Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yilning yanvar–iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 19 731,3 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2025- yilning mos davriga nisbatan 17,8 foizga oshgan.
Xizmat turlari bo‘yicha o‘sish sur’atlari:
transport xizmatlari — 139,3 foiz;
ijara xizmatlari — 127,1 foiz;
moliyaviy xizmatlar — 120,6 foiz;
me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar — 118,6 foiz;
aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 117,8 foiz;
ta’lim sohasidagi xizmatlar — 117,7 foiz;
kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar — 113,9 foiz;
savdo xizmatlari — 112,8 foiz;
shaxsiy xizmatlar — 112,6 foiz;
ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar — 111,4 foiz;
sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 109,5 foiz;
yashash va ovqatlanish xizmatlari — 109,1 foiz;
boshqa xizmatlar — 105,4 foiz.




