Welcome to Qaraqalpaqstan Respublikası statistika basqarması   Click to listen highlighted text! Welcome to Qaraqalpaqstan Respublikası statistika basqarması Powered By GSpeech

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpog‘iston Respublikasida jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi

2018 yil 4 dekabr kungi F-5408-sonli Farmoyishi ijrosi yuzasidan joriy yilning 23 fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri Yoshlar markazida matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Qo‘mita raisi S.Turmanov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Sh.Ayubov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i R.Yeshimbetov, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi “Shimoli-g‘arbiy taktik guruhi” 96038-son harbiy qism komandir o‘rinbosari O.Isakov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mudofaa ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Shokarimov, Nukus harbiy prokurori o‘rinbosari, adliya kapitani T.Muhiddinovlar, shuningdek, tuman (shahar) hokimlarining, Ichki ishlar bo‘limlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, Yoshlar ittifoqining mahalliy Kengashi raislari, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha  Qoraqalpog‘iston Respublikasi  Kengashi vakillari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.

Prezident farmoyishiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasida hududni jinoyatchilik va huquqbuzarliklardan holi hududga aylantirish ya’ni jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi masalasida yangicha mexanizmni amaliyotga joriy etish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

Tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tkazilgan matbuot anjumani doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida Prezident Farmoyishining ijrosi bugingi kunda qay daraja ta’minlanayotganligi, rejada belgilangan tadbirlar samaradorligi masalasi, eng muhimi, joriy yilda jinoyatchilik va huquqbuzarliklar o‘tkan yilgiga nisbatan dinamikasi qanday ahvolda ekanligi kabi masalalar kun tarbidan o‘rin oldi va keng muhokama qilindi.

So‘zga chiquvchilar Ichki ishlar organlari xodimlarini Ixtisoslashtirilgan o‘quv-amaliy kurslarida o‘qitishini tashkil etilishi va hozirda erishilayotgan amaliy natijalar, 2018 yilning shu kunigacha bo‘lgan vaqt va joriy yilda bugingi kunga qadar sodir etilgan jinoyatlar tahlili, Kriminogen hududlar va joylarda jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlashga qaratilgan Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyasining hamkorligini yanada kuchaytirish masalasida amalga oshirilayotgan ishlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini amalga oshirishga Mudofaa vazirligining imkoniyatlarini hamda harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni tashkil etish yo‘nalishidagi ilg‘or tajribasini jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar haqida ta’kidlab o‘tdilar.

Jumladan, jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi ya’ni muqaddam jinoyat sodir etgan shaxslar bilan yakka tartibda tarbiyaviy ishlarni olib borish, harbiy xizmatchilar ishtirokida uyushmagan yoshlarni jalb etgan holda “Ibratli tengdoshim” mavzusida turkum uchrashuvlar o‘tkazish, ularning bandligini ta’minlash borasidagi mavjud kamchiliklar muhokama qilindi.

Ta’kidlash joizki, joriy yilning yanvar oyi holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyat sodir etilmagan, yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar o‘tgan yilning shu kuniga nisbatan 42,4 foizga, jinoyatlarda ishtirok etgan yoshlar esa 53,7 foizga kamaygan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 20 fevral kuniga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida jinoyatchiliklar 17,1 foizga, Nukus shahrida esa 13,6 foizga kamaygan. Nukus shahrida og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar: qasddan odam o‘ldirish, nomusga tegish, bosqinchilik, talonchilik va tovlamachilikga yo‘l qo‘yilmagan hamda og‘ir tan jarohati yetkazish 100 foiz, firibgarlik 83,3 foiz, o‘g‘irlik 37,5 foiz va bezorilik 100 foizga kamaygan.

Tugmani bosing Tinglash