27/09/2024

    Joriy yilning 27- sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.

Seminarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 23- sentyabr kungi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” Dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-330-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasining 2024- yil 20- sentabr kungi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-963-son Qonuni  mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2024- yil 17- sentyabr kungi 5143-sonli xati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2024- yil 16- sentyabr kungi 11/4-4/4025-sonli xatida belgilangan qayta tiklanuvchi energiya manbalari o‘rnatilishini va energiya tejovchi texnologiyalar haqida tushuntirildi hamda energiya tejamkor qurilmalarning afzalliklarini sodda va xalqchil tilda tushuntirishga qaratilgan buklet va turkum videoroliklarni xodimlarning itiboriga taqdim etildi.

Seminar ishtirokchilari fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berdi va javoblar oldi.