So'nggi yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yil 1-aprel holatiga doimiy aholi soni 36 963,3 ming kishini tashkil etgan boʻlib, shundan 18 608,7 ming nafari (50,3 %) erkaklar, 18 354,6 ming nafari (49,7 %) esa ayollar hissasiga toʻgʻri keladi.

2024-yil yanvar-fevral oylarida 155,9 ming nafar Qozogʻiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

2023-yil yakunlariga ko‘ra, xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 437,8 trln. so‘mni tashkil etdi va 2022- yil bilan taqqoslaganda 6,8 % ga o‘sdi.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, tovar yoki xizmatlar haqida ma'lumot olish uchun internetdan foydalanayotgan 10 yosh va undan katta aholi ulushi 12 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida Ellikqal’a tumanida chakana savdo tovar aylanmasi 143,3 mlrd. so‘mni yoki 2023-yilning shu davriga nisbatan 107,0 % ni tashkil qildi.

Dastlabki  ma’lumotlarga asosan  joriy yilning yanvar-mart oylarida Ellikqal’a tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 160,4 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 104,7 % ni tashkil etdi.

2023-yil yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklardan 398,3 mln. dona tuxum yetishtirildi.

2024-yilning 1-aprel holatiga Oʻzbekistonda 1 km. kv. yer maydoniga oʻrtacha 82,3 nafar doimiy aholi soni toʻgʻri keladi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, 10 yosh va undan katta yoshdagi aholining mobil tarmoq orqali internetdan foydalanuvchilar ulushi 50,1 % ni tashkil etdi.

2023-yil yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklardan 333,4 ming tonna sabzavot yetishtirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmida kichik korxona subyektlarining ulushi 52,8 foizni, shu jumladan, 19,2 foizni kichik tadbirkorlik va mikrofirmalarning ulushi tashkil etdi.

2024-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar o‘sish sur’ati 2020-yilning mos davriga nisbatan 116,1 foizni tashkil etdi.

2024-yilning 1-mart holatiga koʻra, savdo sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 153 795 tani tashkil etdi.

2024-yilning 1-yanvar holatiga faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 417,1 mingtani tashkil etgan.

2023-yil yanvar-dekabr holatiga, Beruniy tumani bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 2 166,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan 102,4 % ni tashkil etdi.

2024-yil yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar 971 tani tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Statistika kengashining 2024-yil 22-martdagi 1-son bayoniga berilgan ustuvor vazifalar ijrosini, jumladan, yuridik shaxslar hisobini yuritishda o‘zaro ma’lumotlar bir xilligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasida tuzilgan ishchi guruh bilan joylarga chiqgan holda o'rganishlar olib  borilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi – 16 548,3 mlrd. so‘mni shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 15 605,2 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 681,3 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 261,9 mlrd. so‘mni tashkil qildi.