16 Fevral 2026

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida buyuk shoir, sarkarda va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi hamda san’at sultoni, yirik davlat arbobi Alisher Navoiyning 585 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Statistika boshqarmasi rahbariyati, xodimlar hamda yoshlar faol ishtirok etdilar.

So‘zga chiqqanlar tomonidan Boburning boy adabiy merosi, uning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi, ayniqsa, "Boburnoma" asarining tarixiy va badiiy ahamiyati haqida atroflicha fikrlar bildirildi.

Uchrashuv davomida o‘quvchi-yoshlar tomonidan Bobur g‘azallari yoddan o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi va she’rlar ijro etildi.

Bugungi ma’naviy-ma’rifiy bayram kechasi yosh avlod qalbida ajdodlar merosiga hurmat, vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashda, buyuk ajdodimizning boy ilmiy va adabiy merosini keng targ‘ib etish, milliy qadriyatlarimizni yoshlar ongiga singdirish borasidagi ishlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.