Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasi

1-K shakli (aylıq) hár ay, esabat dáwirinen keyingi aydıń 2-sánesinen keshiktirmey;   elektron kóriniste tapsırıwdı umıtpań!!! 1-K shakli (месячная) не позднее 2-го числа месяца, после отчетного периода;   Пожалуйста, не забудьте предоставить отчеты в электронном виде!!!

Qishloq xo`jaligi ko`rsatkichlari

Qishloq xo`jaligi yalpi mahsuloti – hisobot davrida qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi sub`ektlar tomonidan ishlab chiqarilgan dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari hajmlarining qiymatini belgilab, ishlab chiqarishning umumiy hajmini ifodalaydi.

Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini isloh qilishni diversifikatsiyalash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, zamonaviy yuqori samarali texnologiyalarni joriy etish hamda xo`jaliklarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo`yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida, qishloq xo`jaligi yalpi mahsuloti hajmi 2016 yilda 1337,3 mlrd. so`mni tashkil etib, 2011 yilga nisbatan 2,3 martaga o`sishini ta`minladi. Shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari hajmi 691,9 mlrd. so`mni (2,4m.), chorvachilik mahsulotlari hajmi 645,4 mlrd. so`mni (2,2m.) tashkil etdi. 2011-2016 yillar davomida jami qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi barqaror sur`atlarda o`sib bordi, bunda o`sish sur`ati yiliga 7-13 foizni tashkil etdi (1-rasm).

Qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni xo`jaliklar toifalari kesimida tahlil etilganda, yildan-yilga fermer xo`jaliklarining ulushi oshib borayotganligi, o`z navbatida qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar ulushi esa kamayib borayotganligi kuzatilmoqda. Respublikamizda faoliyat yuritib kelayotgan past rentabelli qishloq xo`jaligi tashkilotlari yer maydonlarini qisqartirilib, ular negizida mustahkam moddiy texnika bazasiga ega bo`lgan ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklarining tashkil etilishi, jami qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotida fermer xo`jaliklari ulushining 2011 yildagi 37,4 foizdan 2016 yilda 34,3 foizgacha kamayishida hamda qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar ulushini esa 2011 yildagi 1,5 foizdan 2016 yilda 2,3 foizgacha ko`payishida o`z ifodasini topdi

Shuningdek, 2016 yilda qishloq xo`jaligi yalpi mahsuloti tarkibida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 2011 yildagi 49,0 foizdan 51,7 fozgacha ko`paydi va shu davr mobaynida mos ravishda chorvachilik mahsulotlarining ulushi 51,0 foizdan 48,3 foizgacha kamaydi

Qishloq xo`jaligi ekinlari maydonlari asosiy, takroriy, oraliq, qator oralig`i ekinlari bo`yicha alohida hisobga olinadi. (2-rasm)

2011-2016 yillarda jami qishloq xo`jaligi ekinlari maydoni, (ming gektar).

2011-2016 yillar davomida qishloq xo`jaligi ekinlari maydonlarining tarkibiy tuzilmasini maqbullashtirish bo`yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida, 2016 yilda 2011 yilga nisbatan asosiy maydonga ekilgan jami don ekinlari maydonlari 33.5 ming gektarga, sabzavotlar – 3,7 ming gektarga, poliz ekinlari – 3,7 ming gektarga, mevali bog`lar – 0,3 ming gektarga, tokzorlar – 0,3 ming gektarga ko`payib, ular hisobiga kartoshka – 0,3 ming gektarga, texnik ekinlar – 4,2 ming gektarga, ozuqa ekinlari –5,2 ming gektarga kamaydi.

 Qishloq xo`jalik ekinlarining hosildorligi – ekin maydonlari birligidan (sotok, gektar) olingan o`rtacha hosil. Qishloq xo`jaligi ekinlarining o`rtacha hosildorligi, asosiy maydondan (oraliq, takroriy, qator oralig`i ekinlarisiz) yig`ib olingan yalpi hosilni yig`ib olingan maydonga bo`lish yo`li bilan aniqlanadi.

Asosiy turdagi qishloq xo`jaligi ekinlarining hosildorligi, (ts/ga)

2011 

2012 

2013 

2014 

2015 

2016   

Don va dukkakli don ekinlari, jami

26.5

24.2

26.4

25.1

24.0

25.9

Paxta

20.6

22.8

22.1

21.5

20.4

21.8

Kartoshka

72.9

68.2

80.0

88.9

89.7

92.7

Sabzavotlar, jami

150.1

156.1

174.8

183.4

190.8

190.7

Oziqbop poliz

111.3

109.7

107.8

111.4

119.6

118.6

Meva va rezavorlar

63.6

67.9

78.5

82.8

93.5

94.2

Uzum

80.8

84.6

93.9

99.2

99.7

100.1

Respublika aholisini qishloq xo`jaligi mahsulotlari bilan ta`minlash darajasining oshirilishiga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, 2016 yilda 2011 yilga nisbatan aholi jon boshiga don ishlab chiqarishni 44,6 kg.ga, kartoshkani 9,6 kg.ga, poliz mahsulotlarini 25,4 kg.ga, mevalarni 8 kg.ga, uzumni 1,1 kg.ga, go`shtni 14,3 kg.ga, sutni 72,6 kg.ga, tuxumni 96,2 donaga ko`payishiga olib keldi (3-rasm)

Chorva mollari va parrandalar bosh soni –2017 yil 1 yanvar holatiga, respublikaning barcha toifadagi xo`jaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 1009,3 ming boshni (2012 yil 1 yanvar holatidagi umumiy bosh soniga nisbatan 1,3 marta ko`p), shu jumladan sigirlar – 293,6 ming boshni (114,0 foiz), qo`y va echkilar – 937,7 ming boshni (1,2m.), cho`chqalar – 1,8 ming boshni (55,6 foiz), otlar – 20,5 ming boshni (108,0 foiz), tuyalar – 4,8 ming boshni (87,6 foiz), parrandalar – 3285,3 ming boshni (1,9 m.), asalari oilalari – 21 mingtani (1,7m.) tashkil etdi (11-rasm).

2016 yilda tirik vaznda 73,7 ming tonna go`sht ishlab chiqarildi va 2011 yilga nisbatan 1,5 martaga o`sish ta`minlandi. Shuningdek, 347,0 ming tonna sut (1,7m.), 236,0 mln.dona tuxum (4,0m.), 1241 tonna jun (1,3m.), 81,0 ming dona qorako`l teri (104,6 foiz), 472 tonna asal (3,8m.), 852,6 tonna pilla (104,6 foiz) ishlab chiqarildi (4-rasm)

2017 yil 1 yanvar holatiga, faoliyat yuritayotgan fermer xo`jaliklarining soni 5482 tani tashkil etib, ularga biriktirilgan umumiy yer maydoni 528,3 ming gektarga teng bo`ldi va bitta fermer xo`jaligiga o`rtacha 96,4 gektar yer maydoni to`g`ri keldi (13 va 14-rasmlar).

2011-2016 yillarda, fermer xo`jaliklarining barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan ulushi, don ekinlari maydonlari bo`yicha 78,3 foizdan 84,4 foizgacha, g`o`za 99,2 foizdan 99,6 foizgacha, tokzorlar 14,6 foizdan 19,2 foizgacha ko`paydi,  kartoshka 39,1 foizdan 38,8 foizga, sabzavotlar 41,9 foizdan 36,4 foizga, poliz 53,2 foizdan 49,0 foizga, mevalar 45,3 foizdan 35,8 foizga kamaydi.

Tahlil natijalari, fermer xo`jaliklarida paxtachilik, donchilik, meva-sabzavotchilik va dehqonchilikning boshqa sohalarining yuqori sur`atlarda rivojlanayotganligidan dalolat beradi.

Shuningdek, 2011-2016 yillarda fermer xo`jaliklarida ishlab chiqarilgan don ekinlarining barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan ulushi 69,2 foizdan 73,7 foizgacha, paxta xom-ashyosi 99,4 foizdan 99.7 foizgacha ko`paydi, kartoshka 35.9 foizdan 25.7 foizga, sabzavotlar 43.8 foizdan 33.9 foizga, poliz 49.9 foizdan 47.8 foizga, mevalar 47.6 foizdan 28.8 foizga, uzum 11.3 foizdan 9.7 foizga kamaydi.

Dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklarining qishloq xo`jaligi faoliyati to`g`risida

2016 yilda dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklari soni 236.2 mingtaga yetib, 2011 yilga nisbatan o`sish 103.2 foizni va 2015 yilga nisbatan 100,7 foizni tashkil etdi . 2012 yil 1 yanvar holatiga, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklarining barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan ulushi, yirik shoxli qoramollar bo`yicha 93.3 foizni, 2017 yil 1 yanvar holatiga 95.3 foizni tashkil etdi. Tahlil qilinayotgan davrlarda, yuqoridagi ulushlarning o`sishi quyidagi turlar bo`yicha ham kuzatildi: sigirlar 92.7 foizdan 94.8 foizgacha, qo`y va echkilar 77.7 foizdan 88.4 foizgacha, cho`chqalar 99.2 foizdan 100.0 foizgacha, otlar 80.4 foizdan 87.3 foizgacha, tuyalar 78.3 foizdan 87.8 foizgacha o`sishdi, asalari oilalari 68.6 foizdan 64.0 foizga kamaydi. (5-rasm)

Qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar faoliyati to`g`risida

2011-2016 yillarda, qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning barcha toifadagi xo`jaliklardagi ulushi, don ekinlari maydonlari bo`yicha 2.0 foizdan 3.1 foizgacha, kartoshka 0.4 foizdan 1.3 foizgacha, sabzavotlar 1.8 foizdan 3.9 foizgacha, poliz 1.6 foizdan 2,3 foizgacha, mevalar 19.8 foizdan 20.8 foizgacha, tokzorlar 5.5 foizdan 13.5 foizgacha ko`paydi, g`o`za 0.8 foizdan 0.4 foizga, kamaydi.

Tahlil etilayotgan davrlarda, qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan ulushi, yirik shoxli qoramollar bosh soni bo`yicha 2.6 foizdan 1.5 foizgacha, sigirlar 2.5 foizdan 1.4 foizgacha, qo`y va echkilar 18.4 foizdan 8,1 foizgacha, cho`chqalar 0.8 foizdan 0 foizgacha, otlar 10.3 foizdan 5.2 foizgacha, tuyalar 15.2 foizdan 8,8 foizgacha, parrandalar 11.7 foizdan 2.7 foizgacha kamaydi, asalari oilalari 5.1 foizdan 7.2 foizga ko`paydi.

Mustaqillik yillarida respublikada qishloq xo`jaligi sohasiga bozor tamoyillarini joriy qilish va mulkchilik shakllarini to`liq o`zgartirish bilan tub islohotlar o`tkazildi, natijada xo`jalik yuritishning yangi shakllari paydo bo`lib, ular qishloq xo`jaligi iqtisodiyotining rivojlanishida o`z aksini topdi.

Paxta monokulturasidan chekinish, oziq-ovqat mahsulotlari, birinchi navbatda don mahsulotlari bilan o`zini-o`zi ta`minlash hamda oziq-ovqat mustaqilligiga erishish, qishloq xo`jaligini rivojlantirish strategiyasining asosiy tamoyillari bo`lib hisoblanadi.

Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va oziq-ovqat mustaqilligini ta`minlash bo`yicha qishloq xo`jaligini strategik rivojlantirish doirasida o`tkazilgan kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida, so`nggi yillarda sohada yuqori sur`atlarga erishildi.

Yuqori sur`atlarda o`sib borayotgan mamlakat aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlash maqsadida, oziq-ovqat ekinlari maydonlarining kengaytirilishi hisobiga g`o`za ekin maydonlari qisqartirildi. Ozuqa ekinlari maydonlarining qisqartirilishi, chorva mollari va parrandalarni mustahkam ozuqa bazasi bilan ta`minlash yaxshi yo`lga qo`yilgan takroriy, oraliq, qator oralig`i ekinlarini ekish hisobidan qoplanayotganligi bilan izohlanadi.Respublikada ekin maydonlari tarkibiy tuzilmasini oziq-ovqat ekinlari maydonlarini kengaytirish hisobiga bosqichma-bosqich maqbullashtirish bo`yicha aniq maqsadli yo`naltirilgan chora-tadbirlar ko`rilmoqda, shuningdek dehqon (shaxsiy yordamchi) va fermer xo`jaliklarida chorva mollari va parrandalar bosh sonini ko`paytirishni rag`batlantirish bo`yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tahlillar natijalari, fermer xo`jaliklarida asosan paxtachilik, donchilik, meva-sabzavotchilik va dehqonchilikning boshqa yo`nalishlari, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklarida esa chorvachilikning yuqori sur`atlarda rivojlanayotganligidan dalolat bermoqda.

Respublika aholisini dehqonchilik mahsulotlari bilan ta`minlash asosan fermer xo`jaliklari tomonidan, chorvachilik mahsulotlari bilan ta`minlash esa dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklari tomonidan amalga oshirilayotganligi kuzatilmoqda.