So'nggi yangiliklar

2023-yil yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklardan 67,2 ming tonna meva va rezovorlar yetishtirildi.

2024-yil 1-aprel holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning soni (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) 25 147 tani tashkil etib, ulardan kichik korxona va mikrofirmalar 21 275 tani tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 176 523,9 mlrd. soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

2024-yilning 1-aprel holatiga Oʻzbekistonning doimiy aholisi qariyb 37 mln kishini tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-fevral oylari yakuniga koʻra, kompyuter va periferik uskunalarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar hajmi 181 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, 10 yosh va undan katta yoshdagi aholining ish joyida internetdan foydalanayotganlar ulushi 14,2 % ni tashkil etdi.

2024-yil 17-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Markaziy apparat xodimlari hamda Raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt sohasidagi xalqaro ekspertlari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Beruniy tumanida chakana savdoning ulushi savdo xizmatlari umumiy hajmining, ya’ni Qoraqalpog`iston Respublikasida ulishi  24,9  foizni tashkil etdi.

2023-yil yanvar-dekabr holatiga, Kegeyli tumani bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 565,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan 104,6 % ni tashkil etdi.

2023-yil yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida tashish va saqlash bo‘yicha xizmatlar sohasida 1 706,5 mlrd.so‘m miqdorda qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 2,9 % ga yuqoridir.

2024-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklarida yirik shoxli qoramollar bosh soni 1.232,1 ming taga yetdi.

2023-yil yanvar-iyun holatiga, Amudaryo tumani bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 755,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan 108,7 % ni tashkil etdi.

 2024-yilning 1-aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 963 262 kishini tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari hajmi 111 914 mlrd. soʻmni  tashkil etdi, shundan eng koʻp qurilishi ishlari hajmi kichik korxonalar tomonidan, 48 870,3 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 24,6 mln. litr tabiiy mineral gazli suvlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 1,8 barobarga oshgan.

Joriy yilning 16-aprel kuni “InterContinental Tashkent” mehmonxonasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari qoʻmitasi hamda YEXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda inklyuziv boshqaruv va qarorlar qabul qilish yoʻlida ochiq gender maʼlumotlarini takomillashtirish boʻyicha xalqaro seminar boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 8–14-aprel kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi tomonidan  “Xon atlas – 2024” festivali oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida respublikaning barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.