So'nggi yangiliklar

Aholini ro‘yxatga olish – har bir davlatda ijtimoiy va iqtisodiy rejalashtirishda muhim o‘rin tutadigan milliy ahamiyatga ega jarayondir.

2025-yilning yanvar-iyun oylarida Taxtako‘pir tumanida aloqa va axborotlashtirish sohasida ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 9,1 mlrd so‘mni tashkil etib, o'sish sur'ati 2024-yilning mos davriga nisbatan 108,5 % ni tashkil etgan. 

2025-yilning yanvar-iyun oylarida Shumanay tumanida 137,4 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 110,9 % ni tashkil etgan. 

2025- yilning yanvar-iyun oylarida Chimboy tumani bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 285,4 mlrd so‘mni yoki 2024- yilning shu davriga nisbatan 111,0 % ni tashkil qildi.tashkil etdi.

2025-yil yanvar-iyun oylarida Ellikqal’a tumanida asosiy kapitalga investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 264,6 mlrd so‘mni yoki 2024-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 126,6 foizni tashkil qildi.

2025-yil yanvar-iyun oylarida To‘rtko‘l tumanida 395,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, 2024-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 106,7 % ni tashkil etdi. 

2025- yilning yanvar-iyun oylarida Nukus shahrining tashqi savdo aylanmasi 132,9 mln AQSH dollarni, jumladan eksport 84,8 mln AQSH dollarni, import 48,7 mln AQSH dollarni, shuningdek tashqi savdo saldosi 36,1 mln AQSH dollarni tashkil etdi.

2025-yilning yanvar-iyun oylarida Qo‘ng‘irot tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1 287,8 tonna sabzavotlar yetishtirildi.

2025-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 12,2 kishi to‘g‘ri kelgan. (2024-yil 1-iyul holatiga 1 kv.km.ga 12,1 kishi).

2025-yil yanvar-iyun oylarida Kegeyli asosiy kapitalga investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 160,4  mlrd. so‘mni yoki 2024-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 322,9 % ni tashkil qildi.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2025-yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sanoat korxonalari tomonidan 12 960,0 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2024-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 102,2 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 25-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.

2025- yilning 1- iyul holatiga Qoraqalpog'iston Respublikasi bo‘yicha doimiy aholi soni 2 040,7 ming kishini tashkil etdi. Bu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 0,5 % ga koʻpaygan.

2025-yilning yanvar-iyun oylarida Taxiatosh tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 3 228,7 tonna donli ekinlar yetishtirilgan bo'lib, o'sish sur'ati 2024-yilning mos davriga nisbatan 105,9 % ni tashkil etgan.

2025-yilning yanvar-iyun oylarida Amudaryo tumanida 198,4 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2024- yilning mos davriga nisbatan 105,6 % ni tashkil etdi.

2025-yilning yanvar-iyun oylarida Shumanay tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 237,0 mlrd so‘mlik hududiy sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 137,7 % ni tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YAHM) hajmi joriy narxlarda 22 747,8 mlrd so‘mni tashkil etdi va 2024- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 5,2 % ga o‘sdi.

2025- yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 5 009,6 mlrd so‘mni yoki 2024- yilning mos davriga nisbatan 103,6 % ni, shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari 1 291,5 mlrd so‘mni (105,2 %), chorvachilik mahsulotlari 3 718,1 mlrd so‘mni (103,0 %) tashkil qildi.