Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasi

1-K shakli (aylıq) hár ay, esabat dáwirinen keyingi aydıń 2-sánesinen keshiktirmey;   elektron kóriniste tapsırıwdı umıtpań!!! 1-K shakli (месячная) не позднее 2-го числа месяца, после отчетного периода;   Пожалуйста, не забудьте предоставить отчеты в электронном виде!!!

Boshqarma yangiliklari

9 may xotira va qadrlash kuni

   9 may xotira va qadrlash kuniga baǵishlab Qoraqalpoǵiston Respublikasi statistika boshqarmasida ko’p yillar ishlagan mehnat veterani Toqtarov Abdilxak Sabiroviсh axvolidan xabar olib, boshqaramiz tomonidan bayrami bilan tabrikladi.

  

          10.05.2018

_________________________________________________________________________________

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi xodimlari Xiva shahriga 

 sayoxat qildi

Joriy yilning 21 aprel sanasida Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasi xodimlari Buyuk Ipak yo’lining markaziy shaharlaridan biri bo’lmish Xivani tamosha qilish uchun Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi.

Xiva shahrining boy tarixi, uning hozirgi kundagi ahamiyati to’g’risida ko’pgina ma’lumotlarga ega bo’lishdi.

 

23.04.2018

_________________________________________________________________________________

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida Navro‘z bahor  bayramiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

          Tadbirda, Boshqarma Rahbariyati tomonidan Boshqarmada mehnat qilayotgan xodimlarni bahor ayyomi – Navro‘z bayrami bilan tabriklab, eng ezgu tilaklar bildirildi.

 

    Shuningdek, tadbir davomida Boshqarma tomonidan tayyorlangan madaniy tadbirda Boshqarma xodimlariga xush kayfiyat ulashildi.

 

          24.03.2018

_________________________________________________________________________________

Joriy yil 7 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda, Boshqarma Rahbariyati tomonidan Boshqarmada mehnat qilayotgan xotin-qizlarni bahor ayyomi – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan tabriklab, Boshqarma tomonidan tayyorlangan sovg‘alar berildi.

 

Shuningdek, tadbir davomida Boshqarma tomonidan tayyorlangan madaniy tadbirda, Boshqarmada ishlovchi xotin-qizlarga xush kayfiyat ulashildi.

 

 Bundan tashqari, shu kuni Boshqarma Rahbariyati tomonidan tizimda uzoq yillar davomida mehnat qilgan va hozirda nafaqada bo‘lgan

U. Mambetniyazovaning holidan xabar olindi va Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan tabriklab, sovg‘alar berildi.

 

          09.03.2018

_______________________________________________________________________________________

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xujayli tuman xokimligida  Jismoniy va yuridik shaxslar vakillari ishtirokida sayyor qabul kuni o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyatining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari uchun sayyor qabul kunlarini o‘tkazish rejasiga asosan  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xujayli tuman xokimligida Jismoniy va yuridik shaxslar vakillari ishtirokida sayyor qabul kuni o‘tkazildi.

 

Sayyor qabulda, Jismoniy va yuridik shaxslar vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari B.Mirusmanov, Xujayli tumani xokimi D.Qaypov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.Ospanov, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, boshqarma tarmoq hamda shahar, tuman statistika bo‘limlari boshliqlari ishtirok etdi.

 

Tadbirda qatnashchilarga davlat statistikasining asosiy vazifalari, statistika sohasida qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlari hamda davlat statistika organlarining kelajakdagi rivojlantirish rejalari haqida  ma`lumot berildi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari B.Mirusmanov  tomonidan sayyor qabul  qatnashuvchilarining qiziqtirgan   savollariga to‘la va atroflicha tushuntirishlar berildi.

                                                                                                               

          23.02.2018

_______________________________________________________________________________________

2018 yil 25-yanvar kungi Qoraqolpog’iston Respublikasi “Er tuzish va kuchmas  mulk kadastri” boshqarma, shahar va tumanlar xodimlar ishtirokida o’tkazilgan “Davr suxbati” ning  kun tartibi:

1. “O’zbekistan Respublikasi Davlat statistika ko’mitasi” va “O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi” tomonidan 2017-yil 18-sentyabr kungi tasdiqlangan “ Ko’shma Qarori” ijrosini taminlash .

2. 2018-yilning 4-qurilish choraklik va 2017 yillik hisobot shakllari  va ularni to’ldirish bo’yicha tushuntirishlar.

3. 2018-yil Jismoniy shaxslar tomonidan obektlar qurilishi to’g’risida  klasterli xatlovdan o’tkazishni amalga oshirish bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi Xudjayli tumani ta‘minlandi.

4. 2018-yil  noyabr oyida 1-TJ so’rovnomasi  asosida Davergeodezkadastr qo’mitasi yer tuzish va ko’chmas mulk davlat korxonalarining tumanlar (shaharlar)dagi filiallaridan  takdim etiladigan kursatkichlarning sifatli va haqqoniyligini ta‘minlash maqsadida tushuntirishlar.

5. Surov va javoblar.

6. Seminarni yakunlash.

          25.01.2018

_______________________________________________________________________________________

Davlat statistika qumitasining 2017 yil 27 dеkabrdagi 126-sоn buyrug’iga asоsan yilning 22-26 yanvar kunlari ishlab chiqarish faоliyati bilan shug’ullanib kеlayotgan jismоniy shaxslarning tanlama kuzatuvini tashkil etish va utkazish bеlgilangan.

SHu munоsabat bilan 2018 yilning 15 yanvar kuni Qоraqalpоg’istоn Rеspublikasi statistika bоshqarmasida sanоat statistikasi bo’limi xоdimlari va bеvоsita kuzatuvlarni utkazadigan tuman (shaxar) statistika bwlimlari mutaxassislarini Davlat statistika qumitasining 2017 yil 27 dеkabrdagi 126-sоnli buyrug’i bilan tasdiqlangan 1-sanoat (JSn) kuzatuvi ankеtasi va «Ishlab chikarish faоliyati bilan shug’ullanuvchi jismоniy shaxslarning tanlama kuzatuvini tashkil etish va utkazish buyicha vaqtinchalik tartib» bilan tanishtirish hamda mazkur tartibga qatiy amal qilinishi buyicha sеminar utkazildi.

          15.01.2018

_______________________________________________________________________________________

Mahalla fuqarolar yig‘inlari ishtirokida seminar ótkazildi.

Ózbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tóg‘risida”gi PF-4944-son Farmoniga asosan tegishli vfmzirliklar hám idoralar tomonidan mavjud fuqarolar yig‘inlarini tóliq inventarizatsiyadan ótkazgan holda, tarkibda mahallalar tuzilgan shaharcha, qishloq va ovul fuqarolar yig‘inlarini mahalla fuqarolar yig‘inlariga birlashtirish hám bólish yóli bilan qayta tashkil etish tóg‘risida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistikasi boshqarmasida 12 dekabrь kuni óquv seminar tashkil etilib, seminarga Nukus shahridan mahalla fuqarolar yig‘inlari rahbar-xodimlari ishtirok etildi.

Seminar yig‘ilishida Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Ospanov, boshqarma boshlig‘ining birinchi órinbosari, Jamoatchilik maslahat kengashi raisi A.Joldasov, Nukus shahrida mahalla fuqarolar yig‘inlari rahbar-xodimlari ishtirok etdi.

Óquv seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Ospanov sózga chiqib, davlatimiz rahbari Ózbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tóg‘risida”gi PF-4944-son Farmoniga asosan tegishli vazirliklar hám idoralar tomonidan mavjud fuqarolar yig‘inlarini tóliq inventarizatsiyadan ótkazgan holda, tarkibda mahallalar tuzilgan shaharcha, qishloq hám ovul fuqarolar yig‘inlarini mahalla fuqarolar yig‘inlariga birlashtirish hám bólish yóli bilan kayta tashkil etish tóg‘risida aytib ótdi.

          12.12.2017

_______________________________________________________________________________________

Kichik biznes sub‘ektlari vakillari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Davlat statistika qo‘mitasi raisi tomonidan 2017 yilning 30 oktyabrь kuni tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistikasi boshqarmasi bilan hamkorlikda 7 dekabrь kuni Nukus shahrida tadbirkorlik sub‘ektlari ishtirokida o‘quv seminar tashkil etildi.

Seminar yig‘ilishida Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Ospanov, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Jamoatchilik maslahat kengashi raisi A.Joldasov, va OAV vakillari, Nukus shahrida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar, jumladan tadbirkorlik sub‘ektlari rahbar-xodimlari ishtirok etdi.

O‘quv seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Ospanov so‘zga chiqib, davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida mamlakatni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani, tadbirkorlik va uni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlar uchun alohida davlat siyosati darajasida e‘tiborlarini qaratayoganligi to‘g‘risida aytib o‘tdi.

          07.12.2017

_______________________________________________________________________________________

QR  statistika boshqarmasida QR favqulotda holatlar boshqarmasi

xodimlari ishtirokida majlis o‘tkazildi. 

Aholi orasida 2017-2018 yillarning kuz-qish oylarida yuz berishi mumkin bo‘lgan  favqulotdagi  holatlarning oldini olish (gaz hidi va ovqatdan zaharlanish, qutirish kasalligi) profilaktika ishlari bo‘yicha QR statistika boshqarmasida 2017 yilning 5-dekabrida  majlis o‘tkazildi.

Majlisda QR favqulotda holatlar boshqarmasi xodimlari E.Juzibaev, B.Abdiganiev va Z.Turdimuratovlar kun tartibidagi, xalqni tabiiy va chiqindi gazlardan zaharlanishning oldini olish, favqulotda holatlarning oldini olish hamda ular yuz berganda oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha mahalla, ovul fuqarolar yig‘inlarida, o‘quv dargohlari va boshqa tashkilotlarda profilaktika ishlarini olib borish bo‘yicha ma‘lumot berib o‘tdilar.

Majlisga soha mutaxassislari va boshqarma xodimlari qatnashib, savol-javob asosida davom etdi. Boshqarma xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

          05.12.2017

_______________________________________________________________________________________

QR statistika boshqarmasida shu yilning 4 dekabr kuni Prezidentimizning 2017-yil 10-oktabrdagi farmoniga muvofiq ta’sis etilgan “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishonlarini olgan Boshqarma xodimlarni tabriklash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda QR statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.Ospanov, Esdalik nishonlarini olgan, Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Joldasov, Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish, tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi boshlig‘i R.Sharibaev va Demografiya va mehnat statistikasi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari G.Seybullaevalarni tabriklab, ularning kelgusidagi ish faoliyatida muvofaqiyatlar tiladi.

          04.12.2017

_______________________________________________________________________________________

Qoraqapog’iston Respublikasi statistikasi boshqarmasi Turmush darajasi statistikasi va uy xo’jaliklari kuzatuvlari bo’limi mutaxassislari ishtirokida Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “Uy xo’jaliklari tanlanma kuzatuvlarini tashkil etish tartibi va qoidalariga rioya qilinishi, ushbu jarayonda to’ldirilgan savolnomalar sifati va haqqoniyligini ta’minlash” mavzusida mintaqaviy o’quv seminari o’tkazildi.

Joriy yilning 21 noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi xodimlari tomonidan Qoraqapog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatida statistika boshqarmalari Turmush darajasi statistikasi va uy xo’jaliklari kuzatuvlari bo’limi mutaxassislari (intervyuerlari) ishtirokida 2017 yil oktabr oyida kuzatuv olib borilgan uy xo’jaliklari bilan qayta so’rov o’tkazildi. Seminarda dastavval ushbu monitoring natijasida kuzatilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari haqidagi hisobotlar tinglandi.

Seminarda Uy xo’jaliklari tanlama kuzatuvlarini tashkil etish va o’tkazish umumiy tartib qoidalariga, kunlik xarajatlarni hisobga olish kundaligi va savolnomalar bo’yicha so’rov o’tkazish tartib qoidalariga amal qilinishi lozimligi yana bir bor ta’kidlab o’tildi. Hududiy statistika boshqarmalari Qo’mitaga taqdim etilgan elektron ma’lumotlar bazasida yuzaga kelgan xato va kamchiliklar to’g’risida ham to’xtalib o’tildi hamda ushbu xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Shu bilan birga 2018 yil uchun Davlat statistika qo’mitasi tomonidan tasdiqlangan Uy xo’jaliklarida kuzatuv o’tkazish bilan bog’liq savolnomalarga kiritilgan qo’shimcha va o’zgartirishlar to’g’risida seminar qatnashchilariga tushunchalar berib o’tildi.

 

          25.11.2017

_______________________________________________________________________________________

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi Kengashi majlisi

2017 yil 22 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi Kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari hay’atlarining faoliyati samaradorliginin oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 855-son qaroriga hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hay’atining 2017 yil 17 noyabrdagi 8-sonli bayoniga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi Kengashi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, bo‘lib o‘tgan majlisda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 oktyabrdagi 855-son qarori talablaridan kelib chiqqan holda Boshqarma Kengashining ish Reglamenti qayta ko‘rib chiqildi va belgilangan tartibda tasdiqlandi.

          22.11.2017

_______________________________________________________________________________________

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida huquqiy savodxonlikni oshirish yuzasidan majlis bo‘lib o‘tdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida 2017 yilning 22-noyabr kuni  «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 7-sentyabrdagi «Huquqiy axborotni tarqatısh va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida» gi O‘RQ-443-son hamda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11- sentyabrdagi  «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» gi  O‘RQ-445-son Qonunlarining mazmunini statistika boshqarmasi xodimlariga tushuntirish» mavzusida majlis bo‘lib o‘tdi. 

Majlisga soha mutaxassislari va boshqarma xodimlari qatnashdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi yuridik xizmati bosh yuriskonsulti B.Turemuratov soha mutaxassislari  bilan birga O‘RQ-443-son hamda gi  O‘RQ-445-son Qonunlarining mazmuni to‘g‘risida batafsil tushunchalar berdi. Majlis savol-javob asosida davom etdi. Boshqarma xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

          22.11.2017

_______________________________________________________________________________________

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida huquqiy savodxonlikni oshirish yuzasidan majlis bo‘lib o‘tdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida 2017 yilning 15-noyabr kuni  «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 7-sentyabrdagi «Huquqiy axborotni tarqatısh va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida» gi O‘RQ-443-son hamda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11- sentyabrdagi  «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» gi  O‘RQ-445-son Qonunlarining mazmunini statistika boshqarmasi xodimlariga tushuntirish» mavzusida majlis bo‘lib o‘tdi. 

Majlisga soha mutaxassislari va boshqarma xodimlari qatnashdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi yuridik xizmati bosh yuriskonsulti B.Turemuratov soha mutaxassislari  bilan birga O‘RQ-443-son hamda gi  O‘RQ-445-son Qonunlarining mazmuni to‘g‘risida batafsil tushunchalar berdi. Majlis savol-javob asosida davom etdi. Boshqarma xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

          17.11.2017

_______________________________________________________________________________________

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida “Avlodlar uchrashuvi” tadbiri

2017 yil 18 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizimda ko‘p yillar davomida mehnat qilgan va hozirda nafaqada bo‘lgan nuroniylar ishtirokida “Avlodlar uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida nuroniylar hamda Boshqarmada mehnat qiluvchi yoshlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazilib, o‘zlari tomonidan bosib o‘tilgan yo‘llari, davr qiyinchiliklari va boshqa mavzularda o‘zaro fikr almashishlar bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbati muzokaralar tarzida o‘tkazilib, keksa avlod vakillarining bilimi va tajribasidan foydalanish maqsadida Boshqarma yoshlari tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Tadbir so‘ngida keksa avlod vakillariga dasturxon yozilib, sovg‘alar ulashildi.

          21.08.2017

_______________________________________________________________________________________

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining reglamentini tasdiqlash to`g`risida”gi PQ-3161-son qarorini o`rganish bo`yicha seminar

Davlat statistika qo`mitasi tomonidan 2017 yil 4 avgustda tasdiqlangan reja-jadvalga asosan 2017 yil 15 avgust kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi statistika boshqarmasi mas`ul xodimlari hamda tuman (shahar) statistika bo`limlari boshliqlari ishtirokida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining reglamentini tasdiqlash to`g`risida”gi PQ-3161-son qarori bilan tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining reglamentini o`rganish bo`yicha mavzusida seminar bo`lib o`tdi.

Seminarda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni reglamentining asosiy maqsad, vazifalari va talablari seminar ishtirokchilariga tushuntirildi.

Xususan, Prezident devoniga farmonlar, qarorlar va farmoyishlar loyihalarini kirituvchi sub`ektlar to`g`risida aytib o`tildi. Shuningdek, Prezident devoniga kiritiladigan asosiy hujjatlar, masalalar va loyihalarni rasmiylashtirishga oid texnik talablar ko`rsatib o`tildi. Shu bilan birga, farmonlar, qarorlar, farmoyishlar va topshiriqlarni ijrosini tashkil etish va nazorat qilish o`rganib chiqildi.

          16.08.2017

_______________________________________________________________________________________

Qoraqalpog`iston  Respublikasi statistika boshqarmasida seminar bo`lib o`tdi

2017 yilning 9 avgust kuni Qoraqalpog`iston  Respublikasi statistika boshqarmasida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 iyuldagi “O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3165-son qarorini tizim xodimlari o`rtasida o`rganish bo`yicha seminar o`tkazildi.

Seminarda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 iyuldagi “O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3165-son qarorining mazmun-mohiyati, talablari, Davlat statistika qo`mitasi va uning hududiy bo`linmalari faoliyatining ustuvor yo`nalishlari, statistika faoliyatini tashkil etish samaradorligini tubdan oshirish, statistika axborotlari sifatini va ularni tarqatish tizimini yaxshilash chora-tadbirlari, hamda davlat statistika tizimi xodimlarining ushbu qarordan kelib chiqadigan vazifalari to`g`risida atroflicha tushuntirishlar berib o`tildi.

Shu bilan birgalikda, ushbu Qaror asosida Boshqarma va tuman (shahar) statistika bo`limlarida ichki me`yoriy hujjatlarni rasmiylashtirish va belgilab berilgan talab va vazifalardan kelib chiqqan holda statistika ishlarni tashkil etish yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3165-son Qarorida belgilab berilgan ustuvor yo`nalishlarni belgilangan tartib va muddatlarda so`zsiz ijrosini ta`minlash, statistika ishlarini amalga oshirilishida axborotlarni yig`ish va qayta ishlashning xalqaro metodologiyasini joriy etish orqali zamonaviy yondashuvlar va usullarni qo`llagan holda makroiqtisodiy 
hisob-kitoblarni tizimli asosda tubdan yaxshilash bo`yicha amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalar muhokama etildi.

Seminarda Boshqarmaning barcha bo`limlari boshliqlari ishtirok etdi.

Boshqarma tomonidan 2017 yil 3 avgustda tasdiqlangan reja-jadvalga asosan, shu kabi seminarlar Boshqarmaning tarkibiy bo`limlarida, tuman hamda shahar statistika bo`limlarida ham o`tkazilishi belgilangan.

           09.08.2017

_______________________________________________________________________________________

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasining tashabbusi bilan 2017 yil 26 iyun kuni O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiyatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Resurs markazi hamkorligida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2752-son qarori bilan tasdiqlangan 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlab o‘quv seminar tashkil etildi.

O‘quv seminarda, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2752-son qarori bilan tasdiqlangan 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirilib, belgilangan vazifalar doirasida davlat statistika organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil axborotlar berildi.

Shunigdek, davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartib qoidalari, afzalliklari va bu borada hisobot taqdim etuvchilar uchun yaratilgan imlomiyatlar va qulayliklar, O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-418-son Qonuniga muvofiq tadbirkorlik sub’yektlari uchun davlat statistika sohasiga oid yaratilgan yengilliklar va ushbu qonun talablarini ijrosinin ta’minlash mexanizmlari to‘g‘risida, davlat statistika tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, davlat interaktiv xizmatlarining samarali faoliyatini ta’minlash yuzasidan belgilangan vazifalar hamda bu borada foydalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va boshqa qator masalalar muhokama etilib, bu borada ishtirokchilarga zarur ma’lumotlar berildi.

O‘quv seminarda, davlat statistika organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida nodavlat notijorat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhikama etildi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan statistika organlarining rasmiy veb-saytlarida davlat statistika hisobotlarinin elektron taqdim etish tizimini yanada takomillashtirish masalalari bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.

Mazkur tadbirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Resurs markazi, OAV vakillari, shuningdek mahalla fuqarolar yig‘inlari, tadbirkorlik sub’yektlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining mansavdor shaxslari va xodimlari ishtirok etdilar.

O‘tkazilgan tadbir davomida, ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari mazmun-mohiyati to‘g‘risida qo‘llanmalar va bukletlar taqdim etildi.

          02.03.2017