Welcome to Qaraqalpaqstan Respublikası statistika basqarması   Click to listen highlighted text! Welcome to Qaraqalpaqstan Respublikası statistika basqarması Powered By GSpeech

Surxandaryo viloyati Termiz shahrida o‘tkazilayotgan Xalqaro baxshichilik san’ati festivali doirasida respublika baxshilarining ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. 
 

Unda mamlakatimizning turli hududlarida ijod qilayotgan 87 nafar baxshi, oqin va jirovlar qatorida qoraqalpog‘istonlik san’atkorlar ham faol ishtirok etdi.
 
Uch yo‘nalish bo‘yicha tashkil etilgan tanlovda ishtirokchilarning har bir chiqishlarini tajribali hakamlar hay’ati ochiq va xolislik tamoyillari asosida baholab bordi.
 
Yakunda ochiq ovoz bilan doston kuylashda  hamyurtimiz Yerisbay baxshi .Asqarov fahrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, diplom va 5 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan hamda Muhammed baxshi Torebekov 3-o‘rinni egallab diplom va 3 million sum pul mukofoti bilan taqdirlandi.
 
 
Jirov va oqinlar yo‘nalishida Salamat jirov Ayapov 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi va diplom hamda 4 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Shuningdek, mazkur festivaldagi faol ishtiroki uchun yurtdoshlarimizdan M.Ayekeyev, L.Muxammeddinova va B.Asqarovalar ham diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
 
 
Xalqaro festival qizg‘in davom etmoqda.
 
 
Tugmani bosing Tinglash