2024- yilning yanvar-avgust oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida taʼlim sohasidagi xizmatlar hajmi 486,7 mlrd soʻmni yoki koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 5,0 % ini tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 17,9 % ga oʻsgan.
Taʼlim sohasidagi xizmatlarning umumiy hajmida oliy taʼlim sohasidagi xizmatlar ustunlik qilib, 2024- yilning yanvar-avgust oylarida ularning ulushi 66,8 % ni tashkil etgan.