ng‘irot, 11 tasi Taxtako‘pir va Chimboy tumanlariga, 10 tasi Qonliko‘l, 9 tasi  Nukus tumaniga,  4 tasi Mo‘ynoq, 3 tasi Kegeyli, 2 tasi Shumanay hamda 1 tasi Qorao‘zak tumanlariga to‘g‘ri keladi.