30/09/2024

    Joriy yilning 30- sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.

Seminarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 23- sentabr kungi “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi PF-143-son Farmonining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.

 

Shuning bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2024- yil 26- sentyabr kungi 10/1-23-05-72-sonli xatida belgilangan yoqilg‘i-energetika sohasida amal oshirilayotgan islohotlarni, energiyadan oqilona foydalanish hamda bu borada energiya tejamkor qurilmalarini o‘rnatishning afzalliklarini keng targ‘ib qilish maqsadida sodda va xalqchil tilda tushuntirishga qaratilgan buklet va turkum videoroliklarni xodimlarning itiboriga taqdim etildi.

 

Seminar ishtirokchilari fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berdi va javoblar oldi.