So'nggi yangiliklar

2024-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklarida yirik shoxli qoramollar bosh soni 1.232,1 ming taga yetdi.

2023-yil yanvar-iyun holatiga, Amudaryo tumani bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 755,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan 108,7 % ni tashkil etdi.

 2024-yilning 1-aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 963 262 kishini tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari hajmi 111 914 mlrd. soʻmni  tashkil etdi, shundan eng koʻp qurilishi ishlari hajmi kichik korxonalar tomonidan, 48 870,3 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 24,6 mln. litr tabiiy mineral gazli suvlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 1,8 barobarga oshgan.

Joriy yilning 16-aprel kuni “InterContinental Tashkent” mehmonxonasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari qoʻmitasi hamda YEXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda inklyuziv boshqaruv va qarorlar qabul qilish yoʻlida ochiq gender maʼlumotlarini takomillashtirish boʻyicha xalqaro seminar boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 8–14-aprel kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi tomonidan  “Xon atlas – 2024” festivali oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida respublikaning barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 0,3 % ni tashkil etib, 2023-yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 4,5 % punktga kamaygan.

Ichki savdo ko‘rsatkichlarini shakllantirishda uyushmagan savdo tovar aylanmasi ham hisoblanadi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha qurilish ishlarining asosiy qismi bino va inshootlarni qurishga 515,6 mlrd. so‘m, ulushi 70,5 % ni, fuqarolik obyektlarini qurishga 181,3 mlrd. so‘m, ulushi 24,8 % ni, ixtisoslashtirilgan qurilish ishlariga 34,6 mlrd. so‘m va ulushi ulushi 4,7 %ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 1 108,6 tonna oʻrik sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 4,2 barobarga oshgan.

2024-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda 1 km. kv. yer maydoniga oʻrtacha 82 nafar doimiy aholi soni toʻgʻri keladi.

2024-yil yanvar-fevral yakunlari boʻyicha sogʻliqni saqlash sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 1 530,8 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, 10 yosh va undan katta yoshdagi aholining oʻz uyida internetdan foydalanayotganlar ulushi 67,0 % ni tashkil etdi.

Suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish–qattiq va suyuq, sanoat va maishiy, shuningdek, zaharlangan chiqindilarning barcha turlariga ishlov berish (yigʻish, qayta ishlash va yoʻqotish)ni oʻz ichiga oladi.

Rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish–rezina va plastikdan mahsulot ishlab chiqarishni, ishlab chiqarishda foydalanadigan xomashyo materiallarini oʻz ichiga oladi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida chakana savdoning ulushi savdo xizmatlari umumiy hajmining deyarli to‘rtdan uch qismini, ya’ni 80,0 foizni tashkil etdi.