Welcome to Qaraqalpaqstan Respublikası statistika basqarması   Click to listen highlighted text! Welcome to Qaraqalpaqstan Respublikası statistika basqarması Powered By GSpeech
Biz    va

Mo'ynoq tumanida “Yuksalish” umummilliy harakati, YuNISEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi hamda O'zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorligida “O'zbekiston yoshlari: intilish, ehtiyoj va xavflar” loyihasi doirasida yoshlar bilan “Yoshlar ovozi muhim” muloqoti tadbirining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirni o'tkazishdan asosiy maqsad – yoshlarning tashabbuslarini o'rganish hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, shaharlar va tumanlar hokimliklarining vakillari ishtirokida konstruktiv muloqot ushrashuvini tashkil etishdan iborat.
 
Mo'ynoq tumanida tashkil etilayotgan mazkur tadbir 12 sentyabrgacha davom etadi va unga hududda istiqomat qiluvchi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar taklif etiladi.
Tugmani bosing Tinglash