So'nggi yangiliklar

2024-yil yanvar-mart oylarida Nukus shahrida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 790,3  mlrd. so‘mni yoki 2023-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 171,5 foizni tashkil qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 21,3 % ni tashkil etdi yoki 239,0 mlrd.so‘m miqdorida qayd etildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-aprel holatiga Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda sigirlar soni 4,9 mln. boshni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Mo‘ynoq tumanida aloqa va axborotlashtirish sohasida ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 5,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, o'sish sur'ati 2023-yilning mos davriga nisbatan 132,0 %ni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Chimboy tumanida 114,8 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 115,1 % ni tashkil etgan.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida Beruniy tumanining chakana savdo tovar aylanmasi 148,3 mlrd. so‘mni yoki 2023-yilning shu davriga nisbatan 107,4 % ni tashkil qildi.

2024-yil yanvar-mart oylari holatiga Amudaryo tumanining tashqi savdo aylanmasi hajmi 2,5 mln. AQSh dollariga yetdi.

Qoraqalpog‘istonRespublikasida sanoatning asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘i (26230,6 ming so‘m),elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash (7544,5 ming so‘m) hamda ishlab chiqarish sanoati (6075,7 ming so‘m) da kuzatildi.

Qoraqalpog‘istonRespublikasida 2024-yil 1-aprel holatiga doimiy aholi soni 2008,8ming kishini tashkil etib,yil boshiga nisbatan 6,1 ming kishiga yoki 0,3 % ga ko‘paydi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 80,8 mlrd. so‘m yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmidagi ulushi 1,6 % ga to‘g‘ri keldi.

2024-yilning yanvar-mart oylari holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 1190,8 ming. so‘mni 2023-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 105,1 % tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oyida yirik korxonalar tomonidan 2 ming tonna vafli mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 2,3 barobarga oshgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 92,6 % ni tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YAHM) hajmi joriy narxlarda 7 071,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2023-yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 5,6 % ga o‘sdi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmining 90,1.% i – dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar (2023-yilning yanvar-mart oylarida 90,1.%), 8,8.% i – o‘rmon xo‘jaligi (8,8.%), 1,1.% i – baliqchilik xo‘jaligi (1,1.%) hissasiga to‘g‘ri keldi.

Joriy yilning 26-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-jıl 4-mart kungi PQ-114-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-aprel kungi  PQ-157-sonli “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni qurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-aprel kungi PQ-158-sonli “Islom taraqqiyot banki va Opek xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “M39 “Olmaota - Bishkek – Toshkent- Shahrisabz- Termiz” Avtomobil yo‘lining 1255 - 1315 km (60 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari to‘g‘risida tushuntirildi.

Joriy yilning 26-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida boshqarma boshligʻi oʻrinbosarlari S.Bekmuratov va K.Omarovlar rahbarligida statistika bo‘limi xodimari uchun seminar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-mart  oylarida Nukus tumaning tashqi savdo aylanmasi 3906,7 mingta. AQSH dollar bo'lib, 493,8  foyizni tashkil etdi.