18/08/2026

Joriy yilning 18-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. 

Unda Statistika boshqarmasi rahbariyati, bo‘lim boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika bo‘limi xodimlari qatnashdi.

O‘quv seminarda O‘zbekiston Respublikasida notarial harakatlarni elektron shaklda va masofadan turib amalga oshirish bo‘yicha huquqiy asoslar bosqichma-bosqich takomillashtirilayotganligi, xususan, notariuslar faoliyatini raqamlashtirish, fuqarolarga notarial xizmatlardan onlayn foydalanish imkoniyatini yaratish hamda videokonferensaloqa orqali notarial harakatlarni amalga oshirish mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotganligi haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining “Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning maksimal miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻining (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 29-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3235) mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari haqida tushuntirildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, mavzular yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.