Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasi

1-K shakli (aylıq) hár ay, esabat dáwirinen keyingi aydıń 2-sánesinen keshiktirmey;   elektron kóriniste tapsırıwdı umıtpań!!! 1-K shakli (месячная) не позднее 2-го числа месяца, после отчетного периода;   Пожалуйста, не забудьте предоставить отчеты в электронном виде!!!

Sanoat ishlab chiqarish

Qoraqalpog‘iston Respublikasida sanoat ishlab chiqarish ahvolining tahlili

1.Sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishi – iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgartirishlar dasturlarining amalga oshirilishi natijasidir.

Sanoat tarmoqlarini isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalash dasturlarining amalga oshirilishi, moddiy-texnika bazasini mustahkamlanishi, respublika sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishiga zamin yaratdi.

1995 yilda sanoat ishlab chiqarishning hajmi  1990 yilga nisbatan
9,2 foizga kamayganiga qaramay, 2005 yildan boshlab (1990 yilga nisbatan) o‘sish 21,2 foizga, 2010 yilda –  81,8 foizga va 2016 yilda 5,3 m. oshganini ko‘rsatmoqda.

1-rasm

Sanoat ishlab chiqarishning o‘sish suratlari dinamikasi

Sanoatning etakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash,
xom-ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, jahon bozorida yuqori raqobatbardosh bo‘lgan ishlab chiqarishlarni manzilli qo‘llab-quvvatlanishi, ishlab chiqarishlar tarkibida qayta ishlash sanoatining ulushini oshishiga ko‘maklashdi.

Agar 2010 yilda, sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida qayta ishlash sanoatining ulushi 63,0% bo‘lgan bo‘lsa, 2016 yilga kelib esa 84,7% ga o‘sdi.

 

2-rasm

Faoliyat turlari bo‘yicha sanoat tuzilmasi, foiz hisobida

Sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida yuqori qo‘shimcha qiymat bilan mahsulot ishlab chiqarish hajmi quyidagi sohalarda o‘sdi: tekstil, kimyo, tayyor metall buyumlarni ishlab chiqarish va boshqa sohalarda.

Faqat 2016 yilning o‘zida, o‘tgan yilga nisbatan mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘sishi, qayta ishlash sanoatida – 87,8 %ni, shu jumladan, kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlar – 5,6 m., oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar, tamaki mahsulotlari – 2,7%ni, to‘qimachilik mahsulotlari, kiyim-kechaklar, charm mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha –6,9% ni tashkil etdi. Bundan tashqari gazni kazib olish bilan shugillanuvchi karxonalarda-16,7% o‘sish kuzatildi

Shu bilan birga, 2016 yilda 2015 yilga nisbatan nometall mineral mahsulotlarni ishlab chiqarish korxonalarida (88,8%), kompyuter, elektron va optik mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalarida (44,8%), asbob-uskunalarni tamirlash va o‘rnatish korxonalarida(75,3%)  ishlab chiqarish hajmlari pasaygan.

                   1-jadval                                                                                                                                                        

İqtisodiyot faoliyat turlari bo‘yicha sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, foizda

3-rasm  

İstemol tovarlari ishlab chiqarishining  o‘sish sur’atlari dinamikasi, o‘tgan yilga nisbatan foiz hisobida  

2010 yilga nisbatan istemol tovarlari tuzilmasida oziq-ovqat mollari ishlab chiqarish ulushining o‘sishi 70,4% dan 2016 yilda 74,2% gacha etgani kuzatilmoqda.

4-rasm     

İste’mol tovarlari ishlab chiqarishining tuzilmasi, foizda

5-rasm

İste’mol tovarlari ishlab chiqarishining o‘zgarishi dinamikasi, o‘tgan yilga nisbatan  foizda

2. Sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tasiri.

Xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini har taraflama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishda kichik biznes subektlari hissasining o‘sishida namoyon bo‘ldi. Agar 2005 yilda sanoat umumiy hajmida kichik tadbirkorlik mahsulotlarining ulushi 13,9% ni tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yilga kelib 26,6% ga etdi.

Bunda, Chimboy tumani bo‘yicha umumiy ishlab chiqarish hajmida kichik biznesning ulushi 88,7 %ni (o‘sish surati 101,5%), Nukus tumanida 74,4%ni (108,9%), Ko‘ng‘irot tumanida 69,3%ni (2,7 m.), Beruniy tumanida 61,9%ni (108,8%), Ellikqal’a  tumanida 59,7%ni (103,8%) tashkil etdi.

Kichik tadbirkorlik ishlab chiqarishi tuzilmasida eng yuqori ulush qayta ishlash korxonalari mahsulotlariga to‘g‘ri keladi – umumiy ishlab chiqarish hajmidan 93,7% (2015 yilga nisbatan o‘sish surati – 101,1%). Ulardan, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish – 61,8% (o‘sish surati 102,4%), kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarish– 1,5% (138,8%), mashina va uskunalarni ishlab chiqarish va tamirlash – 2,5% (140,1%), farmatsevtika mahsulotlari va preparatlarni ishlab chiqarish – 0,4% (142,2%).

6-rasm

Kichik tadbirkorlikning sanoatdagi ulushi,
umumiy ishlab chiqarish hajmiga nisbatan foizda

Respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi sanoatda nodavlat sektori hissasining o‘sishiga imkon yaratdi. Agar, 2000 yilda sanoatda nodavlat sektori korxonalari hissasi umumiy ishlab chiqarish hajmida 69,7%ni tashkil qilgan bo‘lsa, 2010 yilda –97,0%ni tashkil qildi, 2016 yilga kelib esa 99,3%ga etdi. 

 

 

 

 

7-rasm

Mulkchilik shakli bo‘yicha sanoat shilab chiqarishning tuzilmasi, foizda

2016 yilda hududiy korxonalar (ustav jamg‘armasida davlat ulushi ustunlik qiladigan korxonalarsiz) tomonidan 1079,6 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib (umumiy ishlab chiqarish hajmidan 25,3%), 2015 yil ko‘rsatkichlaridan 1,9%ga oshdi.

Mazkur korxonalar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish tuzilmasida eng ko‘p ulush Nukus shahri (mahalliy korxonalar umumiy ishlab chiqarish hajmidan    23,4%), Xo‘jayli (10,8%), To‘rtko‘l (9,6%), Qo‘ng‘irot (8,8%), Amudaryo va Beruniy (8,2%) tumanlari korxonalariga to‘g‘ri keladi.

Eng yuqori o‘sish suratlari Qo‘ng‘irot (119,8%), Chimboy (116,4%), Nukus (110,8%), Mo‘ynoq (106,6%) va Beruniy (106,4%) tumanlari  korxonalarida kuzatildi.

3. Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish – sanoat ishlab chiqarishi hajmlari o‘sishining omillaridan biridir

Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hajmlarining o‘sishi bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bo‘lgan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘sishining va import tovarlari qisqarishining omillaridan biri hisoblanadi.

8-rasm

Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining asosiy ko‘rsatkichlari

Mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilgan mahalliylashgan mahsulotlar ulushi, 2006 yilgi sanoat umumiy hajmidagi 1,8%dan 2016 yilda 23,9%ga oshdi, Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan korxonalar soni 2006 yildagi 2 tadan 2016 yilda 7  tagacha o‘sdi.

9-rasm

Sanoat mahsulotlari umumiy hajmida mahalliylashgan mahsulotlar ulushining o‘zgarishi, foizda

2016 yilda Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan korxonalarda 7 ta loyiha amalga oshirildi va 1018,4 mlrd so‘mlik  mahsulotlar ishlab chiqarildi. Bunda, loyihalar bo‘yicha mahsulotlarni sotishning umumiy hajmi 2015 yil ko‘rsatkichlariga nisbatan 33,3 martaga ortdi.