So'nggi yangiliklar

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida yakka tartibdagi turar-joylar qurilishi boʻyicha 4,8 trln. soʻm ishlar bajarilib, 2023-yilning yanvar-mart oyiga nisbatan 21,2 % ga koʻpaydi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 2 258  ming tonna portlandsement ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 11,5 % ga oshgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida aholi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan 6,9 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.