So'nggi yangiliklar

2024-yilning I choragida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha havo transporti orqali tashilgan yoʻlovchilar soni 1 679,7 ming yoʻlovchini tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha 45,8 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2024-yil yanvar-mart oylarida Nukus shahrida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 790,3  mlrd. so‘mni yoki 2023-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 171,5 foizni tashkil qildi.