Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasi

1-K shakli (aylıq) hár ay, esabat dáwirinen keyingi aydıń 2-sánesinen keshiktirmey;   elektron kóriniste tapsırıwdı umıtpań!!! 1-K shakli (месячная) не позднее 2-го числа месяца, после отчетного периода;   Пожалуйста, не забудьте предоставить отчеты в электронном виде!!!

Ta`lim sohasi rivojlanishi

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASIDA TALIM SOHASI  RIVOJLANISHI.

 O‘zbekiston Respublikasida  ta’lim sohasi eng ustuvor va dolzarb masala sifatida qaraladi va doimiy e‘tibor va nazoratdadir. Respublikamizda ta’lim sohasi ham son ham sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha yildan yilga o‘sib bormoqda. 1991-2016 yillarda umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim, o‘quvchilar (talabalar)ning soni to‘g‘risidagi ma`lumotlar tahlilida buning isbotini ko‘rishimiz mumkin.

  1. QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASIDA MAKTABGACHA TA`LIM.

Qoraqalpog‘istonda   2017 yil 1 yanvar holatiga 1 yoshdan  6 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 17,2  foizi  maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanmoqda. Bu ko‘rsatkich 2016 yilda 1991 yilga nisbatan 42,1 foizga kamaygan, ammo 2010 yildan boshlab maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilar soni mavjud o`rinlar soniga nisbatan sezilarli 22,7 foizga o`sish kuzatilmoqda. Bu esa kelgusida maktabgacha ta`lim muassasalari va ulardagi o‘rinlar sonini ko‘paytirish lozimligini ifoda etadi.

                    
1-jadval: Maktabgacha ta’lim muassasalari ma’lumotlari (1991-2016 yillar)

1-grafik. Maktabgacha ta’lim muassasalari dinamikasi (1991-2016 yillar)

2. QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASIDA UMUMIY O`RTA TA`LIM.

 Qoraqalpog‘iston Respublikasida umumiy o‘rta ta`lim tizimi mustahkam yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yildan-yilga yanada rivojlanib bormoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1991 yilda umumta’lim maktablari soni 699 tani tashkil qilgan bo‘lsa, 2016 yilga kelib ular soni 705 taga yetdi, ya’ni 0,8 foizga ko‘paydi.

2-jadval: Umumiy o‘rta ta’limning asosiy ko‘rsatkichlari (1991-2016 yillar)

2-grafik .Umumiy o‘rta ta’limning asosiy ko‘rsatkichlari (1991-2016 yillar)

3. QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASIDA ORTA MAXSUS KASB - HUNAR TA`LIMI.

          Qoraqalpog‘iston Respublikasida akademik litseylar sonining 2000 yilda 3 tadan 2016 yilda 10 taga yetishi, kasb-hunar kollejlari sonining esa 2000 yilda 20 tadan 2016 yilda 94 tani tashkil  etishi ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar ifodasidir.

3-jadval: O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining asosiy ko‘rsatkichlari (2000-2016 yillar)

3-grafik. Akademik litseylar va kasb hunar kollejlari soni dinamikasi (2000-2016 yillar)

Qoraqalpog‘iston Respublikasida o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimida o‘quvchilar soni 2016 yilda akademik litseylarda 7586 nafar, kasb-hunar kollejlarida esa 73337 nafarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2000 yildagi o‘quvchilar soniga nisbatan akademik litseylarda 19 marta, kasb-hunar kollejlarida esa 14 marta ko‘pdir.

 4-grafik. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari soni dinamikasi, ming kishi (2000-2016 yillar)

4. QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASIDA OLIY TA`LIM.

       Qoraqalpog‘iston Respublikasida oliy ta’lim tizimi  miqdor va sifat jihatdan izchil rivojlanmoqda. Oliy ta’lim muassasalari soni 1991 yilda 2 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2016 yilga kelib ular soni Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari filiallarini qo‘shgan holda 8 tani tashkil etmoqda.

 

4-jadval: Oliy ta’limning asosiy ko‘rsatkichlari (1991-2016 yillar)

Respublikadagi  ta’lim tizimining ahvoli haqida muhim ma’lumot beruvchi ko‘rsatkichlardan biri bu ta’lim muassasalarining bitta o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan o‘quvchilar sonidir. U o‘quvchilar umumiy sonini o‘qituvchilar umumiy soniga bo‘lish orqali aniqlanadi.  Har bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan o‘quvchilar soni kamaymoqda va bu ta’lim sifati yildan yilga yaxshilanib borayotganligini ifoda etadi. Masalan, 2005 yilda oliy ta’lim muassasalarida har bir professor  o‘qituvchiga 13,0 ta talaba to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2016 yilga kelib 12,5 nafarni tashkil qildi.