Joriy yilning 3-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda Statistika boshqarmasi rahbariyati, bo‘lim boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika bo‘limi xodimlari qatnashdi.
Seminarda Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bola huquqlarining kafolatlarini yanada kuchaytirishga hamda tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 2026-yil 1-iyul kungi OʻRQ-1156-sonli qonunining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari haqida tushuntirildi.
Shuning bilan birga seminar davomida ushbu Qonun bolaning eng ustun manfaatlarini toʻlaqonli taʼminlashga, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar va ularning bolalari ijtimoiy himoya qilinishini yanada kuchaytirishga xizmat qilishi haqida tushuntirildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, mavzular yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.





