Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasi

1-K shakli (aylıq) hár ay, esabat dáwirinen keyingi aydıń 2-sánesinen keshiktirmey;   elektron kóriniste tapsırıwdı umıtpań!!! 1-K shakli (месячная) не позднее 2-го числа месяца, после отчетного периода;   Пожалуйста, не забудьте предоставить отчеты в электронном виде!!!

QR yangiliklari

Rustam Jangaboyevga “Nexia” avtomobilining kaliti topshirildi.

Nukusda joriy yil sentabr oyida Turkmanistonning Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tgan Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlari sovrindori bo‘lgan qoraqalpog‘istonlik sportchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yangidan bunyod etilgan Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan oliy sport mahorat maktabida tashkil etilgan tadbirda sport faxriylari, murabbiylar, yosh sportchilar ishtirok etdi.

Qit’amizning eng kuchli sportchilari bellashgan nufuzli musobaqada mamlakatimiz terma jamoasi tarkibida qatnashgan og‘ir atletikachi Rustam Jangaboyev birinchi o‘rinni egallab, oltin medalga sazovor bo‘ldi. U 2016 yili Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida oltinchi o‘rinni, Qatarning Doxa shahrida o‘tkazilgan Osiyo kubogi musobaqasida birinchi o‘rinni, joriy yil aprel oyida Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida birinchi o‘rinni egalladi.

Tadbirda Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib, xalqaro musobaqalarda yurtimiz dovrug‘ini dunyoga tanitgan sportchi Rustam Jangaboyevga “Nexia” avtomobilining kaliti topshirildi.

Shuningdek, V Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli qatnashib, bronza medalga sazovor bo‘lgan sportchilar – muaytay bo‘yicha Ubbiniyoz To‘reniyozov, erkin kurash bo‘yicha Davletbike Yaxshimuratova va Sevara Yeshmuratova hamda sportchilarni musobaqalarga tayyorlagan murabbiylar Mansur Chashimov, Qutlimurat Jumanov, Damir Hasanov va Nukusboy Daniyorovga televizorlar topshirildi.

G‘olib sportchilarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Erniyazov tabriklab, sovg‘alar topshirdi.

          16.11.2017

__________________________________________________________________________

Qarao’zak tumanida erkaklar uchun shim ishlab chiqaruvchi yangi tsex ish boshladi.

Shu yilning sentyabr oyidan boshlab Qarao’zak tumanida “Shamshirgaron effekt” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli tikuvchilik tsexi o’zining dastlabki mahsulotini ishlab chiqarishni boshladi.

Asosan erkaklar uchun shim ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonaga “Milliy bank” ning Buxoro viloyati bo’limidan 290 million so’mlik imtiyozli kredit hisobidan Xitoy, Germaniya va Yaponiya singari rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalar olib kelindi. Bugungi kunda 25 nafar xotin-qizlar, shundan kasib-hunar kolledjlarining bitiruvchilari asosiy ish o’rni bilan ta’minlandi. Ular orasida imkoniyati cheklangan ekki fuqaro mehnat qilmoqda. Hozirgi vaqtda har kuni 100 dona, oyiga 3000 donadan ortiq mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Bu mahsulotlarga ichki va tashqi bozorlarda ehtiyoj kuchli. Shuni hisobga olgan holda mahsulotning bir qismini Qozog’iston va Rossiya davlatlariga eksport qilish rejalashtirilgan.

Korxona boshlig’i Farrux Rasulovning ta’kidlab o’tganidek, yaqin kunlarda ishlab chiqarishni kengaytirish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, mahsulot turlarini ko’paytirish va uning sifatini oshirish ilojlari ko’rilmoqda. Shuning hisobidan qo’shimcha 40-50 yangi ish o’rni yaratiladi.

          14.11.2017

___________________________________________________________________________

Nukus shahrida yana bir yirik sanoat korxonasi – “Nukus polimer” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshladi.

Eng ulug‘, eng aziz ayyom – Vatanimiz mustaqilligining 26-yilligi keng nishonlanayotgan shu kunlarda Nukus shahrida yana bir yirik sanoat korxonasi – “Nukus polimer” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshladi. 


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 20-21-yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi chog‘ida Nukus shahrida quriladigan polimer mahsulotlari zavodi uchastkasida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha bir qator ko‘rsatma va topshiriqlar berdi. Import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish orqali aholi bandligini ta’minlash zarurligini ta’kidladi. 

Ana shunday loyihalardan biri – umumiy qiymati 27,1 milliard so‘m bo‘lgan “Nukus polimer” korxonasi qurilishi qisqa fursatlarda sifatli amalga oshirilib, foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Q.Sariyev, “Uz-Kor Gas Chemical” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma korxona direktori o‘rinbosari J.Sharipov va boshqalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida sanoat ishlab chiqarish ko‘lami kengayib, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar sifati va hajmi ortayotganini ta’kidladi. Bu yurtimiz iqtisodiyotini yuksaltirish bilan birga, aholi bandligini ta’minlash va turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Qariyb 2 gektar maydonni egallagan ushbu korxonada polietilen va polipropilen granulalar qayta ishlanib, gaz va kanalizatsiya tarmoqlari uchun zamonaviy plastmassa quvurlari ishlab chiqarilmoqda. Joriy yil oxiriga qadar korxonaning uchinchi va to‘rtinchi liniyalari ishga tushirilgach, 138 kishi doimiy ish bilan ta’minlanadi. Bu yerda yiliga 8 ming tonna polietilen va polipropilen granulalaridan diametri 16 millimetrdan 630 millimetrgacha bo‘lgan 12 xil quvur ishlab chiqariladi.

          04.09.2017