Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasi

1-K shakli (aylıq) hár ay, esabat dáwirinen keyingi aydıń 2-sánesinen keshiktirmey;   elektron kóriniste tapsırıwdı umıtpań!!! 1-K shakli (месячная) не позднее 2-го числа месяца, после отчетного периода;   Пожалуйста, не забудьте предоставить отчеты в электронном виде!!!

Makroiqtisodiy tahlil

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha (2000-2016 yillar)  makroiqtisodiy

ko‘rsatkichlar tahlili

 1. Yalpi hududiy mahsulotni ishlab chiqarish

2016 yil yakunlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YaHM) hajmi joriy narxlarda 6 518,0 mlrd. So‘mni tashkil qildi va o‘tgan yilga nisbatan 18,7 foizga o‘sdi. YaHM ning 2000-2016 yillarda o‘rtacha yillik o‘sish surati 7,1 foizni tashkil qildi. (1 rasm).

1 rasm. 2000-2016 yillar uchun YaHMning o‘zgarish dinamikasi.

Respublikamizda olib borilayotgan dasturlar va loyihalarning samarasi natijasi shuning bilan birga olib borilgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish natijasida respublika iqtisodiyoti oxirgi yillarda yuqori va barqaror o‘sish suratlarini namoyish qila boshladi.

Oxirgi 7 yilda (2010-2016yillar) YaHM 2,2 barobarga yaqin o‘sdi.

3 rasm. So‘nggi  7 yillikda (2010-2016 yillar) YaHM va  tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan qiymatning o‘sish suratlari 2009y. = 100%.

İqtisodiy o‘sishning asosiy omillari va manbalari tahlili shuni ko‘rsatadiki, oxirgi 7 yil davomida  iqtisodiyotning  yuqori o‘sish sur’atlari qishloq xo‘jaligida 1,6 marta (2010-2016 yillar uchun o‘rtacha yillik o‘sish – 6,8%), sanoatda – 2,8 barobar (17,3%), qurilishda – 3,3 barobar (19,7%), xizmatlar sohasida – 2,0 barobar (10,1%) o‘sganligi hisobiga ta’minlangan.

4 rasm. Aholi jon boshiga YaHMni o‘zgarishi dinamikasi, foizda.

İqtisodiyotning barqaror o‘sish sur’atlari saqlanib turgan bir sharoitda aholining real daromadlari ham mos ravishda o‘sib borayotganini kuzatishimiz mumkin.

2016 yil yakunlari  bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlarida kuzatilgan o‘sish sur’atlari yalpi hududiy mahsulotning (YaHM) barqaror  o‘sishida asosiy omil bo‘lib xizmat qildi. Jumladan, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi tarmog‘ining o‘sish sur’ati 107,9 foiz, (YaHM tarkibidagi ulushi
– 14,8 foiz), sanoat – 169,0 foiz (25,7 foiz), qurilish – 100,1 foiz
(9,3 foiz), savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 110,1 foiz
(8,3 foiz), tashish va saqlash, axborot va aloqa – 108,4 foiz (8,4 foiz)
va xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tarmoqlar – 107,8 foiz (33,5 foiz) ni tashkil qildi.

Qulay ishblarmonlik muhitini yaratish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlari natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2010      -2016 yillar uchun o‘rtacha 11-12 foiz darajasidagi yuqori va barqaror o‘sish suratlarini namoyish qila boshladi.

5 rasm. YaHM tarkibining o‘zgarish dinamikasi, %.

Tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va xizmatlar sohasining rivojlantirish mamlakat iqtisodiyotida bandlik va aholi daromadlari o‘sishining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Mazkur sohalarning rivojlanish salohiyatini yanada kengaytirilishi natijasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini isloh qilish bo‘yicha chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishi mazkur tarmoqlar qisqa muddat ichida iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan sektoriga aylanib YaHM tarkibida umumiy hajmining o‘sishi qishloq xo‘jaligi ulushining yildan yilga bosqichma-bosqich kamayishga olib keldi. Shu bilan birga, YaHM tarkibida qishloq xo‘jaligi ulushining kamayishi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ijobiy o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari fonida sodir bo‘ldi.

İqtisodiy islohotlarning ilk davrlaridayoq kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bilan birgalikda ob’ektlarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish ko‘p tarmoqli iqtisodiyotni shakllantirishdagi asosiy omil hisoblangan.

Kichik tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotining 2000-2016 yillardagi rivojlanishining eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Uning asosiy rivojlanish ko‘rsatkichlari quyidagicha:

6 rasm. 2000-2016 yillarda  kichik  biznes ulushining  o‘zgarish dinamikasi (YaHM ga nisbatan foizda)

İshbilarmonlik muhitini isloh qilish bo‘yicha chora-tadbirlarning qabul qilinishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab quvvatlash va yanada rag‘batlantirish natijasida uning YaHM dagi ulushi 2000 yildagi 26,9 foizdan 2016 yilda 57,0 foizgacha oshdi

7 rasm. Hududning Respublika YaİM tidagi ulushi, foiz da

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida maqsadli dasturlarning amalga oshirilishi va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish shuningdek, xizmatlar sohasining jadal rivojlanishi natijasida Respublika bo‘yicha YaİMni shakllantirishda 2010 - 2016 yillarda Qoraqalpog‘iston  Respublikasining ulushi 2,9 foizdan 3,3 foizga etganligini kuzatish mumkin.