Welcome to Qaraqalpaqstan Respublikası statistika basqarması   Click to listen highlighted text! Welcome to Qaraqalpaqstan Respublikası statistika basqarması Powered By GSpeech
Biz    va

DEHQON BOZORLARIDAGI AYRIM TOVARLARNING O'RTACHA NARXLARI 2020 YIL 1-FEVRAL HOLATIGA

Mol go`shti

Mol go`shti(1kg)

40969 so`m

Qo`y go`shti

Qo`y go`shti(1kg)

34989 so`m

Tovuq go`shti

Tovuq go`shti(1kg)

21399 so`m

Baliq go`shti

Baliq go`shti(1kg)

19892 so`m

Olma

Olma(1kg)

9387 so`m

Nok

Nok(1kg)

21506 so`m

Behi

Behi(1kg)

4037 so`m

Anor

Anor(1kg)

5858 so`m

Hurmo

Hurmo(1kg)

5304 so`m

Uzum

Uzum

9741 so`m

Apelsin

Apelsin(1kg)

22268 so`m

Mandarin

Mandarin(1kg)

16218 so`m

Limon

Limon(1kg)

10989 so`m

Banan

Banan(1kg)

22473 so`m

Yong`oq

Yong`oq(1kg)

23228 so`m

Yeryong`oq

Yeryong`oq(1kg)

16068 so`m

Pista

Pista(1kg)

148750 so`m

Bodom

Bodom(1kg)

48345 so`m

Turshak (bargak)

Turshak (1kg)

16783 so`m

Kishmish

Kishmish(1kg)

22893 so`m

Yangi sog`ilgan sut (litr)

Yangi sog`ilgan sut (litr)

4580 so`m

Qatiq (litr)

Qatiq (litr)

5330 so`m

Suzma

Suzma(kg)

8000 so`m

Tvorog

Tvorog(kg)

15956 so`m

Qaymoq

Qaymoq(kg)

19906 so`m

Smetana

Smetana(kg)

16100 so`m

Pishloq

Pishloq(kg)

29360 so`m

Brinza

Brinza(kg)

40000 so`m

Sariyog'

Sariyog'(kg)

31918 so`m

Tuxum (10 dona)

Tuxum (10 dona)

8323 so`m

Asal

Asal(litr)

35979 so`m

Tandir non (dona)

Tandir non (dona)

1896 so`m

Shrot

Shrot

2840 so`m

Shulxa

Shulxa

2694 so`m

Kepak

Kepak

1958 so`m

Kombikorm

Kombikorm

2229 so`m

Navli bug`doy uni

Navli bug`doy uni

3450 so`m

Bug`doy

Bug`doy

2293 so`m

Guruch

Guruch

5287 so`m

No`xat

No`xat

7142 so`m

Loviya

Loviya

7830 so`m

Mosh

Mosh

7645 so`m

Jo`xori

Jo`xori

3321 so`m

Kartoshka

Kartoshka(1kg)

2699 so`m

Karam

Karam(1kg)

2263 so`m

Pomidor

Pomidor(1kg)

13548 so`m

Bodring

Bodring(1kg)

13828 so`m

Sabzi

Sabzi(1kg)

1645 so`m

No`shpiyoz

No`shpiyoz(1kg)

2161 so`m

Sarimsoq

Sarimsoq(1kg)

23057 so`m

Lavlagi

Lavlagi(1kg)

1770 so`m

Turp

Turp(1kg)

1613 so`m

Qovoq

Qovoq

1589 so`m

Bulg`or qalampiri

Bulg`or qalampiri(1kg)

14545 so`m

Sholg`om

Sholg`om(1kg)

1778 so`m

Tarvuz

Tarvuz

2269 so`m

Qovun

Qovun

2436 so`m

TADBIRKORLAR UCHUN

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

farmoni

Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va uning farovonligi toʻgʻrisidagi ishonchli maʼlumot uzoq muddatli prognozlar va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadli dasturlarini, yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturlarini ishlab chiqish, barqaror rivojlanish Milliy maqsadlari indikatorlarini shakllantirish, mehnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanish jarayonlarini oʻrganish, ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun muhim poydevor hisoblanadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2015 yil 10 iyundagi “2020 yilda aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olish borasidagi prinsiplar va tavsiyalar” rezolyutsiyasiga tayanib, aʼzo davlatlarni 2020 yilda Butunjahon aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olish dasturi doirasida aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olishga taalluqli xalqaro va hududiy tavsiyalarni inobatga olgan holda kamida bir marta aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olishni oʻtkazishni qatʼiy daʼvat etadi.

Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston Respublikasida aholini roʻyxatga olish oʻtkazilmagan. Aholi soniga, yosh-jins tarkibiga keskin taʼsir koʻrsatgan oʻzgarishlar, respublika hududidagi aholi joylashuvi xususiyatlari va boshqa ijtimoiy-demografik oʻziga xosliklar aholining joriy hisobiga oid mavjud maʼlumotlarni qoʻllashni sezilarli darajada cheklamoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2020 yilda Butunjahon aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olish dasturini qoʻllab-quvvatlashini eʼtiborga olgan holda, shuningdek, aholi sonining aniq hisoblab chiqilishini taʼminlash, aniq belgilab qoʻyilgan yagona hisobga olish davrida aholining jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, maʼlumoti, hayot darajasi, yashash sharoiti, bandligi, millati, fuqaroligi hamda boshqa demografik, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari boʻyicha yakka tartibda hisobga olish va batafsil tavsiflash maqsadida:

 1. Oʻzbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini roʻyxatga olish oʻtkazilsin.

 2. Quyidagilar:

 Oʻzbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq;

 Oʻzbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

 3. Quyidagilar:

 Oʻzbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishga koʻmaklashish boʻyicha respublika komissiyasi 3-ilovaga muvofiq tarkibda;

 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishga koʻmaklashish boʻyicha hududiy komissiyalar tashkil etilsin, ularning namunaviy tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. Belgilab qoʻyilsinki:

 a) Oʻzbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishga koʻmaklashish boʻyicha respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

 aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;

 aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishga vakolatli organ hamda boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtirish;

 aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayonini nazorat qilish;

 aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni moliyalashtirish, materiallarni qayta ishlashni tashkil etish va yakuniy natijalarni eʼlon qilish masalalari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;

 aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishda ishtirok etish uchun jismoniy va yuridik shaxslarni, ularning mehnatiga haq toʻlash masalalarini hal qilgan holda, jalb etishni tashkil etish;

 tashkilotlarni, ularning mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq ishlarga, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirish va hamkorlik samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishga jalb qilish masalalarini koʻrib chiqish;

 b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishga koʻmaklashish boʻyicha hududiy komissiyalarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

 hududlarda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha ishlarni aniq chora-tadbirlar va masʼul ijrochilarni koʻrsatgan holda tashkil etish;

 hududlarda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan, shuningdek, aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish boʻyicha vakolatli organ hududiy boʻlinmalarini va bu jarayonga jalb qilingan boshqa tashkilotlarni moddiy-texnik taʼminlanganligini mustahkamlash masalalari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

 hududlarda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha kompleks ishlar bajarilishini nazorat qilish;

 hududlarda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish hamda ishtirok etganlarni ragʻbatlantirish.

 5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019 yil 1 iyulga qadar muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:

aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishning maqsadlari, tartibi, davri va muddatlari;

 ilgʻor xorijiy amaliyotda qabul qilingan zamonaviy texnologiya va uslubiyotlar asosida aholini roʻyxatga olishni tashkil etish va oʻtkazish;

 aholini roʻyxatga olishni tashkil etish va oʻtkazishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ishtiroki, ularning vazifalari, funksiyalari hamda javobgarligini koʻrsatish;

 aholini roʻyxatga olishni tashkil etish va oʻtkazishda jismoniy hamda yuridik shaxslarning ishtiroki, ular mehnatiga haq toʻlashning aniq mexanizmlari va manbalarini belgilash;

 aholini roʻyxatga olish yakunlarini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy-amaliy, huquqiy, iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlar.

 Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ommaviy axborot vositalarida ushbu Farmonning maqsad hamda vazifalarini keng yoritish boʻyicha chiqishlar va mavzuga oid koʻrsatuvlarni tashkil etsin.

Vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tegishli komissiyalar rahbarlari mazkur Farmonda nazarda tutilgan vazifalarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javobgarligi belgilab qoʻyilsin.

Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – moliya vaziri J.A.Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 
Sh.MIRZIYOYEV
Tugmani bosing Tinglash