Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-may oylarida Qoraqalpg‘iston Respublikasida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 16 844,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 16,9 foizga oshdi.
Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi asosiy turlar bo‘yicha quyidagicha:
savdo xizmatlari — 4 150,0 mlrd so‘m;
yashash va ovqatlanish xizmatlari — 4 590,5 mlrd so‘m;
transport xizmatlari — 2 681,2 mlrd so‘m;
moliyaviy xizmatlar — 2 051,7 mlrd so‘m;
aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 618,1 mlrd so‘m;
ta’lim sohasidagi xizmatlar — 533,8 mlrd so‘m;
ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar — 250,5 mlrd so‘m;
shaxsiy xizmatlar — 441,2 mlrd so‘m;
sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 158,6 mlrd so‘m;
kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar — 377,1 mlrd so‘m;
ijara xizmatlari — 259,4 mlrd so‘m;
me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar — 120,9 mlrd so‘m;
boshqa xizmatlar — 611,7 mlrd so‘m.



