Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasi

1-K shakli (aylıq) hár ay, esabat dáwirinen keyingi aydıń 2-sánesinen keshiktirmey;   elektron kóriniste tapsırıwdı umıtpań!!! 1-K shakli (месячная) не позднее 2-го числа месяца, после отчетного периода;   Пожалуйста, не забудьте предоставить отчеты в электронном виде!!!

Xizmatlar sohasining rivojlanishi

QORAQALPOG‘İSTON RESPUBLİKASİDA
XİZMATLAR SOHASİNİNG RİVOJLANİShİ

İqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash, aholining turmush darajasini oshirish va samarali bandligini ta’minlashda xizmatlar sohasining har tomonlama rivojlanishi muhim masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi.

Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirgi kunda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy  o‘sishni ta’minlash uchun xizmatlar sohasini jadal rivojlantirishni eng muhim vazifalardan biri sifatida qo‘yishmoqda.

Xizmatlar sohasi aholining barcha qatlamlarini qamrab oladi va jamiyatda sodir bo‘layotgan deyarli barcha ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadi,
bu esa mazkur masalaning qanchalik muhim va ahamiyatli ekanligini ko‘rsatib beradi.

O‘zbekistonda mustaqillik yillarida, iqtisodiyotni diversifikatsiyalash
va tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, mamlakat aholisining bandligini, daromadlarini va turmush sifatini oshirishning muhim yo‘nalishlari
va omillaridan biri sifatida xizmatlar sohasi va servisni jadal rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Bundan tashqari, iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlashda mazkur soha muhim o‘rinni egallamoqda.

Xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturining asosiy vazifalari
va  yo‘nalishlarini amalga oshirish jarayonida, 2010-2016 yillarda bozor xizmatlari hajmi 3,2 martaga oshib, 2949,4 mlrd.so‘mgacha ko‘paydi. Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi mazkur davrda 2,9 martaga o‘sdi
va 1634,7 ming. so‘mni tashkil etdi (1-jadval).

1-jadval

           2010-2016 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha
          xizmatlar sohasi asosiy ko‘rsatkichlarining dinamikasi

Hozirgi vaqtda, respublikada xizmatlar sohasida 1,9 mingdan ortiq yirik tashkilotlar (bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlar va fermer xo‘jaliklarini qo‘shgan holda) va 3,5 mingdan ortiq kichik tadbirkorlik subektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

2010-2016 yillarda xizmatlar sohasining rivojlanish dinamikasi deyarli barcha hududlarda ijobiy rivojlanish tendentsiyalarini ko‘rsatib turibdi.

2016 yilda To‘rtko‘l, Shumanay, Taxtako‘pir tumanlari va Nukus shahri peshqadamlar qatoridan joy egallashgan. Nukus shahrida yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlanishi, avvalo aholi real daromadlarining o‘sishi, yakuniy iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish tarmoqlarining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu har xil turdagi xizmatlarning rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda (1-rasm)

2016 yilda hududlar kesimida xizmatlar ishlab chiqarish
hajmining
o‘sishi, foizda

Xizmatlar sohasining aholi jon boshiga nisbatan rivojlanishi ko‘rsatkichiga aholi soni muhim ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, aholi soni nisbatan kam bo‘lgan Taxtako‘pir va Qonlıko‘l tumanlarida o‘rtacha jon boshiga ko‘rsatkichlari aholi zich joylashgan hududlar hisoblangan  Kegeyli, Qorao‘zak va Chimboy  tumanlariga qaraganda ancha yaxshi ko‘rinadi.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, sanoati rivojlangan hududlarda (qazib olish sanoatini hisobga olmagan holda) – Qo‘ng‘irot, Xo‘jayli tumanlari
va Nukus shahri bo‘yicha xizmatlar sohasining o‘rtacha jon boshiga ko‘rsatkichlari Amudaryo, Beruniy,  To‘rtko‘l va Ellikqal’a tumanlariga nisbatan yuqoriligi kuzatildi (2-jadval).

Xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturining amalga oshirilishi hisobiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2010 yildan 2016 yilgacha sohaning YaHMdagi hissasi ortib bordi. Xususan, 2010 yilda YaHMda xizmatlar sohasining ulushi 56,9 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2016 yil yakuni bo‘yicha (dastlabki ma’lumot) 50,2 foizga etdi (2-rasm).

2-rasm

YAHMda xizmatlar ulushi

Aholi tomonidan har xil turdagi xizmat ko‘rsatish turlariga bo‘lgan talabning doimiy o‘sishi va davlat tomonidan ushbu sohaga aloqador infratuzilmalarni (ijtimoiy, transport-kommunikatsiya, savdo va boshqalar) rivojlantirish  bo‘yicha ko‘rilayotgan amaliy choralar xizmatlar sohasining barcha tarmoqlarini jadal rivojlanishini ta’minladi (3-rasm).

3-rasm

                      2010-2016 yillarda alohida xizmat turlarining o‘sishi

Masalan, savdo oddiy taqsimlash mexanizmidan iste’molchiga yo‘naltirilgan bozor talablarini shakllantirish jarayonlarida faol ishtirokchiga aylandi. Hozirgi vaqtda, savdo xizmatlari iqtisodiyotda ko‘rsatilgan jami xizmatlar hajmining sezilarli ( 771420,6 mln. so‘m) qismini tashkil etib, 2010-2016 yillarda 2,9 martaga ko‘paygan.

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari jadal rivojlanib, ularning umumiy hajmi 3,0 martaga oshgan. Telekommunikatsiya tarmoqlari, kompyuterlashtirish
va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va rekonstruksiya qilish milliy dasturlarining amalga oshirilishi, simsiz telefon aloqalarning o‘sishiga, uyali aloqa abonentlari va internet tarmog‘iga jamoaviy ulanish joylari sonining ko‘payishiga olib kelmoqda.

2010-2016 yillarda moliyaviy xizmatlar hajmi 4,6 martaga oshdi. Bunday o‘sishga, tijorat banklarining, ularni kapitallashtirish va moliyaviy barqarorligini oshirishni o‘z ichiga olgan moliyaviy faoliyatlarini takomillashtirish natijasida erishildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarini kreditlashning takomillashgan mexanizmi, istiqbolli investitsiya loyihalarini kreditlashni kengaytirish, shuningdek yangi elektron to‘lov texnologiyalarini joriy qilgan holda moliyaviy tashkilotlarning hududiy tarmoqlarini kengaytirish moliyaviy xizmatlarning o‘sishiga ta’sir ko‘rsatgan boshqa omillar bo‘ldi.

Sog‘liqni saqlash tizimining isloh qilinishi, yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasining oshirilishi, sog‘liqni saqlash amaliyotiga ilg‘or chet el tajribalarini keng joriy etilishi  sog‘liqni saqlash sohasi xizmatlarini 4,9 martaga oshirish imkonini berdi.

Hozirgi vaqtda, xizmatlar ishlab chiqarish iste’molchilarning daromadlari darajasi, didi va nimani afzal ko‘rishlariga qarab tabaqalanib bormoqda.

Hajmlarning o‘sishi bilan birga, bozor xizmatlarining tarkibiy nisbatlari ham o‘zgardi. Xizmatlar umumiy hajmida savdo xizmatlari qisqarib, yangi bozor xizmatlarining ulushi ko‘paydi.

Xususan, 2010-2016 yillarda savdo  xizmatlarining ulushi 32,2 foizdan 26,2 foizga, ta’lim sohasidagi  xizmatlari  6,3 foizdan 4,6 foizga kamaygan. Shu bilan birga, transport  xizmatlarining ulushi 18,4 foizdan 27,9 foizga, aloqa va axborotlashtirish xizmatlar ulushi 6,9 foizdan 8,5 foizga, yashash va ovqatlanish sohasidagi xizmatlar 0,6 foizdan 2,9 foizga, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar 3,8 foizdan 3,9 foizga ko‘paydi. (4- va 5-rasmlar).

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan xizmatlar ishlab chiqarishning kengayishi xizmatlar sohasining jadal rivojlanishini ta’minlamoqda. Xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturini amalga oshirish doirasida, tadbirkorlik sub’ektlariga, xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha yangi tashkil etiladigan korxonalarni texnologik jihozlash uchun katta miqdordagi imtiyozli kreditlar taqdim etildi. Natijada, kichik tadbirkorlikning bozor xizmatlari ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi 52,0 foizdan 60,8 foizga ko‘paydi.(6-rasm).

6-rasm

2010-2016 yillarda kichik tadbirkorlikning xizmatlar sohasidagi ulushi

Yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, investitsiya, soliq, pul-kredit va ilmiy-texnik siyosatni takomillashtirish hamda yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda kichik biznesni rivojlantirish orqali iqtisodiyotning yanada barqaror o‘sishini ta’minlash, bozor xizmatlarining tarmoq tuzilmasida sifatli tarkibiy o‘zgarishlar qilish imkonini beradi.

Bu esa, O‘zbekistonda xizmatlar ishlab chiqarish va iste’mol qilishning  oqilona tuzilmasini shakllantirish hamda aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirilishini ta’minlash imkonini beradi.