Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasi

1-K shakli (aylıq) hár ay, esabat dáwirinen keyingi aydıń 2-sánesinen keshiktirmey;   elektron kóriniste tapsırıwdı umıtpań!!! 1-K shakli (месячная) не позднее 2-го числа месяца, после отчетного периода;   Пожалуйста, не забудьте предоставить отчеты в электронном виде!!!

Qo`mita yangiliklari

Davlat statistika qo`mitasida Rais Begalov Bahodir Abdusalomovichning Birlashgan Millatlar Tashkiloti missiyasi vakillari bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi

 Joriy yilning 23 aprel kuni  Davlat statistika qo`mitasida Rais Begalov Bahodir Abdusalomovichning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi Stambul hududiy markazi rahbari Gerd Trogemenn boshchiligidagi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining O`zbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Frezer ishtirokidagi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti qo`shma missiyasi vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda Barqaror rivojlanish maqsadlari ko`rsatkichlari va ularning monitoringini yuritish,  milliy statistika idoralari salohiyatini yanada oshirishga qaratilgan rejalar va bu borada o`zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Missiya vakillari tomonidan muhokamaga qo`yilgan barcha savollarga batafsil javob va tushuntirishlar olindi.

Uchrashuv iliq va dustona ruhda o`tdi.

23.04.2018

__________________________________________________________________________

Mini-futbol bo`yicha musobaqa bo`lib o`tdi

Joriy yilning 31 mart kuni “Davlat statistika qo`mitasi kubogi – 2018” mini-futbol musobaqasi bo`lib o`tdi. Mazkur musobaqa, Davlat statistika qo`mitasi, Yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkiloti hamda O`zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar birlashgan kasaba uyushmasi qo`mitasi hamkorligida Navro`z bayramiga bag`ishlab tashkil etildi.

Unda qo`mitaning Markaziy apparati, Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi hamda hududiy statistika boshqarmalari jamoalari o`zaro bellashishdi. Bunday tadbirlar, o`z navbatida, sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, jismonan baquvvat va ma`nan yetuk shaxslar jamiyatini barpo etishga xizmat qiladi. Shuningdek, qo`mita tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni sportning ommaviy turlariga keng jalb etish, o`zaro hamjihatlik, birdamlik va do`stona muhit orqali mehnat faoliyati samaradorligini yanada oshirishga ko`maklashishga qaratilgani bilan ham muhim ahamiyatga ega.

Mini-futbol musobaqasi yakunida g`oliblar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg`alari va diplomlar bilan taqdirlandi.

Mazkur mini-futbol musobaqasida Farg`ona viloyati statistika boshqarmasi jamoasi bosh sovrinni qo`lga kiritdi. Ikkinchi o`rinni Namangan viloyati statistika boshqarmasi va uchinchi o`rinni Andijon viloyati statistika boshqarmasi jamoalari egalladi.

02.04.2018

___________________________________________________________________________

Tbilisi shahrida “Turmush sharoitlari statistikasi” mavzusida xalqaro seminar tashkil etildi

2018 yilning 8-9 mart kunlari Gruziyaning Tbilisi shahrida “Turmush sharoitlari statistikasi” mavzusida seminar bo`lib o`tdi. Mazkur seminar Yevrostat va Latviya Markaziy statistika byurosi boshchiligida «Expertise France» kompaniyasi ko`magida tashkil etildi.

Unda Yevrostat, Latviya Markaziy statistika byurosi va Vengriya Markaziy statistika ofisi, shuningdek Armaniston, Ozarbayjon, Belarus Respublikasi, Gruziya, Qozog`iston, Qirg`iziston, Moldova, Tojikiston, Ukraina statistika idoralari xodimlari hamda Davlat statistika qo`mitasidan Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig`i J.Xakimov ishtirok etishdi.

Seminarda Yevropa Ittifoqining turmush darajasi statistikasi sohasiga oid huquqiy asoslari hamda Yevropa va boshqa mamlakatlarning turmush darajasi statistikasiga oid ma`lumotlarni yig`ish va tarqatilishida foydalanib kelayotgan xalqaro standartlar bo`yicha tajribalar muhokama qilindi. Shu bilan birga, aholi daromadlari va turmush sharoiti statistikasini o`rganish bo`yicha Yevropa Ittifoqining maxsus savolnomasiga (EU-SILC) asosan kuzatuv o`tkazish tartibi, amaliyotda qo`llanilishi hamda BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini monitoring qilish uchun qashshoqlik va tengsizlikni baholash bo`yicha, bevosita mazkur savolnomada aks ettirilgan ko`rsatkichlar muhokama qilindi. Shuningdek, seminar davomida mazkur sohada boshqa mamlakatlar tajribalari bilan o`rtoqlashildi.

Axborotlarni tarqatish, xalqaro axborot almashuv va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi

          13.03.2018

___________________________________________________________________________

8-MART BAYRAMINGIZ BILAN AZIZ AYOLLAR!

 O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi 8-mart Xalqaro xotin qizlar bayrami munosabati bilan mo`tabar ayollar, munis onaxonlar, dilbar opa-singillar, barcha xotin-qizlarni samimiy muborakbod etadi. Go`zal va betakror, sevgi-muhabbat va sadoqat timsoli bo`lgan Siz ayollarga sihat-salomatlik, bahoriy kayfiyat, baxt-saodat hamda oilaviy tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka doimiy hamroh bo`lsin.

Barcha ezgu orzu-niyatlaringiz amalga oshsin aziz va mo`tabar onaxonlar, ayollar, opa-singillar!

Samimiy va chuqur hurmat ila, Davlat statistika qo`mitasi 

         

          07.03.2018

___________________________________________________________________________

Ўзбекистон тараққиётида инвестицияларнинг роли ва уларни жалб этиш жозибадорлиги

Мамлакат ижтимоий-иқтисодий жиҳатдан тараққий этиши, барқарор иқтисодий ўсишга эришиши, аҳоли даромадларининг ошиши, турмуш шароитининг яхшиланиши аксарият ҳолатларда миллий иқтисодиётнинг турли соҳа ва тармоқларига жалб этилаётган инвестиция маблағларининг ҳажми ва таркибига боғлиқ. Шундай экан, ҳар бир мамлакат ижтимоий-иқтисодий ривожланиш стратегиясининг устувор йўналиши миллий иқтисодиётга инвестиция маблағларини жалб этишнинг жозибадор муҳитини шакллантиришга қаратилиши муқаррардир.(Batafsil) (62 KB) doc

          23.01.2018

___________________________________________________________________________

AHOLI UMUMIY DAROMADLARI

2017 yil yanvar-dekabr holatiga aholi umumiy daromadlari 186,2 trln. so’mni, bir kishiga o’rtacha hisoblaganda 5,8 mln. so`mni tashkil etdi. (Batafsil)

          13.01.2018

___________________________________________________________________________

Joriy yilning 9 yanvar kuni Davlat statistika qo’mitasida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda, ta’lim sohasi bo’yicha Davlat statistika qo’mitasi tomonidan yig’iladigan ma’lumotlar turlari, tarkibi, va ularning tarqatish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, uchrashuvda, Davlat statistika qo’mitasi tomonidan Xalq ta’limi vazirligi va boshqa idoralardan ta’lim sohasi bo’yicha statistik ma’lumotlarni yig’ish masalalari haqida so’z bordi.

Uchrashuv iliq va do’stona ruhda bo’lib o’tdi.

 

10.01.2018

___________________________________________________________________________

2017 yil dekabr oyi uchun O’zbekiston Respublikasining iste’mol sektorida inflyatsiya darajasi

 1. Iste’mol narxlari indeksi (INI) va inflyatsiya darajasi

2017 yilning dekabr oyida tovar va xizmatlar narxlari darajasi o’rtacha 2,7 %ga oshdi, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari  4,4 %ga, nooziq-ovqat mahsulotlari 1,8 %ga va xizmatlar 0,8 %ga ko’tarilgan. 

Diagrammada ko’rinmoqdaki, 2017 yil dekabr oyida asosiy inflyatsion omil sifatida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o’sishi bo’ldi (ta’sir ulushi 70,2 %).

Ma’lumot uchun: 2016 yilning dekabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining ko’tarilishi umumiy INI o’sishida 73,3 %, nooziq-ovqat mahsulotlari 22,2 %, xizmatlar 4,5 % ni tashkil etgan.

2. Oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol narxlari indeksi

Yuqorida qayd etilganidek, oziq-ovqat mahsulotlari oy davomida o’rtacha 4,4 %ga qimmatlashib, INI umumiy o’sishini 1,9 f.d1 ta’minladi.

Ma’lumot uchun: 2016 yilning dekabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari  2,0 %ga qimmatlashgan.

2017 yil dekabr oyida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o’sishi

(o’tgan oyga nisbatan % da)

2017 yil dekabr oyida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o’sishi bilan bir qatorda, ayrim  mahsulotlarning narxlari arzonlashganligi kuzatildi. Jumladan sabzi 15,9 %ga, karam 5,9 %ga, mosh 4,7 %ga va parranda go’shti mahsulotlari narxlari 4,5 %ga arzonlagan. 

3. Nooziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol narxlari indeksi

Nooziq-ovqat mahsulotlarining oy davomida 1,8 %ga qimmatlashdi, bu o’z navbatida umumiy INIning 0,6 % f.d. o’sishiga olib keldi.

Ma’lumot uchun: 2016 yilning dekabr oyida nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari o’sishi 0,8 %ni tashkil etgan.

Nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarining umumiy o’sishda  75,0 %ni quyidagi mahsulotlar hisobiga ro’y berdi:

 4. Xizmatlar iste’mol narxlari indeksi

Aholi uchun pullik xizmatlar sohasi dekabr oyida 0,8 %ga qimmatlashdi. Bu esa  iste’mol narxlari indeksining umumiy o’sishiga 0,2 % f.d.da ta’sir qildi.

Ma’lumot uchun: 2016 yilning dekabr oyida xizmatlar sohasi tarifi  0,3 %ga oshgan.

Ushbu sohada asosiy inflyatsion omil sifatida huquqiy xususiyatga ega xizmatlar va bank xizmati tariflari 15,0 %ga, maishiy xizmatlar 1,6 %ga, ta’lim xizmatlari 1,2 %ga va tibbiyot xizmatlari 1,1 %ga qimmatlashdi.

1 f.d.- foiz darajasi

          04.01.2018

___________________________________________________________________________

Hisobot taqdim etuvchi sub`ektlar diqqatiga!

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 dekabrdagi PF–5290-son “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida”gi Farmoni munosabati bilan, davlat statistika hisobotlarining quyidagi shakllarini topshirish muddatlari 2018 yil 6 yanvargacha (6 yanvarni ham qo`shib) uzaytiriladi:  Shakllar ro`yxati (23 kb)(docx).

Shu bilan birga, Davlat statistika qo`mitasi serverlari kechayu kunduz ishlashini va Siz hohishingizga qarab hisobotlarni belgilangan muddatdan avval yuborishingiz mumkinligini ma`lum qilamiz.

          30.12.2017

___________________________________________________________________________

Hisobot beruvchi tashkilotlar diqqatiga!

2018 yil uchun davlat statistika hisoboti shakllari Davlat statistika qo’mitasining 2017 yil 9 noyabrdagi 6-mb sonli qarori bilan tasdiqlandi

Davlat statistika qo’mitasining 2017 yil 9 noyabrdagi 6-mb-son qarori bilan tasdiqlangan, Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan (ro’yhat raqami 2956, 2017 yil 19 dekabr) 2018 yil uchun davlat statistika hisoboti shakllari Davlat statistika qo’mitasining rasmiy saytida quyidagi manzil bo’yicha joylashtirildi: https://stat.uz/uz/statinfo/metodologiya/hisobotlar-shakllari Ushbu davlat statistika hisobotlari hisobot topshiruvchi sub’ektlarga mo’ljallangan bo’lib, 2017 yil uchun yillik va 2018 yil davrlari uchun taqdim etiladi.

Shuni eslatib o’tmoqchimizki, barcha hisobot shakllari elektron ko’rinishda Internet tarmoғi orqali eStat 2.0. dasturidan foydalangan holda taqdim etilishi lozim.

          25.12.2017

___________________________________________________________________________

2017 yil 21 dekabr kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Davlat statistika qo`mitasi Raisi B.Begalov tomonidan navbatdagi sayyor qabuli o`tkazildi.

Davlat statistika qo`mitasining 2017 yilning 2-yarim yilligi ish rejasiga asosan 2017 yil 21 dekabr kuni  Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Qo`mita Raisi B.Begalov tomonidan navbatdagi sayyor qabuli o`tkazildi. Sayyor qabul yigilishida Sirdaryo viloyati hokimining birinchi o`rinbosari M.Eshmatov ham ishtirok etdi. Yig’ilishda qatnashgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari tomonidan qilingan murojaatlarning aksariyati yigilishning o`zida hal etildi. Shuningdek, B.Begalov ta’kidlaganidek, yig`ilishdan asosiy maqsad, viloyatdagi jismoniy va yuridik shaxslarni anchadan beri qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish hamda 2017 yil yakuni bo`yicha statistika tizimida erishilgan yutuqlar va 2018 yil mobaynida amalga oshirilishi lozim bo`lgan ishlar haqida ma`lumotlar berish.

 

          22.12.2017

___________________________________________________________________________

2017 yil 21 dekabr kuni soat 16-00da Toshkent moliya institutida “Milliy statistika tizimi, islohotlar, natijalar va kelgusidagi vazifalar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Davlat statistika qo`mitasi, Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar markazi, Toshkent moliya instituti xodimlari, talabalar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatida aytilganidek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 iyulda qabul qilingan “Davlat statistika qo`mitasi tizimi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir chora-tabirlar to`g`risida”gi PQ-3165 son qarorida statistika idoralari faoliyatini xalqaro amaliyotga yanada moslashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, statistik axborotlarning maksimal darajada ochiq-oydinligi va oshkoraligini ta`minlash masalalariga alohida e`tibor qaratilgan.

Mazkur tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida ko`rsatkichlarni hisobga olish, valyuta bozorini liberallashtirish natijasida makroiqtisodiy ko`rsatkichlar o`zgarishining statistik raqamlarda aks ettirilishi, statistik hisobotlardagi o`zgarishlarga oid bir qator savollarga hamda tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan boshqa savollarga ham atroflicha javob qaytarishdi.

          

          22.12.2017

___________________________________________________________________________

Toshkent viloyati Bekobod tumanida Davlat statistika qo`mitasi Raisi tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.

Davlat statistika qo`mitasi Raisi B.Begalov tomonidan navbatdagi sayyor qabul 2017 yil 9 dekabr kuni Toshkent viloyatining Bekobod tumanida o`tkazildi. Sayyor qabul tadbiri Bekobod tuman hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unga tumandagi jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari taklif etildi. Sayyor uchrashuvda Qo`mita Raisi B.Begalov tomonidan tadbirdan ko`zlangan asosiy maqsad, joriy yilda Qo`mita rahbariyati va hududiy statistika boshqarmalari boshliqlari joylarda xalq vakillari bilan ko`proq uchrashuvlarni tashkil etishga va ularning faoliyatlarida statistika sohasi yo`nalishlarida amaliy yordam berish ekanligi to`g`risida alohida ta`kidlab o`tildi.

Sayyor qabul uchrashuvida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari o`zlarini qiziqtirgan boshqa ko`plab savollarga javob oldilar.

          21.12.2017

___________________________________________________________________________

Davlat statistika qo`mitasi vakili “Tarqatish va kommunikatsiya” o`quv kursida ishtirok etdi.

2017 yilning 12-14 dekabr kunlari Madrid shahrida (Ispaniya) Yevrostat tomonidan Ispaniyaning Milliy statistika instituti bilan birgalikda “Tarqatish va kommunikatsiya” o`quv kursi tashkil etildi.

Bu o`quv kursida, Davlat statistika qo`mitasining Axborotlarni tarqatish, xalqaro axborot almashuv va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari – A.Sultanov ishtirok etdi.

O`quv kursida, ma`lumotlarni vizuallashtirish, statistik axborotlarni yetkazish va kommunikatsiyalar masalalari bo`yicha xorijiy mamlakatlarning zamonaviy tajribasi, shuningdek statistik ma`lumotlarni tarqatish kabi masalalar o`rganildi.

          21.12.2017

___________________________________________________________________________

Bangkok shahrida (Tailand) “Demografiya statistikasi va fuqarolik holati dalolatnomalarini ro’yxatga olish” mavzusida seminar bo’lib o’tdi.

Bangkok shahrida (Tailand) “Demografiya statistikasi va fuqarolik holati dalolatnomalarini ro’yxatga olish” mavzusida seminar bo’lib o’tdi.

 2017 yil 12-14 dekabr kunlari “Demografiya statistikasi va fuqarolik holati dalolatnomalarini ro’yxatga olish” mavzusida Bangkok shahrida (Tailand) seminar bo’lib o’tdi. Mazkur seminar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiya va Tinch Okeani bo’yicha ijtimoiy va iqtisodiy komissiyasi (ESKATO) tomonidan tashkil etildi.

Seminarda Davlat statistika qo’mitasining Demografik ko`rsatkichlarni shakllantirish va tahlil etish bo`limi yetakchi mutaxassisi D.Yeshniyazov ishtirok etdi.Seminarda Xitoy, Papua Yangi Gvineya, Vyetnam, Bangladesh, Afg’oniston, Fidji, Nauru, Brunei Darussalom, Rossiya Federatsiyasi, Gruziya hamda O’zbekiston davlatlari Adliya vazirligi va Statistika idoralari xodimlari, UNICEF vakili ishtirok etishdi. Seminarda fuqarolik holati dalolatnomalarini ro’yxatga olish tizimida qilingan ishlar hamda uni yanada takomillashtirish, mazkur tizimda ishtirok etuvchi javobgar vazirlik va idoralar o’rtasida ma’lumot almashinuvi yo’lga qo’yish masalalari muhokama qilindi.

          19.12.2017

___________________________________________________________________________

Olmaota shahrida (Qozog`iston) “Bir makon - bir yo`l” tashabbusining Markaziy Osiyo davlatlari makroiqtisodiyotiga ta`sirini tushunish va baholash” mavzusida seminar bo`lib o`tdi.

Olmaota shahrida (Qozog`iston) “Bir makon - bir yo`l” tashabbusining Markaziy Osiyo davlatlari makroiqtisodiyotiga ta`sirini tushunish va baholash” mavzusida seminar bo`lib o`tdi.

2017 yilning 11-12 dekabr kunlari “Bir makon - bir yo`l” tashabbusining Markaziy Osiyo davlatlari makroiqtisodiyotiga ta`sirini tushunish va baholash” mavzusida Olmaota shahrida (Qozog`iston) seminar bo`lib o`tdi. Mazkur tadbir Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo`yicha departamenti (yuNDeSA) hamda Osiyo va Tinch okeani bo`yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (eSKATO) tomonidan tashkil etildi.

Seminarda Davlat statistika qo`mitasining Yig`ma-axborot ishlari boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari - Yig`ma tezkor ma`lumotlarni va indikator ko`rsatkichlarini shakllantirish bo`limi boshlig`i O.Rustamov ishtirok etdi.

Mazkur seminarda BMTning iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo`yicha departamenti, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, BMTning statistika bo`limi, Xalqaro oziq-ovqat siyosati bo`yicha ilmiy-tadqiqot instituti (IFPRI), Mintaqaviy taraqqiyot tadqiqotlari markazlari ekspertlari hamda turli davlatlarning Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank va milliy statistika idoralari vakillari ishtirok etishdi.

Seminarda “Bir makon - bir yo`l” tashabbusining Markaziy Osiyo davlatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta`siri hamda ushbu loyihani amalga oshirish natijasida Barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish masalalari muhokama qilindi. Xususan, “Bir makon - bir yo`l” tashabbusini amalga oshirish natijasida Markaziy Osiyo davlatlariga investitsiya oqimlarining ko`payishi, tashqi savdo aylanmasining oshishi, yangi tranzit temir yo`llarining barpo etilishi, zamonaviy va yuqori samarador texnologiyalarni joriy qilish yo`li bilan sanoat sohasining rivojlanishi va ishlab chiqarish quvvatlarining oshishi, turizmning rivojlanishi hamda ushbu tashabbusning aholi migratsiyasi jarayonlariga ta`siri kabi masalalar muhokama qilindi.

          19.12.2017

___________________________________________________________________________

Davlat statistika qo`mitasida BMT Taraqqiyot Dasturi vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Joriy yilning 18 dekabr kuni Davlat statistika qo`mitasida BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda, BMT Taraqqiyot DasturI tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar doirasida barqaror rivojlanish maqsadlari bo`yicha izlanishlar olib borishda kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi.

Uchsharuv iliq va do`stona ruhda o`tdi.

          18.12.2017

___________________________________________________________________________

2017 yil 29 noyabr kuni Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston milliy universitetida “Milliy statistika tizimi, islohotlar, natijalar va kelgusidagi vazifalar” mavzusida ilmiy-uslubiy seminar tashkil etildi.

Tadbirda Davlat statistika qo`mitasi , Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar markazi, Toshkent moliya instituti,  O`zbekiston milliy universiteti xodimlari, talabalar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Seminarda aytilganidek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil        31 iyulda qabul qilingan “Davlat statistika qo`mitasi tizimi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir chora-tabirlar to`g`risida”gi PQ-3165 son qarorida statistika idoralari faoliyatini xalqaro amaliyotga yanada moslashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, statistik axborotlarning maksimal darajada ochiq-oydinligi va oshkoraligini ta`minlash masalalariga alohida e`tibor qaratilgan.

Seminarda  Davlat statistika qo`mitasi boshqarma boshliqlari tomonidan “O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 iyuldagi 3165-sonli qarori ijrosi yuzasidan Davlat statistika qo`mitasi tizimida olib borilayotgan ishlar”,  “Milliy hisoblar tizimi - 2008 ni milliy statistika amaliyotiga joriy qilish masalalari”, “O`zbekiston Respublikasida ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish maqsadlari” mavzularida taqdimotlar qilindi.

Tadbirda ta`kidlanganidek, qaror ijrosini ta`minlash yuzasidan Davlat statistika qo`mitasida kompleks chora-tadbirlar dasturi, nazorat rejasi va vazifalarning har bir bandi ijrosi bo`yicha xarakat rejalari ishlab chiqildi, Davlat statistika qo`mitasi markaziy apparati va hududiy bo`linmalari tarkibi qaytadan ko`rib chiqildi va qo`mita markaziy apparati tarkibida yangi boshqarmalar tashkil etildi, Statistik axborotlarning maksimal darajada ochiqligini ta`minlash maqsadida e`lon qilinadigan ko`rsatkichlar tarkibi qayta ko`rib chiqilib,  kengaytirildi, Qo`mitaning rasmiy veb-sayti tahliliy ma`lumotlar, byulletenlar, doklad va press-relizlar bilan muntazam ravishda boyitib borilmoqda.

Shuningdek, Davlat statistika qo`mitasining mas`ul xodimlari tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan boshqa savollarga ham atroflicha javob qaytarishdi.

          29.11.2017

__________________________________________________________________________

Davlat statistika qo’mitasida “Uy xo’jaliklari tanlanma kuzatuvlarini tashkil etish tartibi va qoidalariga rioya qilinishi, ushbu jarayonda to’ldirilgan savolnomalar sifati va haqqoniyligini ta’minlash” mavzusida mintaqaviy o’quv seminari o’tkazildi.

Joriy yilning 23 noyabr kuni Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyati statistika boshqarmalari Turmush darajasi statistikasi va uy xo’jaliklari kuzatuvlari bo’limi mutaxassislari (intervyuerlari) tomonidan 2017 yil oktabr oyida kuzatuv olib borilgan uy xo’jaliklari bilan qayta so’rov o’tkazildi. Seminarda dastavval ushbu monitoring natijasida kuzatilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari haqidagi hisobotlar tinglandi.

Seminarda Uy xo’jaliklari tanlama kuzatuvlarini tashkil etish va o’tkazish umumiy tartib qoidalariga, kunlik xarajatlarni hisobga olish kundaligi va savolnomalar bo’yicha so’rov o’tkazish tartib qoidalariga amal qilinishi lozimligi yana bir bor ta’kidlab o’tildi. Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlari tomonidan Qo’mitaga taqdim etilgan elektron ma’lumotlar ba’zasida yuzaga kelgan xato va kamchiliklar to’g’risida ham to’xtalib o’tildi hamda ushbu xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Shu bilan birga 2018 yil uchun Davlat statistika qo’mitasi tomonidan tasdiqlangan Uy xo’jaliklarida kuzatuv o’tkazish bilan bog’liq savolnomalarga kiritilgan qo’shimcha va o’zgartirishlar to’g’risida seminar qatnashchilariga tushunchalar berib o’tildi.

 

          27.11.2017

__________________________________________________________________________

Joriy yilning 24 noyabr kuni Davlat statistika qo`mitasida Xalqaro valyuta fondi eksperti bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda, to`lov balansi statistikasini shakllantirish, tashqi savdo statistikasi, uy xo`jaliklarini kuzatuvi, sanoat va taqshi iqtisodiy faoliyat statistikasi masalalari muhokama etildi. Uchsharuv iliq va do`stona ruhda o`tdi.

 

          24.11.2017

__________________________________________________________________________

Joriy yilning 22 noyabr kuni Davlat statistika qo`mitasi Raisi Bahodir Begalov bilan O`zbekistondagi Germaniya Federativ Respublikasi elchisi Gyunter Overfeld uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda, O`zbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi o`rtasida ko`plab sohalardagi samarali hamkorlik yo`lga qo`yilayotganligi e`tirof etilib, ikki davlat statistika organlari o`rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi.  

Uchrashuv yakunida Germaniya Federativ Respublikasi elchisi Davlat statistika qo`mitasi rahbariyatiga tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorchilik bildirdi va kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirdi.

Uchrashuv iliq va do`stona ruhda bo`lib o`tdi.

          23.11.2017

__________________________________________________________________________

Birlashgan Millatlar tashkiloti va YuNDAF bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashning birgalikdagi yig`ilishi.

2017 yilning 13 noyabrida “Radisson Blu Tashkent” mehmonxonasida Birlashgan Millatlar tashkiloti va YuNDAF bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashning birgalikdagi ikkinchi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu tadbirda 2017-2020 yillardagi O`zbekiston Respublikasi va Birlashgan Millatlar tashkilotining hamkorligini yanada rivojlantirish bo`yicha amaliy choralar Rejasi (“Yo`l xaritasi”) muhokama qilindi. 

Bundan tashqari, ishtirokchilar Yo`l xaritasi, Harakatlar strategiyasi (2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi), barqaror rivojlanish sohasidagi Kun tartibi va YuNDAF orasidagi o`zaro bog`liqligi bilan ham tanishtirildi.

Yig`ilishda BMT Bosh kotibining yordamchisi Jixan Sultono`g`li xonim, BMTning O`zbekiston Respublikasidagi doimiy muvofiqlashtiruvchi vakili Xelena Freyzer xonim hamda tegishli vazirlik va idoralar, shu jumladan Davlat statistika qo`mitasi vakillari ishtirok etdilar.

          14.11.2017

__________________________________________________________________________

Davlat statistika qo`mitasida Yevropa ittifoqi komissiyasi ekspertlari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

2017 yil 13 noyabr kuni, Davlat statistika qo`mitasida Yevropa ittifoqi komissiyasi ekspertlari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda, davlat statistika organlarining faoliyati, ekspertlarning ishi uchun zarur bo`lgan statistik ma`lumotlarni o`z vaqtida va qulay tarzda taqdim etilishi masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv iliq va do`stona ruhda o`tdi.

          13.112017

__________________________________________________________________________