So'nggi yangiliklar

Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2021- yilning 1- oktabr holatiga respublikamizda jami  2 488 ta qurilish korxonalari faoliyat ko'rsatmoqda.

Joriy yilning 14- oktabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mo‘ynoq tumani 4-sonli umumta'lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil  11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari  to‘g’risida"gi 710-son Qarori  ijrosi yuzasidan targ’ibot ishlari olib borildi.

Joriy yilning 14- sentabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahri O‘zbekiston Respublikasi IIV Qoraqalpoq akademik litseyi o'quvchilariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil  11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari  to‘g’risida"gi 710-son Qarori  ijrosi yuzasidan targ’ibot ishlari olib borildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi  ma‘lumotlariga ko‘ra, 2020- yil yakuniga ko‘ra mamlakatimizda shahar joylarda joylashgan umumta’lim muassasalari soni 225 tani tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkichni 2017- yilga nisbatan taqqoslaganda, 24 taga oshganini ko‘rish mumkin, ushbu ko‘rsatkich yillar kesimida quyidagiсha:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi  ma‘lumotlariga ko‘ra, 2020- yil yakuniga ko‘ra mamlakatimizda qishloq joylarda joylashgan umumta’lim muassasalari soni 508 tani tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkichni 2017- yilga nisbatan taqqoslaganda, 2 taga oshganini ko‘rish mumkin.

2021- yilning 1- oktabr holatiga respublikaning doimiy aholisi soni  35,1 mln. kishini tashkil etmoqda.

2021- yilning 1- yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan sanatoriya-kurort muassasalari soni 217 tani tashkil etgan.

2021- yil 1- oktabr holatiga O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisining yosh guruhlari bo‘yicha tarkibi:

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari 2021 yilning yanvar-sentabr holati ma’lumotlariga ko‘ra, uy xo‘jaligi a’zolarining o‘rtacha soni 5,1 kishini tashkil etdi. Hududlar bo‘yicha tahlil qilganda, eng yuqori ko‘rsatkich Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida (5,6 kishi), eng quyi ko‘rsatkich esa Toshkent shahrida (4,2 kishi) qayd etildi.

2021- yil 1- yanvar holatiga O‘zbekistonda aloqa va axborotlashtirish sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 13,8 trln. so‘mni tashkil etgan.

Joriy yilning 8- oktabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mo‘ynoq tumani kasb hunar maktabida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil  11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari  to‘g’risida"gi 710-son Qarori  ijrosi yuzasidan targ’ibot ishlari olib borildi.

Joriy yilning 8- oktabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumani Suv xo‘jaligi va meloratsiya kollejida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 710-son Qarori ijrosi yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar miqdori va ulushining eng ko‘pi, sanoat tarmoqlarida 37890,6 mlrd. so‘m (50,0 %), savdo sohasida 10378,2 mlrd. so‘m (13,7 %) va qurilishda   7979,9 mlrd. so‘m (10,5 %)ni tashkil etgan.

2021- yilning 1- oktabr holatiga respublikamizning doimiy aholisi soni 35 mln. 79,2 ming kishini tashkil etmoqda.

2021- yilning yanvar-avgust holatiga qurilish sohasida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarining soni 195 tani tashkil etdi. 

2021- yilning 1- yanvar holatiga kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar hajmi 75,8 trln. so‘mni tashkil etgan.

Bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 5,4 % ni tashkil etib, 2020- yilning yanvar-avgust oylaridagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,6 % punktga ko‘paydi.

2010- yilga nisbatan moliyaviy xizmatlar hajmi 11 barobar oshdi va 45 783,0 mlrd. so'mni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, 2010- yilda moliya sohasidagi xizmatlar hajmi 2 643,7 mlrd. so‘mga teng bo‘lgan.