So'nggi yangiliklar

2025-yil yanvar-iyul oylarida  Qo‘ng‘irot  tumanida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 2507,4 mlrd so‘mni yoki 2024-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 154,0 % ni tashkil qildi.

2025-yilning yanvar-iyul oylarida Nukus shahrida transport xizmatlari hajmi  738,1  mln so‘mni tashkil etdi.

2025 yilning yanvar-iyul oylarida Bo‘zatov tumanida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 73,4 mlrd so‘mni tashkil etdi. O‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 110,5  % ni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida Ellikqal’a tumanida 354,8 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2024-yilning mos davriga nisbatan 112,9 foizni tashkil etdi.

2025- yilning yanvar-iyun oylarida Nukus shahrida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlari hajmi 22,5 mlrd so‘mni yoki 2024- yilning mos davriga nisbatan 101,1 % ni tashkil qildi.

2025-yil yanvar-iyul oylarida Beruniy tumanida asosiy kapitalga investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 655,7 mlrd so‘mni yoki 2024-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 241,9 % ni tashkil qildi.

2025-yilning yanvar-iyun oylarida Qorao‘zak tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1 191,5 tonna sabzavotlar yetishtirildi.

2025- yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, Shumanay tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklarida yirik shoxli qoramollar bosh soni 68,9 ming taga yetdi.

2025- yilning yanvar-iyul oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining import hajmi 158 743,6 ming AQSH dollariga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2024- yilning mos davriga nisbatan 10,5 % ga ko‘paydi.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida  Qonliko‘l tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 297,9 mlrd so‘mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 101,2 % ni tashkil etdi.

2025-yilning yanvar-iyul oylarida Ellikqal’a tumanida chakana savdo tovar aylanmasi 468,0 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 109,1 % ni tashkil etdi.

2025-yilning 1-iyul holatiga Xo‘jayli tumani boʻyicha jami doimiy yashovchi aholi soni 130,6 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 0,3 ming kishiga yoki 0,2 foizga ko‘paydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-iyul oylarida respublikamizda ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 6 959,4 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar-iyul oylari holatiga respublikamizda sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan chet el investitsiyasi ishtirokida korxona va tashkilot soni 86 taga yetdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida Chimboy tumanida jami 95,1 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

2025-yilning yanvar-iyun oylarida Bo‘zatov tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1 185,9 tonna donli ekinlar yetishtirilgan bo'lib, o'sish sur'ati 2024-yilning mos davriga nisbatan 119,8 % ni tashkil etgan.

Aholini roʻyxatga olish — bu davlat tomonidan muayyan hududda istiqomat qiluvchi barcha fuqarolar va aholining boshqa kategoriyalari haqida batafsil va tizimli maʼlumotlar yig‘ish jarayonidir.

2025-yilning yanvar-iyul oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 21,2 % ni tashkil etgan, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan fizik hajm indeksi 19,0 % ga koʻpayib, ishlab chiqarish hajmi 2 776,6 mlrd so‘mga to‘g‘ri keldi.