Welcome to Qaraqalpaqstan Respublikası statistika basqarması   Click to listen highlighted text! Welcome to Qaraqalpaqstan Respublikası statistika basqarması Powered By GSpeech

Qoraqalpog‘istonning "Orol" klubi  A Pro-ligada emas, B Pro-ligada qatnashish niyatida ekanini ma’lum qildi. Nukusliklar jamoasi bu borada PFLga rasmiy murojaat bilan chiqishgan.

Ayni paytda davom etayotgan PFL kubogi-2019 musobaqasi g‘olibi A Pro-liga yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. A Pro-ligada bo‘sh qolayotgan "Orol" jamoasining o‘rni ham PFL kubogi-2019 finalchisi bilan to‘ldiriladigan bo‘ldi.

Shu boisdan ertaga soat 11:00da PFL kubogi yarim finaliga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi, deyilgan PFL xabarida.

Bungacha "Mash’al", "Neftchi", "Sho‘rtan", "Istiqlol", "Sherdor", "Xorazm" klublari A Pro-ligada ishtirok etishi ma’lum bo‘lgandi. Endi bu 6 jamoaga PFL kubogi finalchilari qo‘shiladi.

PFL kubogi-2019 final uchrashuvi 22 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Tugmani bosing Tinglash